Innovatsion faoliyat kelajak istiqboli
XXI asr axborot texnologiyalari va yangiliklar asri hisoblanadi. Hech bir kunimizni yangiliklar ixtirolar va kashfiyotlarsiz tasavvur eta olmaymiz. Shunday ekan har bir mamlakat rivojlanishini yuksaltirishi uchun albatta yangilikka intiladi.Yangiliklar, yangi g’oyalar, ixtirolar, kashfiyotlar deganda shubhasiz “innovatsiya” so’zi ko’z oldimizga keladi. Xo’sh innovatsiya nima? U nima uchun kerak?
Innovatsiya (ing . innovation — kiritilgan yangilik, ixtiro) — 1) texnika va texnologiya avlodlarini almashtirishni taʼminlash uchun iqtisodiyotga sarflangan mablagʻlar; 2) ilmiy-texnika yutuklari va ilgʻor tajribalarga asoslangan texnika, texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek, ularning turli sohalar va faoliyat doiralarida qoʻllanilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |