Jahon moliyaviy - iqtisodiy inqirozi oqibatlari: Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi natijasida 2008 - 2009- yillarda AQSH, Kanada,
Yevropa Ittifoqi, Yaponiya, Ukraina va boshqa qator mamlakatlarda g'oyat tashvishli ho- lat vujudga keldi. Bu mamlakatlarda
ko‗plab kompaniyalar, korxona va firmalar bankrot bo‗ldi. 2008- yil natijalariga ko‗ra, AQSH YalM hajmi 3,8% ga tushib ketdi,
ishsizlar soni esa 2,2 mln. kishidan oshib ketdi. Yaponiyada esa YalM hajmi 3,1% ga pasaydi, ishsizlik darajasi esa 4,4% ga yetgan.
Yevropa Ittifoqiga a‘zo bo‗lgan davlatlarda sanoat ishlab chiqarishi 12% ga tushub ketgan. Jumladan, aholining daromadlari
kamayishi va ertangi kunga ishonchsizlikning ortishi tufayli avtomobil savdosi Yevropada 27% ga pasayib ketdi. 2008-yilda
boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining har qaysi davlatdagi miqyosi, ko‗lami va oqibatlari quyidagi omillardan kelib
chiqib baholanadi: davlat moliya-valuta tizimining mustahkamligi; bank tizimining to‗lov qobiliyati, ulaming chet el va xalqaro
banklarga qaramligi; mamlakat iqtisodiyotining barqarorligi va raqobatga bardoshlik darajasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |