Iqtisod 9 sinflar mavzu: tadbirkorlik sana ta’limiy maqsadi


Foydaning nominal miqdori


Download 437.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/112
Sana08.01.2022
Hajmi437.92 Kb.
#244213
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   112
Bog'liq
9sinf kanspekti iqtisod yillik

 

Foydaning nominal miqdori - foydaning joriy narxlarda ifodalangan qiymati.  

Foydaning real miqdori — foydaning biror yildagi narxlarga nisbatan xarid qilish quwati. 

Formula Foydaning real miqdorini aniqlash 

I

p

p

n

r



  Bu yerda: Pr — foydaning real miqdori; 



Pn — foydaning nominal miqdori; I — narxlarning o'sish darajasi. 

SAMARADORLIK 

Firmaning ma'lum davr mobaynidagi faoliyatini ko'rsatuvchi o'lchovlar bor. Ulardan biri samaradorlik 

(foydalilik yoki rentabellik) tushunchasidir. Firma umumiy faoliyatining samaradorligi (foydaliligi) deb uning 

muayyan davrda olgan foydasi miqdorining, shu davrda sarflangan jami xarajatlari nisbatiga aytiladi. 

Masalan, "Sherdor" firmasi bir oy davomida 3000000 so'm xarajat qilib, 750000 so'm foyda oldi. 

Demak, firma faoliyatining bu oydagi foydalilik darajasi R = P: TC = = 750000 : 3000000 = 0,25 yoki 25% ga 

teng bo'ladi. Odatda, samaradorlik foizlarda ko'rsatiladi. Korxona faoliyatining foydalilik ko'rsatkichi 25% ga 

teng bo'lishi yaxshi ko'rsatkich hisoblanadi. 

Firmani ma'lum muddatdagi iqtisodiy faoliyatining natijalari firmaning foyda va zarari haqidagi 

hisobotida o'z aksini topadi. Quyida "Sherdor" firmasining foyda yoki zarari haqidagi hisoboti keltirilgan: 

"Sherdor" firmasining may oyidagi foyda yoki zarari haqida hisobot (sd'mda) 

1. Yalpi daromad               -      3750000 

2. Umumiy xarajat             -      3000000 

3. Foyda                             -       750000 

4. Soliqlar                          -        300000 

5. Soffoyda                        -        450000 

Korxona ishlab chiqarish faoliyatining rivojlanishida aylanma mablag'larning bir maromda aylanib 

turishi muhim ahamiyatga ega. Bu mahsulotni ishlab chiqarishdan tortib uni sotishgacha bo'lgan jarayonni 

oqilona boshqarishni taqozo etadi. Aylanma mablag' miqdorining kamayib ketishi ishlab chiqarish hajmining 

kamayib ketishiga oUb keladi. Aylanma mablag' qancha tez aylansa, korxona shuncha ko'p foyda ko'radi. 

Aylanma mablag' aylanishining sekinlashishi, umuman to'xtab qolishi yoki nuqdorining kamayib ketishi 

korxona uchun zararli hisoblanadi. 


Download 437.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling