Iqtidorli bolalarni aniqlash


Download 29.02 Kb.
bet1/8
Sana02.11.2023
Hajmi29.02 Kb.
#1740274
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
iqtidor


Bugungi kunda yosh avlodga zamonaviy ta’lim bеrish bilan birga ularni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash, ongi va qalbini mafkuraviy, ma’naviy va axborot tahdidlaridan himoya qilish, ularda g’oyaviy immunitеtni shakllantirish masalalari oldimizdagi eng dolzarb va asosiy vazifa sifatida qolmoqda. Biz yashab turgan XXI asrda axborot-kommunikatsion tеxnologiyalari hayotimizga shiddat bilan kirib kеlmoqda va unga o’z ta’sirini tobora kеngroq ko’rsatmoqda. Milliy mеntalitеtimiz, dunyoqarash va tafakkurimiz, fazilat va xususiyatlarimiz, eng muhimi ezgu va oliyjanob maqsadlarimizga mutlaqo yot bo’lgan g’oyalar, qarashlar, sun’iy «Qadriyat va an’ana»larni turli yo’llar bilan joriy etishga urinishlarni, bir so’z bilan aytganda, ma’naviy tahdid elеmеntlaridan farzandlarimizni asrash kеrak. 
Iqtidorli bolalarni aniqlash
Iqtidorli bolalarni aniqlash davomiy jarayon bo’lib, shaxsning rivojlanishini chuqur tahlil qilish bilan bog’liq. Bunda qator psixologik-pedagogik talablar mavjud: — bolaning o’zini tutishi va faoliyatini kompleks baholash, bunda imkon qadar ko’proq bolaning qobiliyatlari va turli axborot manbalaridan foydalanish;— identifikasiyalash (o’xshatish) jarayonining davomiyligi (turli vaziyatlarda bolaning o’zini tutishini kuzatish); — bolaning qiziqish va layoqatlariga mos keladigan faoliyat doirasida o’zini tutishini tahlil etish (maxsus tashkil etilgan o’yin-mashg’ulotlarga jalb etish); — bolaning faoliyatiga ekspert baho berish (rasmlari, yozgan she’rlari, texnik modellari, matematik masalalarni yechish usullari.), bunda yuqori malakali sohaga oid ekspert-mutaxassislarni ( matematiklar, filologlar, shaxmatist va muhandislar)taklif etish; — har bir bolaning individualligini hisobga olgan va turli psixodiagnostik metodikalarni qo’llagan holda tashxis qilishning ko’p bosqichli va takroriy usullaridan foydalanish; — tashxis ishlarini real hayot va faoliyat doirasida (kuzatish, suhbat, o’qituvchilar va ota-onalarning ekspert bahosi )amalga oshirish. Iqtidorli bolalarni aniqlashda shu yosh davrdagi iqtidorning rivojlanishi darajasini, iqtidorning turli faoliyat doirasida amalga oshirish xususiyatlarini, bola rivojlanishining potensial imkoniyatlarini differensiya (tabaqalashtirish) qilish talab etiladi.
Iqtidorli o‘quvchi bilan qanday ishlash kerak?
Iqtidorli o‘quvchi bilan qanday ishlash kerak? Bu — ko‘pchilik o‘qituvchilar oldida muammo bo‘lib kelayotgan savol. Har bir sinfda iqtidorli bolalar bor. U qanday bola? Iqtidorli bola — ziyrak, qiziqqon, xotirasi kuchli, e’tiborli, mantiqiy fikrlaydigan, ko‘p savol berib, bilishga intilayotgan, turli masalalarni tez va oson yecha oladigan o‘quvchidir. Aqliy sog‘lom bolalarni oddiy, iqtidorli va o‘ta iqtidorli guruhlarga ajratish mumkin.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida «Iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlarni aniqlash va o‘qitish uslubiyati, psixologik-pedagogik va tashkiliy sharoitlari yaratiladi, bunday bolalar va yoshlarga oid ma’lumotlarning respublika banki va monitoringi shakllanadi. Maxsus o‘quv dasturlari va progressiv pedagogik texnologiyalar ishlab chiqish uchun eng yaxshi pedagog va olimlar jalb qilinadi, o‘quv-tarbiya jarayonida ularning faol ishtiroki siyosat va iqtisodiyotni, madaniyat va san’atni o‘rgatish markazlari qabilidagi hamda milliy (elita) ta’lim muassasalari tashkil etiladi.
Iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlarni chet ellarda umumiy va kasbiy jihatdan tayyorgarlikdan o‘tkazishga qaratilgan sobit qadam faoliyat amalga oshiriladi. Akademik litseylarning o‘quvchilariga, birinchi navbatda iqtidorli, yuksak iste’dod sohiblariga, bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yo‘nalishlari bo‘yicha tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, o‘zlaridagi noyob iste’dodni ro‘yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratiladi», deyilgan. Bu vazifalarni bajarish har birimizdan tinimsiz mahorat va ijodiy izlanishni talab etadi.
Hozirgi kunda ta’limda iqtidorli o‘quvchi-yoshlarga alohida e’tibor berilayapti. Ularga chuqur bilim berish, qobiliyatini rivojlantirish, iqtidorini o‘stirish ishlari tobora rivojlanmoqda.
Bolalarning qobiliyati, iste’dodini rivojlantirish uchun ixtisoslashgan maktablar va sinflar tashkil etilgan. Iqtidorli o‘quvchilarning aksariyati san’atga, she’riyatga, musiqaga, sportga qiziqadi. Shuning uchun fan va yo‘nalishlar bo‘yicha to‘garaklar faoliyat ko‘rsatayotir. Iqtidorli bolalarni qobiliyatiga qarab musiqa maktablari, sport maktablari, san’at studiyalari, ijodiyot klublari va saroylari, kutubxonalarga jalb etish shu kunning dolzarb vazifalaridan bo‘lib turibdi.
Ma’lumki, har bir sinfda iqtidorli bolalar bor. O‘qituvchilar, sinf rahbari ulardan guruhlar tuzib, qo‘shimcha topshiriqlar bersalar, ular bilan alohida ishlasalar, darslar davomida ham bunday o‘quvchilarga mavzuni kengroq, qo‘shimcha manbalardan foydalangan holda tushuntirsalar, muammoli savollar bersalar o‘quvchi uchun ham o‘qituvchi uchun ham yaxshi bo‘lar edi. Ixtisoslashtirilgan, ya’ni iqtidorli bolalar uchun darslarni yuksak saviyada qiziqarli, ilmiy jihatdan yuqori darajada qilib o‘tkazish zarurdir. Bu o‘qituvchidan katta mas’uliyat va mahoratni talab etadi.
«Matematika» faniga yo‘naltirilgan (ixtisoslashtirilgan) sinflarni olaylik.
Bunday sinfga matematik qobiliyatga ega bo‘lgan, ziyrak, kuchli xotiraga ega, aqlli, mantiqan fikrlaydigan zukko bolalar tanlab olinadi. Tanlab olingan bolalar ixtisoslashtirilgan sinfning o‘quvchilari hisoblanib, ular ixtisoslashtirilgan sinf (maktab)ning qoidalariga to‘liq rioya qilishlari kerak.
Iqtidorli o‘quvchilar haqida nimalarni bilish lozim?
Iqtidorli bola bo‘sh vaqtida nima bilan shug‘ullanishini, unga qanday kitoblar yoqishini, qanday ko‘rsatuv, eshittirish, gazeta-jurnallarga qiziqishini qanday o‘yinlar, mashg‘ulotlarni ishtiyoq bilan bajarishini aniqlash zarur bo‘ladi. Bu ma’lumotlar o‘quvchilar bilan yakka tartibda ishlanganida hamda dars jarayonida asqotadi.
Darslarda faqat matematika bilan chegaralanibgina qolmay, balki o‘quvchilarga kompyuter savodxonligini, shaxmat o‘yinini ham o‘rgatish foydadan xoli bo‘lmaydi. Chunki kompyuterni o‘rganish matematikani yanada chuqur bilishga yordam bersa, shaxmat o‘yini o‘quvchini fikrlashga, aqlini charxlashga xizmat qiladi. Matematikaga ixtisoslashtirilgan sinflarda «Matematik kechalar», «Kompyuter bilimdoni», «Geometrik jismlar yasash», «Eng yaxshi matematik boshqotirma tuzish» tanlovlari, o‘quvchilar orasida shaxmat musobaqasini o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.
Darslarda o‘qituvchi darslikdagi barcha misol-masalalarni yechishdan tashqari, qo‘shimcha matematik adabiyotlardan foydalanib, o‘tilgan mavzuga mos masala, misol, topshiriqlar berilsa, o‘quvchining bilimi oshishi bilan bir qatorda, unda turli murakkablikdagi misollarni yechishga malaka hosil bo‘ladi.
Matematikaga ixtisoslashgan sinflarda o‘quvchilar DTS talablariga asosan berilgan masalalarni mustaqil, qisqa shart tuzib yechishlari, misol-tenglamalarni mustaqil yechishlari, darslikdagi mavzularning savollariga qiynalmay javob berishlari kerak.
Darsda mavzuga bog‘lab va darsdan tashqari bunday sinf (maktab) o‘quvchilariga kompyuter savodxonligi va shaxmat o‘yini o‘rgatib boriladi. Chunonchi, matematikaga ixtisoslashtirilgan sinflarning o‘quvchilari bilan darsdan keyin o‘tkaziladigan tadbirlarni hafta davomida quyidagicha rejalashtirish mumkin:

Download 29.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling