Iqtisod 9 sinflar mavzu: tadbirkorlik sana ta’limiy maqsadi


FIRMANING TA'SIS SHARTNOMASI


Download 437.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/112
Sana08.01.2022
Hajmi437.92 Kb.
#244213
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   112
Bog'liq
9sinf kanspekti iqtisod yillik

FIRMANING TA'SIS SHARTNOMASI  

Ta'sis shartnomasi firma ta'sischilari ikki yoki undan ortiq shaxsdan iborat bo'lganda tuziladi. Firmaning ta'sis 

shartnomasida firmani tashkil qilish, faoliyat yurgizish, firmani boshqarish tamoyili va mexanizmlari, nizom 

jamg'armasining tarkibi va unga qo'shiladigan Ulushlar, firma foydasini ta'sischilar o'rtasida taqsimlash qoidalari, 

firmaning ichki boshqaruv tuzilmalari, firma maqomini o'zgartirish va uni tugatish bilan bog'liq yo'l- yo‘riqlar va o'zaro 

kelishuvlar o'z aksini topgan bo'lishi kerak. Bu hujjatlar tuman (shahar) hmkimligiga firmani davlat ro'yxatidan o'tkazish 

uchun topshiriladi. Hokimlik topshirilgan hujjatlar asosida firma davlat ro'yxatiga olingani haqida qarorni qabul qiladi 

va maxsus guvohnoma beradi. Bu qarorning chiqishi firma ochilganligidan dalolatdir. Endi bu qaror aosida 30 kun 

ichida firma biror bankda o'z hisob raqamini ochishi, hisob raqamiga nizom  jamg'armasida ko'zda tutilgan mablag'ni 

qo'yib, o'z moliyaviy faoliyatini boshlashi imimkin. Shu bilan bir qatorda, firmani soliq inspeksiyasi va kelajakdagi 

faoliyati bevosita bog'liq bo'ladigan tashkilotlar o'z ro'yxatiga kiritishi kerak. Firmaning o'z nomi, muhri va belgilari 

bo'lib, ular davlat ro'yxatidan o'tkaziladi va firmaga iqtisodiy faoliyat qatnashchisi sifatida yuridik shaxs maqomi 

beriladi. Firma nomi tushirilgan dumaloq va burchakli muhrlari, ish qog'ozlarini tayyorlatib, to'la ma'noda o'z faoliyatini 

amalga oshirishga klrishadi. Firmaning pul bilan bog'liq barcha ishlari bank orqali amalga oshiriladi. 


Download 437.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling