Atrof muhitning ifloslanishi: Olimlarning fikricha, insoniyatning iqtisodiy faoliyati natijasida atrof-muhitning haddan tashqari
ifloslanib borishi har qanday urushdan ham battarroq oqibatlarga olib kelishi mumkin. Havo va suv havzalarining ifloslanishi, tuproq
tarkibining o‗zgarishi natijasida katta yer maydonlarining foydalanishga yaroqsizlanib borishi, oxir-oqibat insonning tirikligini ham
xavf ostiga qo‗yishi mumkin. Tabiat, uning faqat 1 foiz qismiga inson tomonidan ziyon yetkazilgandagina o‗zini-o‗zi davolab, tiki ay.
olishi mumkin. Lekin hozirdanoq inson tabiatga 10 baravar ko‗p ozor bermoqda. Buning natijasida, Yer yuzida asliga qaytarib
bo‗lmaydigan o‗zgarishlar sodir bo‗lmoqda. Insoniyat salomatligi borgan sari yomonlashib bormoqda. Atrof-muhitni himoya qilish
maqsadida davlatlar tomonidan qator kelishuvlar imzolangan. Tabiatni himoya qilish bo‗yicha jahon fondi ‘‘Green peas xalqaro
tashkiloti, respublikamizdagi xalqaro jamg‗armalari va ekologiya harakati ish olib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |