1. Rag‘batlantiruvchi asos - shaxsga yo‘naltirilgan muammoli vaziyatni yuzaga keltirishga xizmat qiladi. Bunday vaziyatni yaratishda o‘qituvchining individual ijodkorligi katta rol o‘ynaydi. Rasm, xotira yoki muayyan bir so‘z asosida shakllantirilgan, o‘quvchini jalb etadigan, kutilmagan, o‘ta sirli va albatta, shaxsga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar - tajriba ishlari, fotosuratlar, kartinalar namoyishi kabilar bunga misol bo‘la oladi.
2. Monokonstruksiya - topshiriq asosida individual ishlash (masalan, matn, tovush, model, bo‘yoq, she’r, loyiha, rasm kabilar) natijasida muammoni ko‘rish, gipoteza yaratish, yechimni (muayyan yo‘lni hamda hal etish usulini mustaqil tanlay olish, xato qilish huquqiga egalik kabilar) topishdan iborat.
3. Sotsiokonstruksiya - kichik guruhlarda ishlash. Unga ko‘ra jamoa negizida alohida juftlik kichik guruhlar bilan almashinadi (bolalar o‘zlari xohlab juftlikka birlashadilar, o‘qituvchining istagiga ko‘ra yoki stixiyali tarzda guruh tarkibida ishlaydilar. Bunda o‘qituvchi o‘quvchilarga xos psixologik xususiyatlarni hisobga olishi ham muhimdir: masalan, ekstrointrovertlik, tafakkur yuritish tiplari, liderlik sifatlari va h.o.).
4. Ijtimoiylashuv. Mustaqil ta’lim olish jarayonida o‘quvchining bevosita ijtimoiylashishi ham yuzaga keladi, bu holat o‘z navbatida guruhni ijodiy izlanishga ilhomlantiradi. U faol hamkorlikda faoliyat yuritish, shuningdek, individuallikni namoyon etish uchun qulay muhitni vujudga keltiradi.
5. Ma’lumotlarni bilishga intilish bevosita o‘quvchilar yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lmagan sharoitda yuzaga keladi. O‘quvchida darslik, lug‘at, ma’lumotnoma va boshqa manbalar bilan ishlash ehtiyoji tug‘iladi. Ulardan mustaqil foydalanish, tinimsiz fikrlash va izlanishga bo‘lgan rag‘batning uyg‘onishi kuzatiladi. An’anaviy ta’limga ko‘ra ko‘p hollarda o‘quvchining o‘zi bilimlarni xohlab emas, balki majburan o‘rganadi. Ijodiy izlanish, hamkorlikda ishlash, fikr almashish kabilar o‘quvchida bilimlarni o‘z xoxishi va ehtiyojidan kelib chiqqan holda o‘zlashtirishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |