Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosi tarixi


Download 32.13 Kb.
Sana19.04.2023
Hajmi32.13 Kb.
#1366855
Bog'liq
LOTIN

LOTIN YOZUVIGA ASOSLANGAN O’ZBEK ALIFBOSI TARIXI


0'n ikkinchi chaqiriq 0'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o'n uchinchi sessiyasida 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan
Ushbu qonun O'zbekiston Respublikasi Konstitutsi-yasiga asoslanib va o'zbek yozuvining lotin alifbosiga o'tilgan 1929—1940-yillardagi ijobiy tajribasidan kelib chiqib, keng jamoatchilik vakillari bildirgan istak-xohishlarni inobatga olgan holda respublikaning har taraflama kamol topishini va jahon kommunikatsiya tizimiga kirishini jadallashtiruv-chi qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.
1-modda. O'zbekiston Respublikasida lotin yozuviga asoslangan quyidagi 31 harf va 1 tutuq belgisi ( apostrof ) dan iborat o'zbek alifbosi joriy etilsin.

2-m o d d a. Lotin yozuvi asosidagi o'zbek yozuvini joriy etish bilan birga O'zbekiston xalqining milliy iftixori boimish bebaho ma'naviy meros bitilgan arab alifbosini va kirillitsani o'rganish va ulardan foydalanish uchun zarur sharoitlar saqlab qolinadi.


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING «LOTIN YOZUVIGA ASOSLANGAN O'ZBEK ALIFBOSINI JORIY ETISH TO'G'RISIDA»GI QONUNIGA
O'ZGARTIRISHLAR KIRTTISH HAQIDA
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: O'zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrida qabul qilingan «Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini joriy
etish to'g'risida»gi Qonuniga (O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Axborotnomasi, 1993-yil, 9-son, 331-modda) quyidagi o'zgartirishlar kiritilsin:
1.1-moddadagi «31 harfva 1 tutiq belgisi (apostrof) dan» so'zlari «26 ta harf va 3 ta harflar birikmasidan» so'zlari bilan almashtirilsin.
2.Cc, J j. harflari mustaqil harf belgisi sifatida alifbodan chiqarilsin.
3.06, harfi O'o' shaklida, Gg harfi G'g' shaklida, S§ harfi Sh sh shaklida, Cc harfi Ch ch shaklida, Nfi harfi Ng ng shaklida, Q harf belgisi q shaklida ifodalansin.
4.A a, I i, G g, G' g', Q q, O' o', Z z harflari va Ch ch harflar birikmasining yozma shakli tegishlicha Aa, Ii, Gg, G'g', Qq, O'o', Zz, Ch ch tarzida ifodalansin.
HOZIRGI ALIFBODA UNLILARNING IFODALANISHI
Hozirgi o'zbek adabiy tili fonetik jihatdan markaziy dialekt-larga asoslanadi. Mazkur dialektlarda oltita unli fonema mavjud.
Lotin yozuviga asoslangan yangi o'zbek alifbosiga ham oltita unli harf kiritilgan. Bular
quyidagilar: I i, U u, E e, O' o', A a, O o.
Kirill yozuvidagi e, e, m, n unli harflari yangi alifboda . quyudagicha ifodalanadi: e — ye; yetti, yelkan, yemish.
e —yo; yolg'iz, yoqut, yomon.
JO — yu; yutuq, yumush, yupqa.
n — ya; yaxshi, yakka, yangi.
HOZIRGI ALIFBODA UNDOSHLARNING IFODALANUSHI
Hozirgi o'zbek adabiy tilida 23 ta undosh tovush bor. Yangi alifboda ular 20 ta harf va 3 ta harflar birikmasi bilan ifodalana-di.
O'zbek tilining o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda Bb, Dd, Ff, Gg, Hh, Jj, Kk, LI, Mm, Nn, Pp, Qq, Rr, Ss, Tt, Vv, Xx, Yy, Zz, G'g' harflari uchun xalqaro andozadagi belgilar olingan.
Ill in, HH, Hr HT tovushlari uchun quyidagi harflar birikmasi olingan: Sh sh, CH ch, Ng
ng.
Ruscha-baynalmilal so'zlardagi c harfini ifodalash uchun Mi harfi ishlatiladi: Sirk, Sezar, sikl.
S unlidan keyin kelganda bitta t orttiriladi: litsey, militsiya kabi.
UNDOSHLARNING TALAFFUZI VA YOZILISHI ASSIMILATSlYA, DISSIMILATSIYA, JARANGSIZLASHISH, METATEZA
VA BOSHQA FONETIK HODISALAR
Nutq jarayonida tovushlarni ketma-ket keltirish yoii bilan turli xil ma'noli birliklarni hosil qilamiz. Masalan, t-o-sh, b-o-sh, q-o-l.
Yuqoridagi so'zlar tarkibidagi tovushlar alohida-alohida emas, balki uzluksiz talaffuz
qilinadi, so'zlar uzluksiz talaffuz qilinganda, uning tarkibidagi bir tovush hali toiiq talaffuz qilinmay turib, nutq a'zolari ikkinchisiga tayyorlanib turadi. Natijada tovushlar zanjiri vujudga keladi. Talaffuz qulayligiga intilish harakati tufayli nutq jarayonida tovushlar zanjirida turli fonetik o'zgarishlar ro'y beradi.
Masalan, oq so'zi asosiga -gach qo'shimchasini qo'shsak, asos oxiridagi chuqur til orqa q dan so'ng til orqa g undoshi kelib, chuqur til orqa tovushidan til orqa tovushiga birdaniga o'tishi qiyinlashadi. Talaffuz noqulayli-gi vujudga keladi. Ana shu noqulaylikni bartaraf
qilish, qulay-likka erishish uchun ikkinchi tovush ham chuqur til orqa tovushiga aylantiriladi.
Solishtiring: oqqach, soqqani, ekkani kabi.
Nutq jarayonida talaffuz qulayligiga erishish harakati tufayli ketma-ket kelayotgan
tovushlarning o'zaro ta'siri natijasida o'zgarishlarga uchrashi fonetik hodisalar deyiladi. Fonetik hodisalar unlilarga ham, undoshlarga ham taalluq-lidir.
SO'Z BOSHI, SO'Z O'RTASI VA OXIRIDA UNDOSHLARNING ISHLATILISHI, ULARNING IMLOSI
O'zbekcha so'zlarning fonetik tuzilishidagi o'ziga xoslik shundaki, so'zning boshida ketma-ket ikki undosh bir joyda kelmaydi. Shuningdek, so'zning oxirida ham st (ost, ust),
It (yilt, milt), rt (to'rt, turt, qurt) kabi qo'sh undoshlardan tashqari, boshqa undoshlar yonma-yon kelmaydi.
Traktor, stakan, stol kabi so'z boshida qo'sh undosh kelgan so'zlar ovro'pa tillaridan kirib kelgan so'zlardir. So'zlarning bunday tovush tuzilishi tilimizga xos boi-maganligi
uchun ham, qo'sh undoshlar orasida, ba'zan oldida bir unli qo'shilib ikki bo'g'inga ajratilgan holda talaffuz qilinadi (tiraktir, istakan, istol kabi), lekin ular asl holatida
yoziladi {traktor, stakan, stol kabi).
So'z oxirida qo'sh undosh kelgan go'sht, musht (sht), daraxt, baxt fxt), barg (rg) kabi so'zlar esa, asosan, fors-tojik tilidan o'tgan. Bunday so'zlarda yonma-yon kelgan
undoshlardan biri talaffuzda tushirib qoldiriladi. Yozuvda yonma-yon kelgan undoshlar saqlanadi.
Talaffuzda: go'sh
mush farzan
Yozuvda: go'sht musht farzand
Download 32.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling