Iqtisod 9 sinflar mavzu: tadbirkorlik sana ta’limiy maqsadi


Download 437.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet62/112
Sana08.01.2022
Hajmi437.92 Kb.
#244213
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   112
Bog'liq
9sinf kanspekti iqtisod yillik

Iqtisodiy davr : Bozor iqtisodiyotining ikki asrlik tarixi, unga to'lqinsimon rivojlanish xos ekanligini tasdiqladi. 

Ma'lum bo'lishicha, bozor iqtisodiyoti hukm surgan davlatlardagi iqtisodiy faollik ma'lum davrlarda o'sib, 

so'ng esa pasayib, davriy ravishda tebranib turar ekan. Mamlakat iqtisodiyotining bir marta tebranishiga - bir 

marta o'sib, so'ng pasayishiga ketgan vaqt iqtisodiy davr deb ataladi. 20.1-chizmadagi iqtisodiy davrni olib 

qaraydigan bo'lsak, u iqtisodiy o'sish va iqtisodiy pasayish oraliqlaridan iborat bo'lib, M nuqta bu davrdagi 

iqtisodiy faollikning eng yuqori nuqtasi (cho'qqisi), N nuqta esa eng quyi nuqtasidan iborat ekanligini 

ko'rishimiz mumkin. 

Iqtisodiy ko'rsatkichning nominal qiymati - bu uning joriy narxlarga nisbatan hisoblangan qiymati. 

Iqtisodiy ko'rsatkichning real qiymati -  biror asos qilib olingan yildagi narxlarga nisbatan hisoblangan 

qiymati. 

Iqtisodiy davr - mamlakat iqtisodiyotining bir marta tebranishiga - bir o'sib, so'ng pasayishiga ketgan vaqt. 

Agar iqtisodiy rivojlanishning kattaroq davrini ko'zdan kechiradigan bo'lsak, 20.2-chizmada tasvirlangan 

holatni ko'rishimiz mumkin. Ta'kidlash joizki, bu holatda iqtisodiy faollik tebranib tursada, umuman olganda

iqtisodiyotda ko'tarilish - o'sish kuzatilayapti. Iqtisodiyotda kamida olti oy davomida real YalMning kamayishi 

kuzatilsa, bu iqtisodiy pasayishdan dalolat beradi. 


Download 437.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling