Iqtisod 9 sinflar mavzu: tadbirkorlik sana ta’limiy maqsadi
Inqrozni bartaraf etish yo’llari va choralari
Download 437.92 Kb. Pdf ko'rish
|
9sinf kanspekti iqtisod yillik
Inqrozni bartaraf etish yo’llari va choralari: 2008- yilda boshlangan va tobora chuqurlashib borayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy
inqirozining ta‘siri va uning salbiy oqibatlari, yuzaga kelgan vaziyatdan chiqish yo‗llarini izlash - jahon iqtisodiyoti oldida turgan eng dolzarb muammolardan biri. Mazkur muammoning O‗zbekiston sharoitidagi yechimi haqida aniq qarashlar va amaliy xulosalar Prezidentimiz I.A. Karimovning ―Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‗zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yoMlari va choralari‖ deb nomlangan kitobida to‗liq yoritib berilgan. Respublikamiz iqtisodiyotidagi real ahvol va sharoitlami hisobga olib, 2009 - 2012- yillar mobaynida amalga oshirish ko‗zda tutilgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining oldini olish, uning ta‘sirini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi va uni amalga oshirish boshlab yuborildi. Mazkur dastur quyidagi yo‗nalishlar bo‗yicha chora-tadbirlami o‗z ichiga olgan: mamlakat moliyaviy-iqtisodiy, budjet, bank-kredit tizimini barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta‘minlash va uni mustahkamlash; iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari va korxonalariga yordam ko'rsatish; aholini ijtimoiy qollab-quwatlash. ―Inqirozga qarshi choralar dasturi‖ quyidagi vazifalarni hal etishga qaratilgan: korxonalami modemizatsiya qilish, zamonaviy texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash; eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalami har tomonlama qo'llab-quwatlash; qat‘iy tejamkorlik tizimini joriy etish, mahsulot tannarxini pasaytirish hisobiga kor- xonalar raqobatbardoshligini oshirish; mahalliy ishlab chiqaruvchilami qo‗llab-quwatlash; energiya tejashning samarali tizimini joriy etish va energiya iste‘molini kamaytirish. ―Inqirozga qarshi choralar dasturi‖ning puxta ishlab chiqilganligi va uni izchil, og‗ishmay amalga oshirishga kirishilganligi 2009- yildayoq o‗zining ilk natijalarini berdi. Jumladan, moliya-bank tizimini mustahkamlash borasida quyidagi natijalarga erishildi: 2008-2009- yillarda tijorat banklarning umumiy kapitali 2 barobar ko'paydi; davlat tomonidan banklar nizom jamg‗armasiga 500 mlrd. so‗m qo'shimcha mablag1 ajratildi; banklar umumiy kapitali aholi va yuridik shaxslar hisob raqamidagi mablag‗laridan 2 barobar ortiq bo‗lib, ulaming to‗lovga qodirlik darajasi oshirildi; aholi omonatlari miqdori 2009- yilda 1,7 barobarga oshdi. Download 437.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling