Iqbol o‘quv markazi to Be fe'li haqida qisqacha ma'lumot


Download 35.94 Kb.
Sana01.11.2020
Hajmi35.94 Kb.
#139806
Bog'liq
To be . 1 Dars.

IQBOL O‘QUV MARKAZI

To Be" fe'li haqida qisqacha ma'lumot

        "To Be" fe'li ingliz tilida eng ko'p qo'llaniladigan fe'llardan biri hisoblanadi. Ko'pgina qo'llanmalar ham aynan ana shu fe'lni o'rgatishdan boshlanadi. Men ham shu an'anani davom ettirgan holda, "to be " fe'lini dastlabki mavzu sifatida yoritmoqchiman.Demak "to be" fe'li haqida so'z yuritamiz.
             1) "To be" fe'li ingliz tilidagi barcha fe'llar kabi bir xil funksiyani bajaradi, ya'ni gapning kesimi bo'lib keladi. Masalan: to be - bo'lmoq, to have - ega bo'lmoq, to come - kelmoq, to tell - aytmoq. Biroq "to be" fe'lini fe'l zamonlarida qo'llaganimizda uning shakllaridan foydalanamiz.

Shunday qilib, Hozirgi noaniq zamonda 'to be' fe'lining 3 ta shakli mavjud: am, is, are. Quyidagi jadvalga e'tibor bering:

"To be" fe'lining shaxs-sonda tuslanishi

Shaxs-son

Birlik

Shaxs-son

Ko'plik

1) I

am

1) We

are

2) You

are

2) You

are

3) He/She/It

is

3) They

are


Ko'rib turganingizdek, birinchi shaxs birlikda "am" ni ishlatamiz, ya'ni I am. Bu bilan siz tuzmoqchi bo'lgan gapingizni yarmini tuzib bo'ldingiz. Endi faqat "am" dan keyin keladigan so'zni qo'ysak bo'ldi. Masalan, biror kishini kasbini aytishda "to be" fe'lidan foydalanamiz. Demak, "I am a musician" deb aytishimiz mumkin. Jadvalni o'rganib chiqing va quyidagi gaplarni o'qing:

  • I am a teacher - Men o'qituvchiman.

  • You are tall - Sizning bo'yingiz baland.

  • He is clever - U aqlli.

  • She is 29 - U 29 yoshda.

  • It is big - U katta.

  • We are doctors - Bizlar shifokorlarmiz.

  • They are students - Ular talabalar.

Quyida "to be" fe'lini qo'llash mumkin bo'lgan holatlar keltirilgan.2) "To be" fe'lining qo'llanilishi.

  • am/is/are + kasblar: My father is a taxi-driver.

  • am/is/are + sifatlar: She is very beautiful.

  • am/is/are + sonlar: Anvar is 29 years old.

  • this/that/these/those + is/are: This is a cat but that is a dog. These are computers but those are TV sets.

  • There is/are: There are seven books on the table. There is box under the table. There are some bags behind the door.

Yuqorida to be fe'li yordamida bo'lishli gaplarni tuzishni o'rgandingiz. Shunday ekan quyidagi gaplarni tarjima qilishga harakat qiling.Positive Sentences - Bo'lishli gaplar

I am a doctor. You are a bad student. He is a dentist. She is happy. It is cold today. We are at home. They are in the USA. You are good doctors. The cats are in the garden. Tom is ill today.The house is small. The nurse is an old woman.

Bo'lishli gaplardan tashqari inkor gaplar ham mavjud. Ularni yasash juda oson. "am/is/are" dan so'ng "not" so'zini yozsangiz kifoya. Demak: am not/ is not/ are not. Quyidagi gaplarni tarjima qilib ko'ring. 
Negative Sentences - Inkor gaplar

She isn't my friend - U mening do'stim emas.They aren't here. I am not a fat girl. It isn't old. You aren't happy. He isn't at work. We aren't ready. It isn't big. My mother isn't old.The notebooks aren't on the desk. The man is not short. 

So'roq gaplarni yasashda am/is/are ni gapning boshiga chiqarasiz. Berilgan gaplarni tarjima qiling. 

Questions - So'roq gaplarAm I number 3? - Men 3 - raqammanmi?Is she your sister? Is it my bicycle? Are they at school? Is he a fat man? Aren't you doctors? Are we short? Isn't he ready?  Is your father at home? Are Ted and Sam happy? Is your friend here? 
 
Yuqoridagi gap qurilmalari asosida mustaqil ravishda ko'proq gaplar tuzishga harakat qiling. Tuzishda qiynalsangiz, saytning izohlar bo'limida yozing.



to be — fe’lning kelasi zamonda ishlatilishi

to be fe’li kelasi noaniq zamonda kelasi zamonni ko’rsatuvchi shall va will yordamchi fe’llari bilan keladi .

Bo’lishli shakli

I shall be         We shall be

He will be       You will be

She will be      They will be

It will be        

Bo’lishsiz shakli

I shall not be                We shall not be

He will not be            You will not be       

She will not be            They will not be

It will not be

So’roq shakli

Shall I be ?         Shall we be ?

Will he be ?       Will you be ?

Will she be ?      Will they be ?

Will it be ?


To be - Felining o'tgan zamon shakli
to be- o'tgan zamonda birlik uchun- was , ko'plik uchun -were shakli ishlatiladi .
So'roq shakli - to be ning egadan oldin chiqarish bilan , bo'lishsizlik shakli esa to bedan keyin not , inkor yuklamasini qo'yish bilan yasaladi .ko'pincha o'zbek tilida edi deb tarjima qilinadi
Bo'lishli shakl
I was ill We were ill
She was ill You were ill
He was ill They were ill
it was ill
So'roq shakli
Was I ill ? Were we ill?
Was he ill ? Were you ill ?
Was she ill ? Were they ill ?
Bo'lishsiz shakli
I was not ill We were not ill
He was not ill You were not ill
She was not ill They were not ill
It was not ill
6.Gaplarni so'roq va bo'lishsiz shaklga aylantiring
1. He was at home yesterday . 2. She was in London some years ago . 3. She was ill . 4. It was too dark in the street . 5. We were at home last night. 8. The colour of the trees was yellow
Download 35.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling