Iqt guruh talabasi Tursunov Elbekning mikroiqtisodiyot fanidan bajargan amaliy mashg'uloti
Download 22.5 Kb.
|
6.1mavzu 191120111029
NDKI KMF
25-19 IQT guruh talabasi Tursunov Elbekning MIKROIQTISODIYOT FANIDAN bajargan amaliy mashg'uloti 6-Mavzu: Isteʼmolchi tanlovi nazariyasi (4soat) Nazorat uchun savollar. 1.Isteʼmol nazariyasida neʼmat tushunchasi. 2.Isteʼmolchi tanloviga taʼsir qiluvchi omillar. Naflik tushunchasi. 3.Isteʼmolchi ehtiyojini qondirish darajasi. Naflik funksiyasi. 4.Umumiy naflik, chekli naflik, chekli naflikning kamayishi qonuni. 5.Befarqlik egri chizigʻi. 6.Befarqlik chiziqlari kartasi va uning xususiyatlari. 7.Chekli almashtirish normasi. Javoblar: 6.1 Isteʼmol nazariyasida neʼmat – bu isteʼmolchining ehtiyojini qondira oladigan har qanday isteʼmol obyektidir. Koʻp hollarda neʼmatlar yakka tartibda emas, balki toʻplam bilan yoki “isteʼmol savati” bilan isteʼmol qilinadi 6.2. Mana shu uchta element – naflilik, narx va daromad – isteʼmolchi tanlovining asosini tashkil etadi Isteʼmolchi qaror qabul qilishda mavjud imkoniyat doirasida maksimal darajada oʻz ehtiyojini qondirishga, turmush farovonligi darajasini oshirishga harakat qiladi. Ushbu ehtiyojni qondirish darajasi naflilik (yutiliti) deyiladi. Neʼmatning nafliligi – neʼmatning insonning bir yoki bir nechta ehtiyojini qondira olish xususiyatidir 6.3Endi isteʼmolchi tanlovi nazariyasini murakkabroq pozitsiyadan koʻrib chiqishga harakat qilamiz. Bunda isteʼmolchining “naflilik” tushunchasidan koʻra “afzal koʻrishi” tushunchasiga koʻproq eʼtibor qaratamiz. Faraz qilaylik, isteʼmol toʻplami ikki tovardan iborat boʻlsin, X1 – birinchi tovar miqdori, X2 – ikkinchi tovar miqdori. Isteʼmol toʻplami unda (X1X2) deb belgilanadi. Baʼzi hollarda X=(X1X2) koʻrinishdagi vektor ifodadan foydalanamiz. Biz ˃ belgidan foydalanamiz va u bitta tovar toʻplami ikkinchisidan qatʼiy afzalligini bildiradi, boshqacha aytganda (X1X2) ˃ (Y1Y2) boʻlsa, isteʼmolchi toʻplamni (X1X2) toʻplamni (Y1Y2) ga nisbatan qatʼiy afzal koʻradi deb qarash kerak boʻladi, bu shuni anglatadiki, isteʼmolchi (X1X2) tovarni olishni xohlaydi, (Y1Y2) toʻplamni emas. Shunday qilib, afzal koʻrish gʻoyasi isteʼmolchining xohishiga asoslanadi. Bitta toʻplam ikkinchisidan afzal deyish uchun shu ikkita toʻplamdan qaysi birini isteʼmolchi tanlashiga eʼtibor berishi kerak. Agar u (Y1Y2) toʻplamni sotib olish imkoniyati boʻlishiga qaramay, (X1X2) toʻplamni tanlasa, (Y1Y2) toʻplamga nisbatan (X1X2) toʻplamni afzal koʻrgan hisoblanadi. Agar isteʼmolchi uchun toʻplamlardan qaysi birini isteʼmol qilishning farqi boʻlmasa, biz uni quyidacha yozamiz: (X1X2) ~ (Y1Y2). Bu yerda: ~ befarqlik belgisi. Befarqlik soʻzi shuni bildiradiki, isteʼmolchi bu toʻplamlarni isteʼmol qilishdan bir xil qoniqish oladi, yaʼni (X1X2) ham, (Y1Y2) ham isteʼmolchini bir xil qondiradi. Agar isteʼmolchi ikkita toʻplamdan bittasini afzal koʻrsa yoki ulardan qaysi birini isteʼmol qilish uning uchun befarqli boʻlsa, biz (X1X2) toʻplam (Y1Y2) toʻplamga nisbatan zaif afzal koʻrish deb qaraymiz va uni (X1X2) ≥ (Y1Y2) koʻrinishida yozamiz. 6.4Neʼmatning nafliligi – neʼmatning insonning bir yoki bir nechta ehtiyojini qondira olish xususiyatidir. 6.5Befarqlik egri chizigʻi – bu isteʼmolchi uchun bir xil naf beruvchi neʼmatlar kombinatsiyalarini ifodalaydi. 6.6Befarqlik egri chiziqlari bir-biri bilan kesishmaydi. Befarqlik egri chiziqlari qanchalik oʻngda va tepada joylashgan boʻlsa, unga toʻgʻri keladigan naflik shuncha yuqori boʻladi: Masalan, 2.3-rasmdagi befarqlik egri chiziqlari joylashuviga koʻra TU3
TU2 TU1
deb yozish mumkin. 6.7Chekli almashtirish normasi. Befarqlik egri chizigʻining pastga tomon yotiqligi X2
neʼmatni X1
neʼmat bilan chekli almashtirish normasini ifodalaydi. Chekli almashtirish normasi odatda 1 2 MRS X ,X bilan belgilanadi. 1 2 , 1 2 X X MRS X X Befarqlik egri chizigʻining tangens burchagi yotiqligi manfiy boʻlgani uchun
1 2 MRS X ,X manfiy boʻladi. Lekin, MRS musbat boʻlib, u burchak yotiqligining absolyut qiymati boʻyicha olinadi. Chekli almashtirish normasi 1 2 MRS X ,X ning miqdori gorizontal oʻq boʻyicha ifodalangan X1 =neʼmatning bir birligi uchun, vertikal oʻq boʻyicha ifodalangan X2 =neʼmatning qancha miqdoridan voz kechish mumkinligini koʻrsatadi Download 22.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling