Iqlimiy sharoit tuproqning paydo bo`lishda yetakchi omillardan biri hisoblanadi. Quyoshdan kelayotgan nurli energiya yer betiga tushib issiqlik energiyasiga aylanadi. Harorat kimyoviy jarayonlarni tezlashtiradi


Download 14.87 Kb.
Sana30.04.2020
Hajmi14.87 Kb.
#102386
Bog'liq
Tuproqshunoslik


1.Tuproq hosil bo`lish jarayonidagi asosiy omillar.

Tuproq hosil bo`lish jarayonidagi asosiy omillar quyidagilardan iborat:



Iqlimiy sharoit tuproqning paydo bo`lishda yetakchi omillardan biri hisoblanadi. Quyoshdan kelayotgan nurli energiya yer betiga tushib issiqlik energiyasiga aylanadi. Harorat kimyoviy jarayonlarni tezlashtiradi. Tuproq eritmasidagi gazlarning erishi, tuproqning qattiq va suyuq, holatlarining nisbati hamda, kalloid zarralarning faoliyati haroratga bevosita bog`liq.

Relyef omili. Bu omilning ahamiyati juda muhimdir. Birinchidan issiqlik va atmosfera yog`inlarining yer yuzida taqsimlanishi relyef bilan bog`liq. Ikkinchidan, nurash mahsulotlarini joylashuvi, tuproq denudatsiyasi relyefning mutlaq balandligi va nishabligiga bog`liqdir.

Biologik omillarsiz tuproqni tasavvur qilib bo`lmaydi. Bu borada mikroorganizmlar alohida o`rin tutadi. Bular bakteriyalar, aktinomisetlar, zamburug`lar, tuproq suv o`tlari va tuban hayvonlar.

Inson va tuproq. Inson tuproqqa va tabiiy muhitga ayniqsa xo`jalik faoliyati bilan kuchli ta'sir ko`rsatadi. Inson faoliyati natijasida «sug`oriladigan tuproqlar» yoki «madaniy tuproqlar» - “antropogen tuproqlar” paydo bo`ladi.

9.Gidramorf va yarim gidramorf tuproqlarning tarqalishi va xususiyatlari.



Gidromorf va yarim gidramorf tuproqlar - grunt suvlarining yaqin boʻlishi (0,5-3,0 m) natijasida doimiy kapillyar namlanish taʼsirida shakllangan tuproqdar. Oʻrta Osiyoda sugʻoriladigan yerlarning yarmidan koʻpini Gidromorf tuproqlar tashkil etadi. Geomorfologik sharoitlari va namlanish rejimiga qarab allyuvial va saz (bulok) rejimidagi Gidromorf tuproqlar ga boʻlinadi. Allyuvial rejimdagi Gidromorf tuproqlar yirik daryo suvidan taʼminlanib turuvchi grunt suvlari yaqin boʻlgan qayirlarda, quyi daryo terassalarida va hozirgi deltalarda shakllangan. Sirdaryo, Amudaryo, Chirchiq, Ohangaron, Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo va b. daryolarning sohillarida tarqalgan. Saz rejimidagi Gidromorf tuproqlar soy va konuslararo pastqamlik yoyilmalarining periferik hamda oʻrta qismlarida, shuningdek togʻ yon bagʻri tekisliklarida togʻ grunt oqimining nurashidan vujudga kelgan kichik yopiq depressiya (botiq)larda shakllanadi. Bundam rejimdagi tuproqlar Toshkent, Samarkand, Mirzachoʻl vohalarida, Kitob-Shahrisabz havzalarida, Surxondaryoning yuqori va oʻrta oqimi, shuningdek Gʻarbiy Fargʻona va b. joylarda uchraydi. Minerallashgan grunt suvlarining sekin siljishi (choʻl va sur tuproq mintaqasining qisman pastki zonalariga xos) natijasida shoʻrlangan Gidromorf tuproqlar va shoʻrxoklar vujudga keladi. Tarqalish hududiga koʻra Gidromorf tuproqlar choʻl zonasi va boʻz tuproq mintaqasidagi oʻtloqi, botqoqi va shoʻrxok tuproqlarga ajratiladi.
Download 14.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling