Iqbol Mirzoning “Bonu” romaniga taqriz


Download 22.92 Kb.
Sana14.11.2020
Hajmi22.92 Kb.
#145577
Bog'liq
taqriz


Iqbol Mirzoning “Bonu” romaniga taqriz

Muhabbatsiz kishi odam emasdir

Gar odamsan muhabbat ixtiyor et

Nodira


Shoirlarni noshirlik ishlari ham yuksak did namunasi va keng kitobxon ommasini jalb qila olishini hamma yozuvchiga ham qo‘llab bo‘lmaydi, ammo Iqbol Mirzo bunga erishdi!

Qo‘limga bot -bot takrorlangan, voqealari ko‘pchilik tomonidan qayta -qayta muhokamalarga sababchi bo‘lgan “Bonu ”romani tushganidan so‘ng, fikr bildirish, omma oldida bir oz shaxsiy qarashlarimni bayon qilish qasdida jon deb mutolaaga kirishdim.


A.Qahhor bir asarga baho berganida “ bir nafasda o‘qiladi” jumlasini qo‘llagandi va bu jumlaning tub mohiyatini “ Bonu ”menga isbotladi.
Haqiqatdan ham ushbu roman bir nafasda o‘qiladi. Kitobxonning eng ichkaridagi hissiyotigacha kirib borib,uni ipsiz bog‘lab qo‘yadi.

Inson zoti qiziqda! Kimdandir “kundalik tutasizmi?”, deb so‘rasangiz ,xijolat aralash “vee, yo‘g‘ee, nima keragi bor” degan javobni olasiz. Ammo bizda yozishdan ko‘ra ,o‘sha yashirilgan kundaliklardagi haqiqatni bilishga bo‘lgan ishtiyoqimiz kuchli!


Kundaliklarda nimalar bitilmaydi?!
Kundaliklarda ne hissiyotlar yaralmaydi, deysiz?!

Men shu paytgacha bir kundalikni bilardim!


Choliqushi kundaligi...
Va bu ulkan merosning oldiga bugun zamonaviy yana bir kundalik qo‘shildiki, uni “Bonujon kundaligi” deb atasam adashmayman.

“Biz o‘z holimizcha biror vositasiz falakka ko‘tarila olmaganimizdek, o‘lmay turib zamin bag‘riga ham butkul kirolmaymiz.Yuzdamiz...Yuzakimiz”

Insonning surati ko‘rib turganimizcha bo‘lgani holda siyratini faqat kundalikdangina bilish mumkin!

Asarning o‘qishli bo‘lishiga kundalik tarzida yozilganigina bir sabab bo‘lib qolmay unda ulkan hayotiy chigalliklar, evrilishlar aks etadi. Bonu ismli bir qizning go‘zal ,havas qilsa arzigulik hayotiga, turli mashaqqat-u, iztiroblab mo‘ralay boshlaydi. Axir, bu HAYOT! Qachon tugal to‘la -to‘kis bo‘libdiki, “bir kam dunyo” iborasi yaratilmagan bo‘lsa?!


Qismatning og‘ir toshi Bonuning yelkasiga qay darajada botsa-da, uning bugungi davr uchun o‘zligida namoyon qilgan IRODA, SABR, MATONAT, ISHONCh kabi tuyg‘ulari bugun har bir INSONning o‘rnak olishiga va shu tushunchalarni o‘zida singdirishiga zamin yaratadi.
Asarda bir qizning qismati orqali jamiyatdagi turfa odamlarning asl yuzi ochib beriladiki, aynan bu yuzni chet eldagi “vatandoshlar”imizda ko‘rib yoqa ushlaydi inson! Bir qo‘lning turli o‘lchovdagi barmoqlaridek yashayotgan insonlarning taqdirlarida Bonuning aralashuvi o‘sha barmoqlarni bir xil qiladi-qo‘yadi.Sodda , mehnatsevar, ochiqko‘ngil qizning mana shu hislatlaridan yaxshigina foyda olmoqchi bo‘lganlar, asar oxirida kutilmaganda fosh qilinadi.

“Muhabbatdan muhabbat bo‘ldi paydo...”

Insonda eng go‘zal tuyg‘u muhabbat bo‘lgani holda, uning nafrat bilan orasi bir enlik. Bonuning hayoti davomida eng katta erishgan yutug‘i, Alloh tomonidan unga berilgan eng nurli tuyg‘u MUHABBAT edi va hayotidagi barcha ko‘rgiliklarga sababchi ham aynan shuning o‘zi edi...

Ishq- rohatmi, azobmi? Lazzatmi, iztirobmi?


Telbalik, xorlikmi? Jonga xaridorlikmi?”

Inson hayotidagi shunday muqaddas tuyg‘ularni boshidan suv qo‘yadigan “mard”lar ham borki, Olmosning “sodda” nigohi-yu, “kamatarona ” o‘ylangan rejasi bir inson hayotini yo‘qqa chiqaradi.

Bir o‘zbek qizining shu darajada ahvolga tushib, INSONIYLIK sifatlarini yuragida ko‘tarib yurishi, bu nimaga yoki kimgadir isbot emas, katta bir maktab! Biz uchun...

Har bir asarda yozuvchi tishinining kovagida asrab yurgan gapini uqa oladigan asl kitobxonning nigohi zarur, albatta.

Bonu” bizga nima isbotladi?!

📌 Inson qay darajada buyuk matonat egasi ekanligi, uning tub ildizida insoniylik to uning o‘zi bu tuyg‘uni yo‘qotmagunicha yashashini...

📌 Insonning qadr-qimmati o‘z yurtida bebaho bo‘lib , uning ko‘zi o‘rgangan tuproq boshqa ellarda, boshqa yurtlardagidek qadrli emasligini...

📌 Qachondir sendan ustun bo‘lgan yoki qaysi bir taroziga solinganda seni qo‘l uchida ko‘rsatadigan insonlar ham kun kelib mana shu hayot g‘ildiragida obdon aylanishini...

📌 “Haqiqatni aytgan odamda el bo‘lmaydi” deganlaridek, ba‘zan jim turish ham qabohatga urilgan kaltakdek ta‘sir qilishini...

📌 Qachondir his- tuyg‘ularga ishonib ulkan xatoga yo‘l qo‘yishimizni bilsak-da, har doim ham aql bilan muvaffaqiyatga erishayotganimiz yo‘qligini...( qachondir o‘sha tuyg‘ular so‘nggi afsusni yo‘qotadi)

📌 Hayotimiz davomida mashaqqatlar eshik qoqib turganda ,har qanday sharoitda INSONIYLIKNI yo‘qotmaslikni, mag‘rur turib baxt-u, kulfatni ham kulib qarshilashni...

📌 Va eng muhimi, bizga omonat insonlar taqdiriga hech qachon befarq qaramaslik va doimo Allohga shukrona bilan yashash kerakligini ISBOTLADI!

📄 Asardagi diltorlar misralar:

Armon toshdek zil bo‘lgani uchun ham dil tubiga cho‘kadi deydilar...Toshlari tog‘dek qalashib ketgan yurakni nima deb atash mumkin?

...eshitar - tinglamas, ko‘rar -anglamas...

Asarda Bonuning ko‘p borada qayerda adashdim, degan nidosiga guvoh bo‘lamiz.


Men shu nuqtani topdim!

Men ushbu hayotiy asarni o`qimagan kitobxonlarga albatta o`qishlarini, asarni o`qigan kitobxonlarga esa, qayta-qayta o`qishlarini tavsiya etaman.
Download 22.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling