Iqtisod 9 sinflar mavzu: tadbirkorlik sana ta’limiy maqsadi


Download 437.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet58/112
Sana08.01.2022
Hajmi437.92 Kb.
#244213
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   112
Bog'liq
9sinf kanspekti iqtisod yillik

Tugal mahsulotlar - iste'molga tayyor va boshqa ishlov berilmaydigan tovar va xizmatlar. 

Yalpi ichki mahsulot (YalM) - mamlakat hududida bir yil mobaynida ishlab chiqarilgan, tugal ko'rinishdagi tovar va 

xizmatlarning bozor narxlaridagi umumiy qiymati. 

Boshqa makraiqrisodiy ko’rsatkichlar: Yalpi milliy mahsulot (YaMM) - yil davomida mamlakat fuqarolari tomonidan 

(yer yuzining qayerida bo'lishidan qat'iy nazar) yaratilgan jami tovar va xizmatlarning bozor narxlaridagi umumiy 

qiymatidir. Agar YalMdan mazkur mamlakat hududida chet ellik fuqarolar va firmalar tomonidan yaratilgan tovarlar 

qiymatini ayirib, bu mamlakat fuqarolari va firmalari tomonidan boshqa davlatlar hududida yaratilgan tovarlar 

qiymatini qo'shsak, mazkur mamlakatning yalpi milliy mahsuloti (YaMM) miqdori hosil bo'ladi. Sof ichki mahsulot (SIM) 

- YalMdan amortizatsiya ajratmasining ayrilganiga teng. Ma'lumki, ishlab chiqarish jarayonida asbob-uskuna, bino kabi 

asosiy vositalar eskirib, ular narxining bir qismi shu vositalar ishtirokida tayyorlangan tovarlar narxiga o'tadi. Buni 

amortizatsiya deb atagan edik. Demak, tovar narxining bir qismi bu amortizatsiya ajratmasi bo'lib, bu qiymat yangidan 

yaratilgan emas. Shu bois, YalMdan jami amortizatsiya ajratmasini ayirib tashlasak, sof ichki mahsulot (SIM) miqdori 

topiladi. SIM mamlakatda bir yilda yangidan yaratilgan tovar va xizmatlarning bozor narxlaridagi qiymatini ko'rsatadi. 

Milliy daromad (MD) - mamlakat aholisining bir yilhk jami ish haqi, foiz, renta kabi barcha daromadlari va korxonalar 

foydasining yalpi yig'indisidan iborat. U SIM dan barcha egri soliqlarni ayirish yo'li bilan ham aniqlanadi. 


Download 437.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling