Innovatsion faoliyat kelajak istiqboli
Download 24.86 Kb.
|
Innovatsion faoliyat kelajak istiqboli MAQOLA tayyor
Innovatsiya – inson aqli erishgan yutuqlardan u yoki bu faoliyat sohasida samaradorlikni oshirish uchun foydalanishdir. Mos ravishda texnologik, iqtisodiy, ekologik, boshqaruv, xarbiy, siyosiy, ijtimoiy-madaniy, huquqiy va boshqa sohalardagi innovatsiyalarni ajratib ko’rsatish mumkin.
Innovatsiya – har qanday faoliyat sohasida kiritiluvchi yangilikdir. Innovatsiyalar dolzarb muhim ahamiyatga ega bo’lib, bir tizimda shakllangan yangicha yondashuvlardir. Ular tashabbuslar va yangiliklar asosida vujudga kelib, turli sohalarni rivojlantirish, ularni istiqboli uchun xizmat qiladi. Innovatsiya – ma’lum bir faoliyat doirasidagi yoki ishlab chiqarishdagi texnologiya, shakl va metodlar, muammoni yechish uchun yangicha yondashuv yoki yangi texnologik jarayonni qo’llash, oldingidan ancha muvaffaqiyatga olib kelishi ma’lum bo’lgan oxirgi natijadir. Innovatsion faoliyat – yangi ijtimoiy talablar bilan an’anaviy me’yorlarning mos kelmasligi yohud, amaliyotning yangi shakllanayotgan me’yorlarining yuzaga kelgan me’yor bilan to’qnashuvi natijasida vujudga kelgan muammolarni yechishga qaratiladi. Mamlakatimizda nafaqat innovatsiyalarni amaliyotga tadbiq qilish, balki ularni yaratishga ham katta e’tibor qaratilgan. Ma’lumotlar ko’rsatishicha O’zbekiston intellektual mulk agentligiga 2012 yilda intellektual mulk obyektlarini ro’yhatga olish bo’yicha 6572 ta ariza berilgan. Ekspertiza natijalariga ko’ra, intellektual mulkning 2188 ta obyekti ro’yhatga olingan.1 Shuningdek, keyingi yillarda O’zbekistonda xo’jalik yurutuvchi subyektlarning ITTKIga qilinayotgan xarajatlari hajmini ham oshib borayotganligini ta’kidlab o’tishimiz mumkin. 2007 yilda bu ko’rsatkich 61231,2 mln. so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2012 yilda 197914,1 mln. so’mni tashkil etdi va bu holat ushbu ko’rsatkichning uch barobar oshganidan dalolat beradi. Mamlakatimizda doimiy ravishda o’tkazib kelinayotgan Respublika innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkalarida ikki mingdan ziyod novatorlik ishlanmalari taqdim etilgan, umumiy hisobda 44,7 mlrd. so’mlik 1500 dan ortiq shartnomalar tuzilgan. Bularning natijasi sifatida 480 mlrd. so’mlik undan ortiq yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarilishi o’zlashtirildi.2 Innovatsion faoliyatni rivojlantirish barqaror iqtisodiy o’sishning, tabiiy va boshqa resurslardan samarali foydalanish, atrof muhitni asrashning va pirovardida aholi farovonligini oshirishning asosiy omillaridan biridir. Demak, har bir yaratilgan innovatsiya ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy naflilikka ega bo’lishi kerak. Shunday bo’lgan taqdirdagina u kelajakda el yur istiqboli uchun xizmat qilishi mumkin. Yuqorida bejiz aytmadik innovatsiya kelajak istiqboli deya. Xo'sh, bugun nega innovatsiyaning roli ortib boryapti? Buning sababini shunday izohlash mumkin: ona Yer bag'ridagi tabiiy resurslar adog'i ko'rinib qolgan, sanoat tarmog'i yangicha yondashuvlarga ehtiyoj sezayotgan bir pallada mavjud imkoniyatlarni turdosh tarmoqlar evaziga kengaytirish talabi yuzaga kelmoqda. Boshqacha aytganda, kam sarflab, ko'p daromad qilishga o'tilmoqda. Aksariyat davlatlarning ilm-fan ravnaqi uchun alohida g'amxo'rlik ko'rsatayotganining sababi – shu. Chunki kelajak — innovatsion texnologiyalarni egallagan, uni amaliyotga tatbiq eta olgan davlatniki, degan aqida tobora haqiqatga aylanmoqda. Mamlakatimizda innovatsiyalarni yaratish va ularni amalga tadbiq qilishni me’yoriy huquqiy bazasini takomillashtirishga ham kata e’tibor qaratilib kelinmoqda. Davlatimiz rahbarining 2008 yil 15 iyulda qabul qilingan “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2009 yilning 22 mayidan xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda korxonalarini modernizatsiya qilish va yangi texnologiyalar jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom fikrimiz tasdig’idir.3 Suningdek,O‘zbekistonda innovatsiyani rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab imtiyozlar joriy etilgan. Innovatsion loyihalarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi ilmiy tashkilotlarga soliq imtiyozlari berilgan. Endi korxonalar va yirik tashkilotlar o‘zlarida modernizatsiyalash va yangi texnologiyalarni joriy qilish fondini shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad innovatsion, tajriba-konstruktorlik va amaliy ishlanmalarni rag‘batlantirishdan iborat. Ushbu ishga yo‘naltirilgan barcha moddiy mablag‘lar, yagona ijtimoiy to‘lovdan tashqari, barcha soliqlardan ozod qilinadi. Innovatsiyalar global indeksida – dunyo mamlakatlarining innovatsiyalar rivoji ko’rsatkichiga asoslangan reytingi bo’yicha O’zbekiston 2013 yilda 139-o’rinni (ko’rsatkich 23.9) egallagan. Ushbu reyting peshqadamlari: 1-o’rin- Shvetsariya (ko’rsatkich 66.6), 2-o’rinni – Shvetsiya (ko’rsatkich 61.4).4 Yevropa Ittifoqi davlatlari o’rtasida 2012 yilda fan va ixtiro patentlari uchun 112 kishi (xar million kishiga nisbatan), shu qatorda, Germaniyada – 270, Fransiyada – 137, Rossiyada faqat – 1,3, O’zbekistonda esa 219,7 kishi murojaat qilgan.5 Xozirgi vaqtda O’zbekistonda innovatsiyalar uchun ichki xarajatlar YaIMning 1% dan kamrog’ini tashkil etadi va 2/3 qismi davlat byudjeti evaziga moliyalashtiriladi.6 Buning o’zi esa mamlakatimizni dunyoda rivojlangan davlatlar qatoriga qo’shilishidagi yana bir turtki bo’lib hisoblanadi. Shunday ekan, ilmda ham, biznesda ham muvaffaqiyatlar kaliti innovatsiyalardir. 2 Iqtisod va moliya, №11, 2013 y. (Ilmiy amaliy jurnal).30-31 bet. 3 O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2013-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014-yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan majlisi. 4 Iqtisod va moliya, №11, 2013 y. (Ilmiy amaliy jurnal).31 bet. 5 Iqtisod va moliya, №11, 2013 y. (Ilmiy amaliy jurnal).31 bet. 6 Iqtisod va moliya, №11, 2013 y. (Ilmiy amaliy jurnal).31 bet. Download 24.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling