Iqtisod 9 sinflar mavzu: tadbirkorlik sana ta’limiy maqsadi


Download 437.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet90/112
Sana08.01.2022
Hajmi437.92 Kb.
#244213
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   112
Bog'liq
9sinf kanspekti iqtisod yillik

Mavzu:  Xalqaro savdo. 

Sana 

Ta’limiy maqsadi: O‘quvchilarni Xalqaro savdo.haqidagi  ko‘nikmalarini  hosil qilish. 

Tarbiyaviy  maqsadi: O‘quvchilarni kasbga bo‘lgan malaka va ko‘nikmalarini shkillantirish. 

Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilarni mustaqil fikirlash qobilyarlarini oshirish. 

DTS talablari asosida ta‘lim va tarbiya berish 

Darsning uslibi: Tushuntirish, savol –javob, mustaqil ishlash. 

Darsning jixozi: Darslik, doska, ko‘rgazmali va tarqatma materilallar. 

Darsning borishi: yangi mavzuni bayoni 

Qadim zamonlardan beri mamlakatlar bir-biri bilan o‗zaro savdo-sotiq qilib keladi. Buni birgina mamlakatimiz hududidan o‗tgan 

Buyuk Ipak Yo‗li misolida ham ko‗rish mumkin. Davlatlarni o‗zaro savdo-sotiq qilishga quyidagi omillar undaydi: 

1.Tabiiy resurslarning davlatlar o‗rtasida notekis taqsimlanganligi. Masalan, bir davlatda neft konlari bor, ikkinchisida esa yo‗q. 

Ikkinchi davlatda temir konlari ko‗p, birinchisida esa yo‗q. Tabiiy resurslarning bunday notekis taqsimlanishi bu davlatlarni bir-biri 

bilan savdo-sotiq qilishga undab turadi. 

2.Ishlab chiqarishning biror sohasidagi mutlaq ustunlik. Masalan, Rossiyada o‗rmonlar ko‗p bo‗lib, yog‗ochsozlik sanoati taraqqiy 

etgan. 0‗zbekistonning tabiiy iqlim sharoiti paxta yetishtirishga juda qulay bo‗lib, respublikamizda paxtachilik juda rivojlangan. 

Paxtani Rossiyaning iqlimi issiqroq bo‗lgan, janubiy hududlaridagina yetishtirish mumkin. Lekin hosildorlik juda kam bo‗ladi. 

0‗zbekistonda esa yangi o‗rmonlarni tashkil qilish juda qimmatga tushadi. Demak, 0‗zbekiston paxta yetishtirishda, Rossiya 

yog‗ochso/,likil; mutlaq ustunlikka ega. Shuning uchun Rossiya iqtisodiyoti yog‗ochsozlikka, O‗zbekislor iqtisodiyoti esa 

paxtachilikka ixtisoslashadi. Ya‗ni, har bir davlat nisbatan arzong. tushadigan mahsulot turini ishlab chiqaradi va bir-biri bilan 

ularni ayirboshlaydi. Bimda> ixtisoslashuvdan har ikkala davlat ham manfaat ko‗radi va shu bois, o‗zaro savdo-sotii qiladi. Mutlaq 

ustunlik tamoyili asosida davlatlarning ixtisoslashuvi yer yuzidagi boi resurslardan tejamli va samarali foydalanishga olib keladi. 

Demak, davlatlar o‗zaro savdo sotiqda mutlaq ustunlik tamoyiliga rioya qilishi lozim ekan. Unga ko‗ra, har bir davlai qaysi tovarni 

boshqa davlatlarga qaraganda kamroq resurslar sarflab ishlab chiqara olsa o‗sha tovarni ishlab chiqarishga ixtisoslashishi lozim. 

Mutlaq ustunlik - bir xil miqdordagi resurslarga ega bo‗lgan mamlakatlardai birining shu resurslar yordamida boshqalariga nisbatan 

ko‗p mahsulot ishlab chiqar; olish imkoniyatiga ega ekanligi. 

Ishlab chiqarishning biror sohasidagi nisbiy ustunlik. Ba‗zi hollarda ikki davlat 11 iih biri qaralayotgan har ikki sohada ham mutlaq 

ustunlikka ega bo‗ladi. Quyidagi jadvalg; e‘tibomi qarataylik: 

Unga ko‗ra, 0‗zbekistonda bir dona elektr lampochkasi va bir dona plastmassa idish ishlab chiqarish uchun QirgMzistonga 

qaraganda kam ish vaqti sarflanadi, ya‘ni 0‗zbekiston bu sohalarda mutlaq ustunlikka ega. Lekin 0‗zbekistonda elektr lampochkasi 

ishlab chiqarishning muqobil qiymati 30: 10 = 3 dona plastmassa idishni, Qirg‗izistonda esa 40 : 20 = 2 dona plastmassa idishni 

tashkil qiladi. Demak, Qirg‗iziston elekrt lampochkasi ishlab chiqarishda O'zbekistonga nisbatan nisbiy ustunlikka ega. Ikkinchi 

tomondan, 0‗zbekiston plastmassa idish ishlab chiqarishda Qirg‗izistonga nisbatan nisbiy ustunlikka ega. 

Chunki bir dona plastmassa idishni ishlab chiqarishning muqobil qiymati 0‗zbekistonda 10 : 30 = 1/3 ta elektr lampochkani, 

Qirg‗izistonda esa 20 : 40 = 1/2 ta elektr lampochkani tashkil qiladi. Shu bois, agar 0‗zbekiston plastmassa idish ishlab chiqarishni 

o‗zida tashkil qilib, Qirg‗izistonga sotsa va elektr lampochkasini Qirg‗izistondan sotib olsa, maqsadga muvofiq boiadi. Chunki elektr 

lampochkasi ishlab chiqarishning muqobil qiymati 0‗zbekistonda Qirg‗izistonga qaraganda yuqori. Xuddi shuningdek, Qirg‗iziston 

elektr chirog‗ini ishlab chiqarishni o‗zida tashkil qilib, 0‗zbekistonga sotsa va plastmassa  

idishni 0‗zbekistondan sotib olsa, maqsadga muvofiq bo‗ladi. Demak, har bir davlat muqobil qiymati boshqa davlatlardagiga 

nisbatan kam bo‗lgan tovarni ishlab chiqarib, chetga sotishi lozim. Nisbiy ustunlik nazariyasi buyuk ingliz iqtisodchi olimi David 

Rikardo tomonidan yaratilgan. к - mamlakatda biror tovarni ishlab chiqarish muqobil qiymatining boshqa mamlakatlarga nisbatan 

arzon bo'lishi. 

XALQARO OLDI-SOTDI: IMPORT VA EKSPORT 

Mamlakatda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni chet mamlakatlarga sotish eksport deb ataladi. Tovar va xizmatlarni chet 

mamlakatlardan sotib olishga esa import deyiladi. Mamlakatning import va eksport qilgan tovar va xizmatlari qiymatlarining 

yig‗indisi tashqi savdo hajmini aniqlaydi. Tashqi savdo hajmi mamlakatning xalqaro savdo-sotiq jarayoniga qanchalik ishtirok 

etayotganini bildiradi. Mamlakatning xalqaro savdo-sotiqdagi ishtirokining samaradorligini import va eksport hajmlarini taqqoslash 

yordamida aniqlash mumkin. Albatta, har bir davlat eksportga chiqarayotgan tovar va xizmatlari hajmining, tashqaridan olib 

kelayotgan import tovar va xizmatlari hajmidan ko‗p bo‗lishini xohlaydi. Mamlakatning eksporti va importi hajmlari orasidagi farq 

tashqi savdo balansini aniqlaydi. Agar mamlakatning chetga sotayotgan eksport tovar va xizmatlari hajmi mamlakatga keltirilayotgan 

import tovar va xizmatlari hajmidan ko‗p bo‗lsa, tashqi savdo balansi musbat bo'ladi. Aks holda esa, tashqi savdo balansi manfiy 

boiib, xalqaro savdo-sotiqda muammolar paydo bo‗ladi. Chunki tovarlami chetga sotishdan tushgan chet el valuta miqdori, chetdan 

olib kelinayotgan tovarlami sotib olishga yetmay qoladi. Natijada, tashqi savdoda valuta tanqisligi vujudga keladi. 

xizmatlar. amlakatda ishlab chiqarilgan va chet mamlakatlarga sotilgan tovar va 

Import - chet mamlakatlardan sotib olingan tovar va xizmatlar. 

Tashqi savdo hajini - mamlakat import va eksportini tashkil etuvchi tovar va xizmatlarining jami qiymati. 

Tashqi savdo balansi - mamlakatning eksport va import hajmlari orasidagi farq. 

TASHQI SAVDO TARKIBI: Mamlakatning xalqaro savdodagi ishtirokining samaradorligi, uning eksport va importining tarkibiga 

ham bogiiq bo‗ladi. Rivojlangan davlatlar eksportining hajmi katta bo‗lib, asosan, tayyor mahsulotlardir. Rivojlanayotgan 

mamlakatlar eksportining hajmi, odatda, kichik bo‗lib, asosan, xomashyodan iborat. Respublikamiz tashqi savdo hajmi va tarkibini 

tahlil qiladigan bo‗lsak, u mustaqillik yillarida ham hajm jihatdan, ham tarkib jihatdan yildan yilga o‗zgarib bormoqda. 

2008-yilda respublikamiz tashqi savdo hajmi 19,1 mlrd. AQSH dollarini tashkil qilib bu 2007-yilga nisbatan 21,4% ortiq demakdir.  


Download 437.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling