Iqtisod 9 sinflar mavzu: tadbirkorlik sana ta’limiy maqsadi


Aholining turmush darajasi


Download 437.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet64/112
Sana08.01.2022
Hajmi437.92 Kb.
#244213
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   112
Bog'liq
9sinf kanspekti iqtisod yillik

Aholining turmush darajasi: Mamlakat aholisining turmush darajasi iqtisodiy rivojlanganlik darajasini 

yaqqolroq ko'rsatadi. Chunki u nafaqat aholi jon boshiga to'g'ri keladigan YaMM qiymati bilan, balkj yana 

qator ko'rsatkichlar asosida o'lchanadi. Aholining turmush darajasi kishi boshiga ko'proq moddiy ne'mat 

yaratishgagina emas, balki topilgan daromadni qanday va qayerga ishlatilishiga ham bog'liq. Aytaylik, bir 

mamlakatda katta miqdorda YaMM varatilsa, ammo uning ko'p qismi harbiy maqsadlarda sarflansa, bu davlat 

aholisining turmush darajasida qanday ijobiy o'zgarish bo'lishi mumkin? Turli davlatlar aholisining turmush 

darajasi o'zaro qator iqtisodiy va ijtimoiy ko'rsatkichlar yordamida taqqoslanadi. Har yili Birlashgan Millatlar 

Tashkilotining "Inson taraqqiyoti to'g'risidagi ma'ruza"sida bu ko'rsatkichlar haqida ma'lumot berib boriladi. 

Aholining turmush darajasini taqqoslashda, asosan, quyidagilar hisobga olinadi: 1) aholining savodxonlik 

darajasi; 2) ko'rsatilayotgan tibbiy xizmat darajasi; 3) aholining sog‘lomlik darajasi: 4) umr ko'rish 

davomiyligi; 5) shahar aholisining soni; 6) uy-joy bilan ta'minlanganlik darajasi; 7) oualarning madaniy-

maishiy tovarlar: televizor, telefon, shaxsiy kompyuter, internet tarmog'i, muzlatkich kabi tovarlar bilan 

ta'minlanganlik darajasi; 8) ta'limga ajratilayotgan xarajat miqdori; 9) inson huquqlarining kafolatlanganlik 

darajasi; 10) jinoyatchilik darajasi; 11) sog'liqni saqlashga ajratilgan xarajatlar miqdori; 12) atrof-muhitning 

himoyalanganligi va boshqalar. 


Download 437.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling