Iqtisodiy davr : Bozor iqtisodiyotining ikki asrlik tarixi, unga to'lqinsimon rivojlanish xos ekanligini tasdiqladi.
Ma'lum bo'lishicha, bozor iqtisodiyoti hukm surgan davlatlardagi iqtisodiy faollik ma'lum davrlarda o'sib,
so'ng esa pasayib, davriy ravishda tebranib turar ekan. Mamlakat iqtisodiyotining bir marta tebranishiga - bir
marta o'sib, so'ng pasayishiga ketgan vaqt iqtisodiy davr deb ataladi. 20.1-chizmadagi iqtisodiy davrni olib
qaraydigan bo'lsak, u iqtisodiy o'sish va iqtisodiy pasayish oraliqlaridan iborat bo'lib, M nuqta bu davrdagi
iqtisodiy faollikning eng yuqori nuqtasi (cho'qqisi), N nuqta esa eng quyi nuqtasidan iborat ekanligini
ko'rishimiz mumkin.
Iqtisodiy ko'rsatkichning nominal qiymati - bu uning joriy narxlarga nisbatan hisoblangan qiymati.
Iqtisodiy ko'rsatkichning real qiymati - biror asos qilib olingan yildagi narxlarga nisbatan hisoblangan
qiymati.
Iqtisodiy davr - mamlakat iqtisodiyotining bir marta tebranishiga - bir o'sib, so'ng pasayishiga ketgan vaqt.
Agar iqtisodiy rivojlanishning kattaroq davrini ko'zdan kechiradigan bo'lsak, 20.2-chizmada tasvirlangan
holatni ko'rishimiz mumkin. Ta'kidlash joizki, bu holatda iqtisodiy faollik tebranib tursada, umuman olganda,
iqtisodiyotda ko'tarilish - o'sish kuzatilayapti. Iqtisodiyotda kamida olti oy davomida real YalMning kamayishi
kuzatilsa, bu iqtisodiy pasayishdan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |