Ipv4 va ipv6 protokollari
Download 117.14 Kb.
|
ipv4 va ipv6 protokollari
IP - Internet Protocol. Tarmoqdagi xar bir kompyuter bir biri bilan aloqa urnata olishi uchun (bir birlarini tushinishlari, tanishlari uchun) o‘z identifikatsion (shaxsiy, ushbu tarmoqda takrorlanmaydigan) nomiga ega bo‘lishi kerak. Bu nom, ushbu qurilma qaysi tarmoqda ekan, uning ushbu tarmoqdagi identifikatori qanday degan savollarga javob boladi. Tarmoqning xar bir boglamasi (uzeli) IP manzilga (mantiqiy manzil) ega boladi. Bu manzil ozida marshrutizatsiyani (yonalish, otish)ni anchagina osonlashtiradigan, muxim, kodlangan axborotni saqlaydi. IP manzil bu sonli identifikator bolib u tarmoqdagi xar bir kompyuterga biriktirilgan boladi, bu manzil kompyuterning tarmoqdagi joylashgan joyini korsatadi.
Demak, IP manzil 32 bitli axborotdan tashkil topgan bolib, u tort bolimga (oktet) bolingan.xar bir oktet 0 - 255 raqamlar bilan belgilanadi. IP manzillarning korinishilarining uch xili mavjud: 130.57.30.56; 10000010.00111001.00011110.00111000; 82 39 1e 38. Biz kopincha IP manzilning onlik formatdagi yozilishi bilan duch kelishimiz mumkin. Vaxolangki, kompyuter va boshqa qurilmalar faqat ikkilik sanoq sistemasi formatida ishlaydi. IP manzil ikki qismdan iborat: tarmoq va xost yoki boglamali. Bunga oxshash tizim sifatida shaxarlar aro telefon raqamini olsak boladi. Bunda, birinchi qismi katta bir xudud kodini bildiradi, keyingi qismi kichikroq xudud kodi bolishi mumkin, keyingi qismi yanada torroq, aynan tarmoq kodi va oxirgi segment abonent raqamini bildiradi ya'niy, konkret aloqa apparatini bildiradi. Shunga oxshash IP manzillashda ham 32 bit axborot identifikatsion raqam xisoblanmaydi. Natijada butun manzil ikki darajali ierarxik strukturaga ega boladi. Tarmoq manzili takrorlanmaydigan qilib xar bir tarmoqni identifikatsiyalab chiqadi. U bir tarmoqda bolgan xar bir kompyuterning IP manzilini bir qismini ifoda etadi. Masalan, 137.57.30.56 IP manzilida tarmoq manzilini 137.57. ifodalaydi. Xost manzili tarmoqdagi xar bir kompyuterga biriktiriladi va ular takrorlanmas usulda identifikatorlanadi. IP manzilning bu qismi unikal ya'ni takrorlanmas bolishi kerak, chunki bu gurux xisolanadigan tarmoq manzili qismi emas balki shu gurux ichidagi aniq bir kompyuterni ifodalovchi qismidir, u unikal bolishi shart. Yuqorida misol tariqasida keltirilgan 137.57.30.56 IP manzilida xost manzilini 30.56. ifodalaydi. Download 117.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling