Iqtisod 9 sinflar mavzu: tadbirkorlik sana ta’limiy maqsadi


Download 437.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/112
Sana08.01.2022
Hajmi437.92 Kb.
#244213
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112
Bog'liq
9sinf kanspekti iqtisod yillik

Moliyaviy tadbirkorlik — pul va qimmatli qog'ozlar oldi-sotdisi bilan bog'liq faoliyat. 

VOSITACHILIK  -  Bi  izoi  iql  isodiyol  i sharoitida  vositachi  tadbirkorlarning  ham  o'z  o'rni  bor.  Vositachilar 

tijoratchilarga  o'xshab  tovar  sotib  olmaydi  va  sotmaydi  ham.  Ular  xaridor  va  sotuvchi  o'rtasida  vositachilik 

qilib, oldi-sotdi jarayonini tezlashtiradi. 1.1-chizmada yuqorida vositachisiz, pastda esa vositachi ishtirokidagi 

ishlab  chiqaruvchilar  va  iste'molchilar  o'rtasidagi  o'zaro  aloqalar  tasvirlangan.  Ishlab  chiqaruvchilar  va 

iste'molchilar o'rtasidagi o'zaro aloqalar vositachilar yordamida osonlashganini va tezlashganligini ko'ramiz. 

Vositachilar  qanday  tovar  qayerda,  qanday  narxda  sotilayotganligi  haqida  ma'lumotga  ega  bo'ladilar. 

Ma'lumot  esa  pul  turadi.  Bunday  tadbirkorlar  "baxtli  tasodif  "ni  kutib  yashaydi.  Ko'p  hollarda,  ma'lum  pul 

mablag'iga ega bo'lgan  xuddi shu tadbirkorlardan kelgusida tovar ishlab chiqaruvchilar yetishib chiqadi. 

Vositachilik  —  xaridor  va  sotuvchini  o'zaro  uchrashtirib,  tovar  oldi-sotdi  jarayonlarini    tezlashtirishga 

qaratilgan faoliyat. 

SUG'URTA - Tadbirkorlikning bunday turi hozirda keng tarqalgan. Bunday faoliyat bilan yuqori mavqega ega 

bo'lgan  tadbirkorlar  shug'ullanishadi,  chunki  u  katta  boshlang'ich  mablag'ni  talab  qiladi.  Tadbirkor  turli  xil 

kutilmagan  holatlarda  ko'riladigan  zararni  qoplashga  ma'lum  haq  evaziga  kafolat  beradigan  shaxs  sifatida 

faoliyat ko'rsatadi. Hozirda qarz sug'urtasi, mulk sug'urtasi, hayot sug'urtasi, tibbiyot sug'urtasi kabi sug'urta 

shakllari  bor.  Bunday  sug'urta  turlarida  muttasil  to'lab  boriladigan  sug'urta  badallan  evaziga,  biror  kor-hol 

yuz berganda yetkazilgan zarar yoki yo'qotishning o'rni qoplanadi. 

Sug'urta  —  turli  xil  kutilmagan  holatlar  natijasida  yuzaga  keladigan  moliyaviy    muammolardan  muhofaza 

qilish faoliyati. 

 

Aktiv qatnashgan o‘quvchilarni rag‘batlantiraman. 

Uyga vazifa : O‘tilganma mavzuni o‘qib o‘rganib kelish 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Download 437.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling