Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi faoliyati mobaynida quyidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga ko‘ra ish olib boradi
Download 26.94 Kb.
|
Iqtidorli talabalarning ilmiy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi faoliyati mobaynida quyidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga ko‘ra ish olib boradi
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi universitetning tarkibiy bo‘linmasi bo‘lib, iqtidorli talabalarni izlash va aniqlash bo‘yicha faoliyatini amalga oshiradi. Universitetda malakali kadrlar yetishtirish yo‘nalishidagi faoliyatida bo‘lajak mutaxassislarning sohaga oid masalalarni ilmiy va amaliy jihatdan hal qilish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida tashkil qilingan. Universitet talabalarining ilmiy-tadqiqot ishlari va faoliyatini tashkil etish bo‘limi universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektoriga bo‘ysunadi. Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari va faoliyati ta’lim tizimining zamonaviy talablari hamda ko‘p yillik tajribaga tayangan holda tashkil qilinadi. Bunda, talabalarning tegishli fan sohalari bo‘yicha milliy va xorijiy tajriba, shuningdek, mavjud ilmiy-nazariy manbalar bilan tanishishi va ulardan foydalanishiga yaqindan ko‘mak beradi. Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi faoliyati mobaynida quyidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga ko‘ra ish olib boradi: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi; O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni; O‘zbekiston Respublikasi “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuni; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2021-yil 24-dekabrdagi 60-son qarori; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”di 2021-yil 24-dekabrdagi 61-son qarori: Oliy ta’limning davlat standartlari; Universitet nizomi; Universitetning ichki tartib-qoidalari; Oliy Majlis qonunchilik palatasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari hamda qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respulikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi buyruqlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari, universitet rektori buyruqlari hamda Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi Nizomiga amal qiladi. Shuningdek, - Professor-o‘qituvchilarning yillik o‘quv yuklamalaridagi “ilmiy-tadqiqot ishlari” sohasiga tegishli bandda iqtidorli talabalar bilan ishlashga tavsiyalar berish. - Iqtidorli talabalarning respublika va xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan seminar, ko‘rgazma va ilmiy anjumanlarda ishtirok etishlarini ta’minlash. - Tasdiqlangan reja asosida ilmiy-tadqiqot ishlari, innovatsion loyihalar, grantlar va boshqalar bo‘yicha ishlarni olib borish. - Talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishga yo‘llash va ular tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarilishini muvofiqlashtirish. - Iqtidorli talabalar safidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasiga, Nomli Davlat stipendiyalarga hamda soha stipendiyalarga tavsiya etilgan nomzodlarni maxsus tayyorlash. - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasiga, nomli Davlat stipendiyalarga hamda soha stipendiyalarga tavsiya etilgan nomzodlar ilmiy ishlarini tahlil etish va ularga kerakli maslahatlar bilan ko‘maklashish. - Xalqaro va respublika fan olimpiadalarini tashkil etish va yuqori saviyada o‘tkazish. - Universitet talabalari uchun xakatonlarda ishtirok etish bo‘yucha to‘garaklar tashkil etish. - Universitet talabalarining auditoriyadan tashqari ishlarini asosan ijod qilish, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish, ilmiy to‘garaklarda qatnashishga yo‘naltirish. - Iqtidorli talabalar bo‘limiga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqib, uni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar, loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishga yo‘naltirilgan faoliyatni amalga oshirish; - Iqtidorli talabalar bo‘limiga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqib, uni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar, loyihalar, tashabbuslar tuzish va amalga oshirish. Download 26.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling