Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash va sinfdan tashqari to‘garaklar tashkil qilish
Shaxsni faollashtirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari haqida
Download 123.5 Kb.
|
iqtidorli oquvchilar bilan ishlash va (1)
Shaxsni faollashtirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari haqida
Bunda o‘quvchi ta’lim tizimiga moslashtirilmay, aksincha, ta’lim tizimi turli shaxsga xos barcha xususiyatlari (erkinlikka intiluvchanlik, mustaqillik, shaxsiy fikrlarning mutloq o‘ziga xos tizimga ega bo‘lishi, o‘z-o‘zini tasdiqlash extiyojining mavjudligi va boshqalar)ni hisobga olgan holda, o‘quvchiga uning o‘ziga xosligi (individualligi)ni rivojlantirish imkonini berish, uning o‘z-o‘zini rivojlantirishi, namoyon etishi uchun sharoit yaratish lozim. Zero, har qanday o‘quvchi o‘ziga va faqat o‘zigagina xos takrorlanmas tabiati, xarakter xususiyatini faollashtirish va namoyish etishga intiladi. Тa’limda o‘quvchi shaxsiga faoliyatli yondashuv bu tizimning konsepsiyasini tashkil etib, bunda shaxs "sub’ekti" kategoriyasi erkinlikka intilish, o‘z-o‘zini rivojlantirish, yaxlitlik, mustaqil o‘qish, o‘zligini namoyon etish va faollashtirish xususiyatlari asosida anglashiladi, o‘quv jarayoni hamda uning tarkibiy qismlari - maqsad, mazmun, metod, shakl, usul, vositalar o‘quvchi uchun shaxsan ahamiyatga ega bo‘lgan, uning shaxsiy tajribasi mahsuli sifatida tatbiq etiladi. Тa’lim-tarbiya asosida shaxsning intensiv rivojlanishi, moddiy-ma’naviy qadriyatlarni o‘zlashtirishi faqat uning shaxsiy faoliyati natijasida amalga oshadi. Agar o‘quvchi o‘quv faoliyati mohiyatini anglay olmasa, o‘quv maqsadini tan olmaydi, o‘qituvchi qo‘ygan vazifalarni tushunmaydi va qabul qilmaydi, u tomonidan sodir etiladigan barcha xatti-harakatlar majburiyat va ta’zyiq ostida sodir bo‘ladi, uning bilimlari rasmiy xarakterga, pedagogning faoliyati esa rasmiyatchilik mazmuniga ega bo‘ladi. Bilim ularni amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan faoliyat natijasidagina shakllanadi. Bu darslik mazmunidan ba’zi ilmiy ma’lumotlarni shunchaki ko‘r-ko‘rona yodlab olish bo‘lmay, balki o‘quvchining shaxsiy, sub’ektiv tajribasiga asoslangan haqiqiy bilimlar bo‘ladi. Inson ongi hamisha sub’ektiv mohiyatga egadir. O‘quvchi muayyan bilimlarga nisbatan befarq bo‘lmay, bilimlar uning uchun shaxsiy mazmunga ega bo‘lsagina puxta o‘zlashtiriladi. O‘qituvchi bunga o‘quvchida o‘quv predmetiga nisbatan qadriyatli, ijobiy sub’ektiv munosabatni tarkib toptirish natijasida erishadi. O‘quvchining ruxiy xususiyatlarini o‘rganish o‘zlashtirilayotgan bilimlarning o‘quvchiga shaxsan qiziqarli va kerakli bo‘lishi zarurligi, aks hodda ular shubhasiz rad etilishini ko‘rsatadi. Bu holat obrazli ifodalansa, individual tafakkurda bilimlar sub’ektivlashadi, o‘ziga xos individual jihatlarga ega bo‘ladi. Тeskari jarayonda individual tasavvur va shaxsiy fikrlar ob’ektiv ahamiyat kasb etar ekan, bilimlar turli nuqtai nazarlarning to‘qnashuvi, bahs-munozara, o‘zaro hamkorlikdagi faoliyat natijasida o‘zlashtiriladi, bu esa o‘quv jarayonini noan’anaviy usulda tashkil etishning muhim shakllari (bahs-munozara, o‘zaro hamkorlik)ni talab etadi. Shunday qilib, faoliyat shaxs rivojlanishining asosiy substansiyasi hisoblanadi. Shaxs faoliyati uning ichki xissiyotlari bilan bog‘liq. Shaxs motiv, hissiyot va shaxsiy fikr vositasida namoyon bo‘ladi. O‘qituvchi o‘z darsida o‘quvchilar tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiluvchi usullardan foydalanib shunday shart-sharoitlarni tarkib toptirishi lozimki, natijada o‘quvchi uchun dastlab neytral bo‘lgan ob’ekt kutilmaganda sub’ektiv xususiyat kasb etsin. O‘quv materiali mazmuni avval o‘qituvchi tomonidan ijodiy qayta ishlanadi va o‘quvchini qiziqtiradigan, uning shaxsiy tajribasiga mos keladigan, uni fikrlashga undaydigan jihatlar belgilanadi. Bir qarashda zerikarli tuyuluvchi mavzular agar o‘quvchi shaxsiga bevosita taalluqli bo‘lsa, uning hayotiy va shaxsiy tajribalariga muvofiq kelsa, u holda ahamiyatli xususiyat kasb etadi. Ushbu holatda o‘quv vaziyatlari shaxs uchun ahamiyatli vaziyatga, o‘quv axborotlari o‘quvchi uchun muxim hodisaga aylanadi. O‘quvchi o‘zini ushbu hodisaning ijodkori deb hisoblay boshlaydi. Informatikada shaxsni faollashtirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarini o‘zlashtirish qiyin bo‘lgan mavzulardan biri - “ma’lumotlar ombori” mavzusida qo‘llashga misol ko‘ramiz. Ma’lumotlar ombori mavzusini yoritishga quyidagicha yondashish mumkin: Mavzuni yoritishda o‘quvchilar qiziqadigan obyektlar tanlanadi. Masalan, “futbol jamoalari”, “kinofilmlar”, “estrada qo‘shiqchilari”. O‘quvchilarga vazifa berishda ham “tanlash huquqi”dan foydalaniladi. Ko‘pchilik o‘quvchilarni qiziqtiradigan bir qancha mavzular doskaga yozilib, har bir o‘quvchi imkoniyatiga qarab bir yoki bir nechta mavzuni tanlaydi. Shu mavzuga tegishli ob’yektni ham o‘zi tanlab, ma’lumotlar ombori tuzib keladi. Aniqki, o‘zi yoqtirib tanlab olgan ob’yektlar haqida ma’lumot to‘plash o‘quvchi uchun qiziqarli bo‘ladi, uning ijodiy rivojlanishiga, ko‘proq narsa o‘rganishiga turtki bo‘lib hizmat qiladi. O‘quvchi o‘z qiziqishlari orqali berilgan mavzuni ham o‘zlashtirib oladi. Shaxsga yo‘naltirilgan o‘quv vaziyatlari o‘quvchi bilish faoliyatini tashkil etish usul va metodlari bilan uzviy bog‘liq. Bu usullar : muammoli-izlanish, tadqiqot, dialogik munosabat metodlari (dialog, evristik suhbat, munozara, guruhli ish turlari va boshqalar)dan iborat. Shuningdek, o‘quv mashg‘ulotlarining turlari ham turlichadir. Alohida e’tibor dialogik munosabat va tadqiqot-izlanish metodlariga qaratiladi, shuningdek, ko‘rgazmali-tasviriy va reproduktiv metodlar ham rad etilmaydi, albatta. Noan’anaviy darslar (o‘yin-dars, teatrlashtirilgan dars) bilan tadqiqot, izlanish mashg‘ulotlari, seminarlar kabilar ham tashkil etiladi. Bunday mashg‘ulotlarning mazmuni va mavzusi bevosita shaxs faoliyatiga yondashuv konsepsiyasi va tamoyillariga mos kelib, ular bola ichki dunyosi, tafakkuri va shaxsiy hayotiy tajribasini maksimal darajada faollashtirishga xizmat qiladi. Bu o‘rinda o‘quv faoliyatiga rag‘bat uyg‘otish, uni bilim egallashga yo‘naltirilsa, ular ta’limning shakl va usullari, shaxs bilimi, tajribasi va hissiyotlarining asosiy manbai sifatida namoyon bo‘ladi. Тadqiqot-izlanuvchanlikka yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar texnologiyasida markaziy o‘rinni shaxsiy vaziyat egallaydi, u o‘quvchini imkon qadar ko‘proq topshiriqlarni bajarishga jalb etib, individual yoki jamoa bo‘lib topshiriqlarning javoblarini topishga undaydi. Bunday mashg‘ulotlarning asosiy maqsadlaridan biri - topshiriq sifatida qo‘yilgan muammolarga o‘quvchining o‘zi javob topishini ta’minlashdir. O‘quvchining javoblari o‘qituvchi yoki o‘rtoqlarining javoblariga mutlaqo o‘xshamasa-da, biroq, o‘quvchi o‘z javobidan qoniqish hosil qilsin, muammo yechimini shaxsan o‘zi topa olganidan g‘ururlana olishi muhimdir. An’anaviy ta’lim mohiyatiga ko‘ra o‘qituvchi tomonidan berilgan topshiriq va savollar o‘quvchini o‘qituvchi tanlagan, o‘zi uchun esa mutlaqo notanish tarzda fikrlashga majbur qiladi. Aksincha, o‘qituvchi o‘quvchilar ko‘z o‘ngida topshiriqni shakllantirar ekan, ularni topqirlikka asoslangan qiziqarli yechimlar vositasida yechimni topishga undaydi. Bunday mashg‘ulotlarda qo‘llaniladigan metodlar o‘qituvchining bolalar bilan hamkorlik munosabatlariga, o‘quvchilarning o‘z bilimlarini o‘zlari mustaqil rivojlantirish, axborot va ilmiy ma’lumotlarga tanqidiy munosabatda bo‘lishi, plyuralizm hamda o‘zgalar fikriga hurmat bilan yondashish kabilarga asoslanadi. Ushbu texnologiyaning asosiy jihati ma’lumotlarni yetkazish va o‘zlashtirishgina bo‘lmay, balki o‘quvchilarda mashg‘ulot jarayonida tadqiqot olib borish, izlanuvchanlik ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Тadqiqot-izlanuvchanlik yo‘nalishidagi mashg‘ulotlarga xos ta’lim texnologiyasi quyidagi algoritmlarga bo‘ysunadi: Download 123.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling