Iqtidorli bolalarni aniqlash
Download 29.02 Kb.
|
iqtidor
Millatning oltin fondi Rivojlangan davlatlar har doim iste’dodli bolalar masalasiga, ularning hal qilinishi mamlakat uchun naqadar muhimligi va strategik ahamiyatini anglagan holda, yuqori darajada e’tibor qaratib kelgan. Talantli bolalarga munosabatda loqayd bo‘lmasdan, ular ta’lim sohasida alohida siyosat ishlab chiqib va amalga oshirib, iqtisodiy muvaffaqiyatlarning mevasini terib oladilar. Shu tariqa, tegishli sohalarda intellektual elita shakllanadi, yuqori malakali mutaxassislar faoliyatidan esa davlat ravnaqi uchun foydalaniladi. Bunday siyosat natijalari yuzasidan guvohlik beruvchi ko‘plab misollar keltirish mumkin.O‘tgan asrning 60-yillari dastlabki rus sun’iy yo‘ldoshlari uchirilganida, amerikaliklar shunday hazillashishgan edi: «Yo biz fizika va matematika bilan tezda shug‘ullanishimiz kerak yoki … rus tilini o‘rganishimizga to‘g‘ri keladi». Birinchilikni, ayni vaqtda o‘z milliy rutbasini saqlash maqsadida ular masalani yechishning mutlaqo kutilmagan variantiga qo‘l urishdi — «Merit» deb nomlangan iqtidorli bolalarni qidirib topishning keng milliy dasturi. Ushbu dasturni amalga oshirib, qator yillar davomida psixologik diagnostika yordamida barcha maktabning har bir yuqori sinf o‘quvchilari orasidan eng istiqbolli o‘quvchilarni saralab oladilar. «Merit» dasturi natijalari o‘zini ko‘p kuttirib qo‘ymadi. Amerikalik mutaxassislarning e’tiroficha, AQShning aniq va tabiiy fanlar sohasida sifat jihatdan sakrashga erishishida iqtidorli bolalarni qidirib topishning «Merit» dasturi muhim rol o‘ynadi.Amerikaliklar bugun ham iqtidorli bolalar masalasiga katta e’tibor qaratishda davom etishmoqda. Vunderkindlarga yordam ko‘rsatish davlat jamg‘armalari bilan birga u yerda o‘nlab xususiy jamg‘armalar ham faoliyat ko‘rsatadi. Misol uchun, «Maykrosoft» korporatsiyasi boshlig‘i Bill Geyts har yili bir necha 14 yoshdagi dasturchilarni ishga oladi. Hisob-kitobga usta amerikaliklar iqtidorli bola ulg‘aygach, Nobel mukofotiga sazovor bo‘lmasa-da, yomon mutaxassis bo‘lmasligini allaqachon tushunib yetishgan. Yevropada hozirgi vaqtda iqtidorli bolalar masalasi bilan Yevropa Kengashi qoshida rasmiy faoliyat yurituvchi «Yevrotalant» tashkiloti shug‘ullanadi. Ko‘plab davlatlar iste’dodli bolalar to‘g‘risidagi qonunlarga ega. Mamlakatimizda iqtidorli va talantli bolalarni qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan tadbirlarni o‘z ichiga olgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi amalda. «Iste’dod» jamg‘armasi qoshida 2005 yildan buyon «Intellektual salohiyat» markazi faoliyat ko‘rsatmoqda. U O‘zPFITI, Ulug‘bek jamg‘armasi, Xalqaro oliy maktab fanlar akademiyasi O‘zbekiston bo‘limi, Milliy universitet pedagogika-psixologiya kafedrasi bilan hamkorlikda Kadrlar tayyorlash milliy dasturining uchinchi bosqichini amalga oshirish doirasida O‘zbekiston iqtidorli bolalari va yoshlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha ishlarning tashabbuskori bo‘lmoqda.Jamiyat iqtidorli bolalarga nisbatan loqayd bo‘lmasligi kerak, chunki ular mamlakatning kelgusi taraqqiyotini belgilab beruvchi bo‘lg‘usi intellektual va ijodkor elita vakillaridir. Aynan ushbu omil bu masalani keng muhokama qilish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Talant haqida qayg‘urish, uning barcha qirralarini namoyon etishga intilish, iqtidorli bolalarning imkoniyat, salohiyatlarini ochib berish hayotimizning ajralmas qismi, ustuvor ijtimoiy vazifalardan biri bo‘lishi lozim. Download 29.02 Kb. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling