Iqtisod 9 sinflar mavzu: tadbirkorlik sana ta’limiy maqsadi


Real va nominal qiymatlar


Download 437.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet61/112
Sana08.01.2022
Hajmi437.92 Kb.
#244213
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   112
Bog'liq
9sinf kanspekti iqtisod yillik

Real va nominal qiymatlar : Ma'lumki, mamlakatning muayyan yildagi makroiqtisodiy ko'rsatkichlari (YalM, 

YaMM, SIM, SMM va MD) o'sha yilda amalda bo'lgan narxlarda hisoblanadi. Bu ko'rsatkichlarning 

qaralayotgan yildagi joriy narxlarda hisoblangan qiymati nominal qiymat deb yuritiladi. Lekin ma'lumki, 

narxlar yildan yilga o'zgarib turadi. Shuning uchun mamlakatning turli yillardagi ko'rsatkichlari o'zaro 

taqqoslanayotganda, ularning real qiymatidan foydalaniladi. Aytaylik, 2005 -2008-yillarda mamlakatdagi 

narx-navo 1,5 baravar oshgan, ya'ni bu davrdagi narxlarning oshish darajasi 1,5 ga teng bo'lib, 2005-yildagi 

YalMning nominal qiymati -  19,35 trln. so'm, 2008-yildagi YalMning nominal qiymati  esa 36,84 trln. so'mni 

tashkil qilgan bo'lsin. Bu ko'rsatkichlarni o'zaro taqqoslash uchun ularni bir xil narxlarda hisoblash lozim 

bo'ladi. Buning uchun 2005-yildagi narxlar asos cplib olinadi. Bu narxlarda 2005-yilgi YalM qiymati berilgan. 

Endi 2008-yildagi YalMni 2005-yildagi narxlarda hisoblaymiz. Buning uchun 2008-yildagi YalMning nominal 

qiymatini narxlarning oshish darajasiga bo'lsak kifoya. Hosil bo'lgan qiymat — 24,56 trln. so'm 2008-yilgi 

YalMning 2005-yilga nisbatan real qiymatidan iborat bo'ladi. Shundan so'ng, 2005-yilgi YalM nominal qiymati 

va 2008-yilgi real qiymati o'zaro taqqoslanadi va 2008-yilda 2005-yilga nisbatan YaMM qiymati 24,56 : 19,35 

= 1,27 baravar oshgan degan xulosaga kelinadi. Umuman olganda, joriy yildagi iqtisodiy ko'rsatkichning biror 

yilga nisbatan real qiymatini topish uchun uning nominal qiymatini, bu davrdagi narxlarning nmumiy o'sish 

darajasiga bo'linadi. 


Download 437.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling