Iqtisod 9 sinflar mavzu: tadbirkorlik sana ta’limiy maqsadi
Download 437.92 Kb. Pdf ko'rish
|
9sinf kanspekti iqtisod yillik
Iqtisodiy o’sish : Davlatning eng muhim vazifalaridan biri - mamlakatda iqtisodiy o'sishni boshqarib turishdan
iborat. Chunki aholi soni oshib, ularning ehtiyojlari kundan kunga o'sib boradi. Demak, borgan sari ko'proq tovar ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatish lozim bo'ladi. Bunday sharoitda davlat mamlakatning ishlab chiqarish imkoniyatlarini yuksaltirishi, ya'ni iqtisodiy o'sishni ta'minlashi lozim bo'ladi. Iqtisodiy o'sish deb mamlakatda muttasil ravishda yalpi mahsulot ishlab chiqarish hajmining oshib borishiga aytiladi. Iqtisodiy o'sish darajasini bir necha usullarda hisoblash mumkin. Odatda, iqtisodiy o'sish - mamlakatdagi real YalMning o'sish darajasi bilan o'lchanadi. Yuqorida ko'rilgan misolda 2005 - 2008-yillari YalM ning real qiymati 1,27 marta oshgan bo'lib, bu - mamlakatda ko'rib chiqilayotgan davrda iqtisodiy o'sish kuzatilganligidan dalolat beradi. Ba'zida, iqtisodiy o'sish - YaMMning o'sish darajasi bilan yoki aholi jon boshiga to'g'ri kelgan real YaMM ning (yoki YalMning) oshish darajasi bilan ham o'lchanadi. Iqtisodiy o'sishga ikki xil: ekstensiv va intensiv yo'llar bilan erishish mumkin. Ekstensiv o'sishga qo'shimcha miqdordagi ishlab chiqarish resurslarini ishlab chiqarishga jalb etish bilan erishiladi. Buning uchun yangi yerlar o'zlashtiriladi, ko'plab miqdorda foydali qazilmalar va mehnat resurslari ishlab chiqarishga jalb etiladi. Intensiv o'sish bor resurslardan samarali foydalanish orqali ta'minlanadi. Unga fan va texnika yutuqlari, yangi texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilish, mehnat unumdorligini, ishchilarning bilim va malakalarini oshirish kabi yo'llar bilan erishiladi. Iqtisodiy rivojlangan va rivojlangan davlatlar: Mamlakatda boy va kambag'al oilalar bo'lgani singari, dunyoda ham boy va kambag'al davlatlar bor. Xalqning boy yoki kambag'alligi unung iqtisodiy o'sish darajasi, ya'ni aholi jon boshiga to'g'ri keladigan yalpi milky mahsulot hajmi bilan o'lchanadi. Aholi jon boshiga to'g'ri kelgan YaMM miqdorining ko'p yoki kamligiga qarab, davlatlar rivojlangan va rivojlanayotgan guruhlariga bo'linadi. Rivojlangan davlatlarga AQSH, Kanada, Avstrahya, Yangi Zelandiya, Yaponiya va Yevropaning qator davlatlari, jami 24 davlat kiritilgan bo'lib, ulardagi aholi jon boshiga to'g'ri keladigan YaMM qiymati 7510 dan 42000 dollargachani tashkil qiladi. Bu davlatlar iqtisodiyoti zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari, malakali mutaxassislar bilan ta'minlangan bo'lib, asosan, sanoat ishlab chiqarish sohalariga ixtisoslashgan. Rivojlanayotgan davlatlarning o'zi yana ikkiga: daromadlar darajasi o'rtacha va past bo'lgan davlatlarga bo'linadi. Daromadlar darajasi o'rtacha bo'lgan davlatlarga 67 ta davlat kiritilgan bo'lib, aholi jon boshiga to'g'ri kelgan YaMM qiymati 670 dan 7510 dollargachani tashkil qiladi. Bu davlatlar iqtisodiyoti asosan xomashyo eksporti va qishloq \o laligiga ixtisoslashgan. O'zbekiston daromadlar darajasi o'rtacha bo'lgan rivojlanayotgan davlatlar qatoriga kiradi. Daromadlar darajasi past bo'lgan davlatlarga esa 42 ta davlat kiritilgan bo'lib, ularda aholi jon boshiga to'g'ri kelgan YaMM qiymati 60 dan 670 doll.irgachani tashkil qiladi. Bu davlatlarga Afrika qit'asi davlatlari va Hindiston kiradi. Bu ilavlatlarda aholi daromadining nihoyat darajada past bo'lganligi uchun ishlab chiqarishni i ivojlantirishga sarflanadigan sarmoyalar (investitsiyalar) ham juda kam bo'ladi. Natijada, mehnat unumdorligi pastligicha qoladi. Ishlab chiqarish hajmi kamayib, o'sib borayotgan aholi daromadlari borgan sari kamayaveradi. Rivojlangan mamlakatlardagi aholi jon boshiga to'g'ri kelgan YalM qiymati (Xalqaro Valuta fondi ma'lumotiga ko'ra, 2008- yil) Download 437.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling