Iqlim o‘zgarishi va ekologik moslashuv
“Iqlim o’zgarishi va ekologik moslashuv” fanining maqsadi va vazifalari
Download 386.01 Kb. Pdf ko'rish
|
1 ma`ruza
“Iqlim o’zgarishi va ekologik moslashuv” fanining maqsadi va vazifalari.
Ekologik xavfsizlik milliy xavfsilikning muhim ko’rsatkichlaridan biri. XXI chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida Konstituttsiyamiz bilan bir paytda “Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi qonunning qabul qilinganligi bejiz emas. Chunki mustaqil davlat belgilaridan biri – dahlsiz chegaralar bilan belgilangan yer kengliklariga ega bo’lish va undagibarcha tabiiy boyliklarni muhofaza qilish hamda ulardan o’z xalqining xohish-istaklariga muvofiq ravishda foydalanishdir. “Iqlim o’zgarishi va ekologik moslashuv” kursida iqlim va ob-havo tushunchalari, ularning inson hayotida tutgan o’rni, shakllantiruvchi omillari va o’zgarish sabablari, mahalliy, mintaqaviy va global miqiyosda o’zgarishiga oid bashoratlar haqida so’z yuritilgan. Eng asosiysi, o’quvchilar iqlim o’zgarishi natijasida yuzaga kelayotgan salbiy holatlarni umumlashtirish uchun qanday hatti- harakat qilishlari keraklgi ko’rsatib o’tilgan. Fanning maqsadi: Iqlim va uning o’zgarishiga oid turli ko’rinish va shakldagi ma’lumotlarni sodda va ravon tilda, ortiqcha shov-shuvlarsiz, keskin siyosiy va iqtisodiy mulohazalarsiz o’quvchiga tushuntirib berish orqali yoshlarning ekologik ong va madaniyatini shakllantirish zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tushuntiriladi. Fan bo’yicha talabalarning bilimiga, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar: “Iqlim o’zgarishi va ekologik moslashuv” o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: iqlim va ob-havo tushunchasi, uning o’zgarish mexanizmi, obe’ktiv va sube’ktiv sabablari va oqibatlari hamda global, mintaqaviy va milliy hududiy muammolar doirasidagi xalqaro hamkorlik, har bir inson, u kim bo’lishiva qanday ijtimoiy mavqega ega bo’lishidan qat’iy nazar, iqlim hodisalarini ta’g’ri anglash, ongli ravishda to’g’ri qaror chiqarishi orqali atrof- muhitni asrash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va buzilgan tabiat majmualarini qayta tiklashga yo’naltirilgan kundalik faoliyati haqida ilmiy bilimlar, amaliy o’quv va ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak. Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi: “Iqlim o’zgarishi va ekologik moslashuv” fani matematika va tabiiy (oily matematika, informatika, fizika, kimyo, ekologiya) fanlar, umumkasbiy fanlardan yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlari talab etiladi. Fanning ilm-fan va ishlab chiqarishdagi o’rni: Milliy ekologik xavfsizlikning ajralmas bir bo’lagi bo’lgan ekologik xavfsizlik davlat siyosatining eng ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Ekologik xavfsizlikni ta’minlashesa iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ekologiyalashtirilgan ishlab chiqarish jarayonlarini keng joriy qilish va ularga yuqori malakali kadrlarni yetkazib berish bilan bevosita bog’liqdir. Shuning uchun ham turli soha yo’nalishidagi talabalarning ekologik ongi va madaniyatini shakllantirish majburiy ta’lim tizimi talablariga kiritilgan. Download 386.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling