Ipoteka-bank atib toshkent viloyati filialining tarkibiy bo’linmalari va ularning asosiy vazifalari


Download 431.06 Kb.
bet15/16
Sana22.06.2023
Hajmi431.06 Kb.
#1646419
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Xoliqulov Rustam Ipoteka bank

Pul o’tkazmalari
Pul o’tkazmalari O’zbekiston iqtisodiyotida muhim o’rin tutadi va respublikamizning iqtisodiy yuksalishi va axolisining farovonligini oshirishga salmoqli hissa qo’shmoqda. Oxirgi iste'molchiga kelib tushadigan mablag’lar maishiy va ta'lim extiyojlariga sarflanmoqda.
O’zbekistonga valyuta mablag’lari oqimini rag’batlantirishga yordam beradi. Aytish mumkunki, bu foizsiz maqsadli investitsiyalardir.
«Ipoteka-bank” ATIB O’zbekiston pul o’tkazmalari bozorida 2002 yilda faoliyat ko’rsatishni boshladi. Ayni paytda bank bozorning ushbu bo’g’inida etakchi o’rinlardan birini egallab turibdi, o’z mijozlariga bir paytning o’zida «Zolotaya Korona», «Unistream», «Interexpress», «Blizko» va «Western Union» kabi bir qancha pul o’tkazmalari tizimlarini taklif etmoqda.
Bunday imkoniyat bankka turli geografik mintaqalarni qamrab olish imkonini beradi va ushbu tizimdan foydalanuvchilar uchun qo’shimcha qulayliklar yaratadi. Shu bilan birga, pul o’tkazmalarini tez amalga oshirish, ularning xavfsizligi va vositachilik xaqining pastligi ushbu tizimlarga talab yukoriligini ko’rsatdi.
Pul mablaglarini bank filiallaridagi jamg’arma kassalari orqali «Zolotaya Korona», «Unistream», «Interexpress», «Blizko» va «Western Union» kabi tizimi bo’yicha xalqaro pul o’tkazmalari aholi o’rtasida nihoyatda ommalashdi.
Ayni paytda xalqaro pul o’tkazmalari bo’yicha xizmatlarga ehtiyoj mutassil oshmoqda, jismoniy shaxslarning «Zolotaya Korona», «Unistream», «Interexpress», «Blizko» va «Western Union» tizimlari bo’yicha pul o’tkazmalarini rivojlantirish bank faoliyatining ustuvor yo’nalishlaridan biri bo’lib qolmoqda.
Pul o’tkazmalari ko’lamini kengaytirish ushbu yo’nalishni rivojlantirish sur'atini mavjud darajada saqlash imkonini bermoqda. Buning natijasida daromad ulushi yo’nalishi bir necha baravar ortishi mumkin.
Diling operatsiyalar
Respublika moliya tizimining asosiy katalizatordaridan biri bo’lgan «Ipoteka-bank” ATIB xalqaro moliya bozorida ishonchli amaliy hamkor sifatida o’z pozitsiyadan foydalangan holda, diling operatsiyalari sohasida mijozlari va hamkor-banklarga kuyidagi keng ko’lamli xizmatlarni taklif etmoqda:
- bank-kontragentlar va mijozlarning xorijiy valyutadagi pul mablag’larini jalb qilish va banklararo pul bozorining (Money Market) joriy stavkalari bo’yicha joylashtirish;
- SPOT shartlari asosida dunyoning USD, EUR, JPY, GBP, RUB kabi asosiy valyutalar bo’yicha konvertatsiya operatsiyalarini, shuningdek, FORVARD turidagi konvertatsiya operatsiyalarini amalga oshirish;
- dunyodagi asosiy valyutalar bo’yicha naqd banknotlar savdosi (Banknotes Trading);
- bank mijozlarini real vaqtda keng xabardor qilish uchun bozorning joriy tendentsiyalari va konyukturasi bo’yicha axborot, valyutalar kotirovkasi va ularning o’zgarishi prognozlarini taqdim etish.
Ipoteka-bank investitsiyaviy loyihalarni milliy va horijiy valyutada moliyalash bo’yicha dasturni taqdim etmoqda.
Investitsiyaviy loyihalarni moliyalash uchun kreditlar quyidagi maqsadlarga berilishi mumkin: jihozlarni xarid qilish, o’z ishlab chiqarishini rivojlantirish va kengaytirishga, qishloq xo’jaligi uchun minitexnologiyalar va ixcham uskunalarga, shuningdek tadbirkorlik faoliyatining xalq iste'moli mollarini ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohasi bilan bog’liq boshqa turlarini rivojlantirishga.

Download 431.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling