Aholining turmush darajasi: Mamlakat aholisining turmush darajasi iqtisodiy rivojlanganlik darajasini
yaqqolroq ko'rsatadi. Chunki u nafaqat aholi jon boshiga to'g'ri keladigan YaMM qiymati bilan, balkj yana
qator ko'rsatkichlar asosida o'lchanadi. Aholining turmush darajasi kishi boshiga ko'proq moddiy ne'mat
yaratishgagina emas, balki topilgan daromadni qanday va qayerga ishlatilishiga ham bog'liq. Aytaylik, bir
mamlakatda katta miqdorda YaMM varatilsa, ammo uning ko'p qismi harbiy maqsadlarda sarflansa, bu davlat
aholisining turmush darajasida qanday ijobiy o'zgarish bo'lishi mumkin? Turli davlatlar aholisining turmush
darajasi o'zaro qator iqtisodiy va ijtimoiy ko'rsatkichlar yordamida taqqoslanadi. Har yili Birlashgan Millatlar
Tashkilotining "Inson taraqqiyoti to'g'risidagi ma'ruza"sida bu ko'rsatkichlar haqida ma'lumot berib boriladi.
Aholining turmush darajasini taqqoslashda, asosan, quyidagilar hisobga olinadi: 1) aholining savodxonlik
darajasi; 2) ko'rsatilayotgan tibbiy xizmat darajasi; 3) aholining sog‘lomlik darajasi: 4) umr ko'rish
davomiyligi; 5) shahar aholisining soni; 6) uy-joy bilan ta'minlanganlik darajasi; 7) oualarning madaniy-
maishiy tovarlar: televizor, telefon, shaxsiy kompyuter, internet tarmog'i, muzlatkich kabi tovarlar bilan
ta'minlanganlik darajasi; 8) ta'limga ajratilayotgan xarajat miqdori; 9) inson huquqlarining kafolatlanganlik
darajasi; 10) jinoyatchilik darajasi; 11) sog'liqni saqlashga ajratilgan xarajatlar miqdori; 12) atrof-muhitning
himoyalanganligi va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |