Iqtisod 9 sinflar mavzu: tadbirkorlik sana ta’limiy maqsadi


FOYDANING AHAMIYATI VA UNI KO'PAYTIRISH USULLARI


Download 437.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/112
Sana08.01.2022
Hajmi437.92 Kb.
#244213
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   112
Bog'liq
9sinf kanspekti iqtisod yillik

FOYDANING AHAMIYATI VA UNI KO'PAYTIRISH USULLARI 

Bozor iqtisodiyoti sharoitida foyda firma faoliyatini baholov-chi va o'lchovchi muhim iqtisodiy ko'rsatkich 

hisoblanadi. Tadbirkorlik bilan shug'ullanishning asosiy maqsadlaridan biri—bu foyda olish ekanligini eslatishning o'zi 

kifoya. Foydani tadbirkorning tavakkalchilik qilib, o'z mablag'ini ishga solgani uchun berilgan mukofot deb atash 

mumkin. Ikkinchi tomondan, 'da korxonaning o'ziga xos "termometri" vazifasini o'taydi. Korxona katta miqdorda 'da 

olyaptimi, demak, korxona "sog'lom", yaxshi ishlayapti. Korxona zarar ko'ryaptimi,  demak, "ishlar chatoq". Uchinchi 

tomondan, foyda nimani, qancha va qanday ishlab chiqarish kerakligini ham ko'rsatadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida 

nima ko'proq foyda keltirsa, shu narsa ko'proq ishlab chiqariladi va aksincha. Iqtisodchilar biror sohani rivojlantirishga 

mablag' sarflashni investitsiya qilish yoki sarmoyalash deb atashadi. 

Iovestitsiya qilish (sarmoyalash) — mablag'ni ishlab chiqarishni rivojlantirishga sarflash. 

Har bir firmaning maqsadi shunchaki foyda olish emas, balki imkoni boricha ko'proq foyda olish, ya'ni foydani 

maksimallashtirishdan iborat. Foydani esa ikki xil usulda ko'paytirish mumkin. Birinchisi, yalpi daromadni ko'paytirish 

evaziga, ikkinchisi esa umumiy xarajatni kamaytirish hisobiga. 

Firmaning foydasi quyidagi maqsadlarda ishlatiladi: 

— foydaning tegishli qismi davlatga soliq tariqasida majburiy ravishda to'lanadi; 

— firma faoliyatini rivojlantirish uchun ishlab chiqarishni kengaytirishga, turli xil asbob-uskunalar sotib olishga, yangi 

bino va inshootlar qurishga sarflanadi; 

— foydaning qolgan qismi esa korxona egalarining foydasi sifatida o'zlashtiriladi, aksiyadorlarga dividend sifatida 

taqsimlab beriladi. 


Download 437.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling