Iqlim o‘zgarishi va ekologik moslashuv
“Iqlim o’zgarishi va ekologik moslashuv” faniga oid ayrim tushunchalar
Download 386.01 Kb. Pdf ko'rish
|
1 ma`ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Havo harorati.
- Qor va muz qoplami.
- Dunyo okeani sathi.
“Iqlim o’zgarishi va ekologik moslashuv” faniga oid ayrim tushunchalar
tasnifi. Issiqxona effekti hosil qiluvchi gazlar, jumladan, karbonat angidrid, metan, azot oksidi va qator galogen birikmali moddalarning kontsentratsiyasini doimiy o'ichab borish atmosferada ular miqdorining barqaror ortib borayotganini ko'rsatmoqda. Kompyuterda bajarilgan dastlabki modellashtirishning ko'rsatishicha, atmosferadagi karbonat angidrid miqdori sanoatlashish davriga nisbatan 2 marta ortsa, Yer sirtidagi o'rtacha harorat 4°C ga ko'tariladi. Havo harorati. Yangi ma'lumotlarning ko'rsatishicha, XX asrda Shimoliy yarim sharda iqlimning isishi oxirgi 100 yillikdagi eng kuchlisi hisoblanadi. Eng issiq o'n yillik 1990-2000 yillar oralig'iga, eng issiq yil esa 1998 yilga to'g'ri keladi. Qayd etish lozimki, tungi haroratning ko'tarilishi kunduzgiga nisbatan yuqoridir. Shimoliy Amerikaning shimoliy hududlarida, Shimoliy va Markaziy Osiyoda iqlimning isishi ancha sezilarli bo'lib qoldi, o'rtacha global isishdan bir muncha kattadir. Sovuq bo'lmagan davrning davomiyligi ham ortdi. Qor va muz qoplami. XX asrning 60 yillari oxiridan qor qoplami 10% ga kamaydi, ko'llar va daryolaming muzlash davri taxminan ikki hafta muddatga qisqardi, deyarli hamma joyda tog' muzliklari chekindi. XX asrning 50 yillaridan boshlab shimoliy yarim sharda bahor va yozda dengizlardagi muz qoplami o'lchami 10-15% ga qisqardi, bu esa Arktikada muz qoplami qalinligining deyarli 40% ga kamayishiga olib keldi. Dunyo okeani sathi. XX asr davomida Dunyo okeani sathi 0.1-0.2 metrga ko'tarildi. Buning sababi global isish natijasida dengiz suvlarining issiqlikdan kengayishi va qutblardagi muzlaming erishidir. Dunyo okeani sathining XX asr davomidagi ko'tarilish tezligi oxirgi 3000 yillikdagiga nisbatan 10 marta kattadir. Yog'inlar. Kuzatish ma'lumotlarini guvohlik berishicha, yog'in miqdori XX asming har 10 yilligida shimoliy yarim shaming o'rta va yuqori kengliklarida 0.5- 1.0% ga ko'paygan bo'lsa, subtropiklarda 0.3% ga kamaygan. Yer sharining ayrim joylarida jadal va ekstremal qiymatdagi yog'inlar miqdori va soni ortgan. Iqlimning global o'zgarishi o'rtacha haroratning ko'tarilishidagina aks etmay, balki quyidagi ayrim hodisalar soni va jadalligining ortishida ham ifodalanadi: jazirama issiq kunlar, qurg'oqchilik, suv toshqinlari, haroratnin keskin ko'tarilishi yoki sovushi, sellar, kuchli shamollar. Iqlimiy o'zgarishlar hozirdayoq chorvachilik ishlab chiqarishiga, o'simliklarga, hayvonlar migratsiyasiga, o'simliklaming o'sish mavsumi davomiyligiga, populyatsiya turlarining taqsimlanishi va o'lchamlariga, turli yuqumli kasalliklamin avj olishiga tasir ko'rsatmoqda. Shu bilan birga suv toshqinlari va qurg'oqchilikning tez-tez takrorlanishi oqibatida iqtisodiy zarar miqdori ham ortmoqda. Iqlimning ortib borayotgan o'zgaruvchanligi (tebranish ko'lamining ortishi) yanada kattadan- katta ziyon keltirmoqda. Ob-havo va iqlim bilan bog'liq bo'lgan tabiiy ofatlar odamlaming o'limiga, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishning qisqarishiga, suvning ifloslanishiga va ko'plab vayronagarchiliklarga sabab bo'lmoqda. Tahlillarning ko'rsatishicha, XX asming oxirida ekstremal ob-havo hodisalari soni va ular bilan bog'liq bo'lgan iqtisodiy yo'qotishlar ancha ortgan. XX asming oxirgi o'n yilligidagi Yo'qotishlar undan oldingi o'n yillikka nisbatan uch marta ko'p bo'lgan . Yer iqlimi quyosh, okeanlar, muzliklar qoplami (kriosrera), quruqlik yuzasi va biosfera orasidagi o'zaro murakkab ta'sirlashuvlar natijasi bilan aniqlanadi. Ob- havo va iqlim uchun bosh harakatlantiruvchi kuch quyoshdir. Yer sirtining notekis isishi (ekvatorga qancha yaqin bo'lsa, shuncha kuchli) atmosferada havo, okeanlarda esa suv oqimlarini harakatga keltiradi. Bular shamol va okean oqimlarining bosh sababidir. Оb-havо va iqlim bir-biri bilan chambarchas bоg’liq bo’lsa-da, ammо ularning оrasida farqlar mavjud, albatta. Ko’pchilik kishilar mazkur tushunchalar o’rtasidagi farqlarni ajrata оlmasliklari mumkin. Ma’lumki, оb-havо dоim ham barqarоr bo’lavеrmaydi. U dоimiy ravishda o’zgarib turganligi uchun ham оldindan aniq aytish mushkul. Biz qachоnki ta’til yoki sayohat kunlarimizni rеjalashtirganimizda, masalan O’zbеkistоnning tоg’li hududlari yoki O’rta yеr dеngizi qirg’оqlarida yoz mavsumida qanday оb-havо bo’lishini taхmin qila оlamiz. Lеkin kuz va bahоr оylarida qanday оb-havо kutilishi mumkinligini aytishimiz mushkul. Ko’pgina isоnlar jоyning harоratini iqlimi bilan adashtirib yubоradilar. Download 386.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling