Iqbol mirzo ijodida ananaviy poetik obrazlar


IQBOL MIRZO SHE’RIYATINING O`ZIGA XOS XUSUSIYATI


Download 1 Mb.
bet2/2
Sana20.06.2023
Hajmi1 Mb.
#1627390
1   2
Bog'liq
BMI slayd

IQBOL MIRZO SHE’RIYATINING O`ZIGA XOS XUSUSIYATI

  • U“Aytgil, do‘stim” she’rining lirik qahramoni vatanparvar inson bo‘lib, unda chaqiriq, ritorik so‘roq orqali fikrni ifodalash yetakchilik qiladi:
  • Boshing egib, ta’zim ayla, shukrona ayt,
  • Seni guldek erkalagan chaman uchun.
  • Osmonlarda yurgan bo‘lsang, tuproqqa qayt,
  • Aytgil, do‘stim, nima qildik Vatan uchun?!
  •  
  • She’r 1-shaxs lirik qahramon tilidan 2-shaxsga qarata aytilgan da’vat, undov va so‘rash mazmunida yozilgan. She’rning birinchi misrasida lirik qahramon ikkinchi shaxsga (ya’ni xalqqa) vatanga nisbatan shukronalik hissi va hurmatni talab qiladi. Ikkinchi misrasida da’vat qilayotgan chaqirig‘ining isbotini berib o‘tadi. Vatanni chamanzorga o‘xshatadi. Unda yashayotgan insonlarni o‘sha chamandagi gulga mengzaydi. Uchinchi misrada esa osmonlarda uchayotgan insonlarga ularning tuproqdan yaralib, tuproqqa qaytishi muqarrar ekanligini aytadi. Ushbu misrani quyidagicha tahlil qilsa ham bo‘ladi. Ya’ni osmonlarda uchib, havolanib ketayotgan insonlagra bunchalar havolanma seni shu darajaga yetkazgan ona vataning bo‘ladi degan murojaatni ham ko‘rishimiz mumkin. To‘rtinchi misrada shoir bor his-hayajoni bilan vatanga nima foyda keltirding deya so‘roqni tashlaydi. Ushbu she’r vatanga bo‘lgan mehrni ulug‘lash, uning qadriga yetish, shunday jannatmakon yurtda yashayotganimizga shukrona aytish kabi g‘oyalarni ilgari suradi.
  • Iqbol Mirzol she’riyatidagi ishqiy mavzudagi bir qancha she’rlar kitobxonlarga yod bo‘lib ketgan. “Senga xatlar yozdim”, “Oshiqligimni ayting”, “Marg‘ilonga borgim kelmaydi”, “Bilsang edi”, “Dilim xufton” va “Maktub” shular jumlasidandir. Bular orasida shoirning “Maktub” she’ri, ayniqsa, keng ommalashgan lirik asar hisoblanadi. Mana shu she’rni tahlil qilib ko‘ramiz:
  • Sendan maktub oldim: bo‘m-bo‘sh bir varaq,
  • Yurak sensiz bo‘m-bo‘sh degvningmi bu?
  • Yoki oq niyatga yozuvsiz bir sharh,
  • Yoki bo‘sh ko‘nglimga tutdingmi ko‘zgu?
  • XULOSA.
  • Iqbol Mirzo istiqlol davrida ijod qilgan shoir sifatida o‘z uslubiga va ovoziga ega. Iqbol Mirzo o‘zining bir qancha she’riy kitoblari bilan o‘quvchilar qalbidan joy egallagan shoirdir. Uning ko‘pgina she’rlari kitobxonlar tomonidan sevib mutolaa qilinadi. Biz bitiruv malakaviy ishimizning yuqoridagi boblaridan quyidagi xulosaga keldik:
  • Istiqlol davri o‘zbek she’riyati mafkuraviy vazifadan xalos bo‘lgan ko‘ngil she’riyati sifatida shakllanganligi bilan ajralib turadi. Bu davrda ijod qilgan shoirlar folklorga xos an’analardan suv ichib, jahon she’riyatidagi o‘zgarishlardan bahramnad bo‘lib, mumtoz adabiyotimizdagi poetik an’analarning merosi bo‘lib ijod qilmoqdalar.
  • Iqbol Mirzo ijodi istiqlol davri o‘zbek she’riyati tamoyillari asosida shakllandi va ushbu davrdagi barcha o‘zgarishlarni o‘zida aks ettirdi. Iqbol Mirzo vatan mavzusida, ishqiy mavzularda qalam tebratgan shoir sifatida shakllandi.
  • Iqbol Mirzo folklorga xos an’anaviy poetik obrazlar hamda mumtoz an’anaviy poetik obrazlardan foydalangan holda lirik kechinmani o‘quvchi qalbiga tasirchan yetkaza oldi.
  • Shoir pari, boychechak, ajdar, jodugar, quzg‘un, boyo‘g‘li, daryo, daraxt, tun, tong, quyosh, chopon kabi folklorga xos an’anaviy poetik obrazlardan foydalanish bilan birga ularga yangi ma’nolar yukladi.
  • Iqbol Mirzo oshiq, ma’shuqa, raqib kabi mumtoz poetik obrazlardan foydalanish bilan birga ularning semantik ko‘lamini, badiiy talqinlarini kengaytirdi.
  • Iqbol Mirzo ijodida kuz, baxor, chopon, uzum, devor, suv kabi peyzaj detallari bilan bog‘liq ramzlar orqali ijtimoiy hayot voqeligini hamda lirik kechinma tasvirini mahorat bilan yorita olgan.
  •  
  • E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT !!!

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling