Iqtisod 9 sinflar mavzu: tadbirkorlik sana ta’limiy maqsadi


Download 437.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet91/112
Sana08.01.2022
Hajmi437.92 Kb.
#244213
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   112
Bog'liq
9sinf kanspekti iqtisod yillik

Uyga vazifa : O‘tilganma mavzuni o‘qib o‘rganib kelish 

 

O‘,I,B,D,O‘:                                      S.  Yakubov 

 

 


 

 

Iqtisod  9 - sinflar 

Mavzu:  Xalqaro iqtisodiy munosabatlar 

Sana 

Ta’limiy maqsadi: O‘quvchilarni Xalqaro iqtisodiy munosabatlar.haqidagi  ko‘nikmalarini  hosil qilish. 

Tarbiyaviy  maqsadi: O‘quvchilarni kasbga bo‘lgan malaka va ko‘nikmalarini shkillantirish. 

Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilarni mustaqil fikirlash qobilyarlarini oshirish. 

DTS talablari asosida ta‘lim va tarbiya berish 

Darsning uslibi: Tushuntirish, savol –javob, mustaqil ishlash. 

Darsning jixozi: Darslik, doska, ko‘rgazmali va tarqatma materilallar. 

Darsning borishi: yangi mavzuni bayoni 

Tashqi savdoga qo'yiladigan to'siqlarni asosiy matndan o'rganib chiqing va quyidagi 

savollarga javob bering: 1.Yuqoridagi rasmda Yaponiya va Buyuk Britaniya davlatlari o'rtasidagi erkin savdo-sotiq tasvirlangan. 

Bunday holatdan: a) Buyuk Britaniya fuqarolari; b) Buyuk Britaniya hukumati; d) ingliz avtomobil kompaniyaiari; e) yapon 

avtomobil kompaniyalaridan qaysi biri ko'proq manfaatdor bo'ladi? Nega? 2.Buyuk Britaniya hukumati bu sharoitda, sizningcha, 

qanday chora-tadbirlarni ko'rishi mumkin? 3.Faraz qilayiik, Buyuk Britaniya hukumati har bir yapon avtomobiliga 3000 funt sterling 

soliq belgiladi. Ingliz avtomobil bozorida qanday o'zgarishlar yuz berishi mumkin? Bu qarordan: a) Buyuk Britaniya iste‘molchilari 

(fuqarolari); b) Buyuk Britaniya hukumati; d) ingliz avtomobil kompaniyaiari; e) yapon avtomobil kompaniyalaridan qaysi biri 

ko'proq zarar ko'radi? Javobingizni asoslang. 

Tashqi savdoga to‘siqlar: Umuman olganda, jahon bozorlari ham davlatlardagi ichki bozorlar kabi hamma uchun ochiq raqobat 

bozori boЈlishi lozim. Undagi tovar va xizmatlarning narxi esa jahon bo‗yicha talab va taklifning o‗zaro nisbatidan kelib chiqib 

belgilanishi kerak. Lekin afsuski, amalda jahon bozorlarida ahvol boshqacha. Ba‘zi davlatlar ocz ichki bozorlarini, o‗z ishlab 

chiqaruvchilarini chet el firmalari bilan bo‗ladigan raqobatdan himoya qilish maqsadida tashqi savdo-sotiqqa to'siqlar, cheklashlarni 

joriy etadi. Bunday savdo to6siqlariga quyidagilar kiradi: 

1. Tariflar (bojxona boji) - mamlakat chegarasini kesib o4ayotganda olib kirilayotgan tovar yoki xizmat uchun to4ash lozim bo'lgan 

soliq toiovi. Bojxona boji import tovarlari narxining oshishiga olib keladi. Davlat tariflar yordamida mahalliy ishlab chiqaruvchilarni 

himoya qiladi. Shuningdek, davlat bojxona bojidan budjetini to'ldirish uchun ham foydalanadi. 

Kvota - mamlakat ichki bozoriga chetdan keltirilayotgan yoki undan olib chiqib ketilayotgan tovar va xizmatlar hajmiga davlat 

tomonidan o‗matilgan yuqori chegara. Agar kvota muayyan tovar importiga qo‗vilgan boisa, mamlakatga undan ko‗p mazkur 

tovardan olib kirish mumkin emas. 

Tashqi savdo litsenziyasi va boshqa to‗siqlar - mamlakatga maxsus ruxsat - litsenziyasiz yoki umuman olib kirish va olib chiqib ketish 

taqiqlanadigan tovar va xizmatlar ro‗yxatini joriy etish kabi to'siqlar. Masalan, Buyuk Britaniyaga ko‗mirni eksport qilish mumkin 

emas. Chet el valutalarini erkin almashtirishni cheklash ham chet el firmalarining ichki bozorga kirib kelishini cheklaydi. 

Davlat milliy ishlab chiqaruvchilami qo‗llab-quwatlash, imtiyozli qarz va soliq imtiyozlari berib, mamlakatda ishlab chiqarilgan 

mahsulotlarning chetdan keltirilgan mahsulotlardan arzon bo‘lishini ta‘minlashi mumkin. Davlat tomonidan o‗rnatiladigan bunday 

cheklashlar va chora-tadbirlar proteksionim deb ataladi. Bunday siyosat, iqtisodiyotning tanazzuldan so‗ng tiklanayotgan paytlarda, 

vaqtinchalik majburiy chora sifatida qoilanishi mumkin. Lekin keyingi paytlarda, tashqi savdoga bir davlat qo'ygan to‗siqqa javoban 

boshqa davlatlar ham qarshi choralami qoilash hollari tez-tez uchrab turibdi. Masalan, 2008-yili AQSH po‗lat ishlab chiqaruvchi 

mahalliy kompaniyalarni qo‗llab-quwatlash maqsadida, po‗lat importi bojini 8% dan 30% ga oshirdi. Bunga javoban, Rossiya 

AQSHdan parranda go‗shti importini taqiqladi. Tashqi savdoni erkinlashtirish deganda unga qo‗yilgan cheklovlami yengillashtirib 

borib, umuman olib tashlash tushuniladi. Ayni paytda respublikamiz tashqi savdoni erkinlashtirish yo‗lidan bormoqda. 

Tarif (bojxona boji) - mamlakat chegarasini kesib o‗tayotganda olib kirilayotgan tovar uchun to‗lash lozim bo'lgan soliq toiovi. 

Kvota - mamlakatga chetdan keltirilayotgan yoki chetga olib chiqib ketilayotgan tovar va xizmatlar hajmiga o‗matilgan yuqori 

chegara. Tashqi savdo litsenziyasi - tovar va xizmatlarni mamlakatga olib kirish yoki undan olib chiqib ketish uchun beriladigan 

maxsus ruxsatnoma. Proteksionizm - davlat tomonidan tashqi savdoni cheklashga qaratilgan chora- tadbirlar. 

Tashqi savdoni erkinlashtirish — unga qo‗yilgan cheklovlarni yengillashtirib, umuman olib tashlash. 

Xalqaro savdo tashkilotchilari:Tashqi savdoni cheklash bo‗yicha davlatlar o‗rtasidagi ―janglar‖dan ravshanki, har ikkala tomon 

ham yutqazadi. Shunday ekan, davlatlar jahon bozorini hamjihatlikda, kelishgan holda boshqarib turishlari maqsadga muvofiq 

bo‘ladi. Shu maqsadda, 23 davlat tomonidan 1947-yili GATT - Savdo va tariflar to‗g‗risidagi bosh kelishuv imzolandi. Bu kelishuvga 

qo‗shilgan davlatlar o‗zaro teng sharoitlarda savdo qilishga, import kvotalarini bekor qilishga, bojlami kamaytirishga kelishib 

olishdi. Hozirda bu kelishuv 130 dan ortiq davlatlar tomonidan imzolangan. Endilikda bu kelishuv a‘zolari WTO - Butunjahon savdo 

tashkilotiga birlashishgan. XX asrda xalqaro savdo-sotiqning rivojlanishi qator davlatlar iqtisodiyotining keskin o‗sishiga olib keldi. 

Shu tufayli Yevropa davlatlari Yevropa Ittifoqini tuzishdi. Hozirda Yevropa Ittifoqiga Fransiya, Italiya, Germaniya, Belgiya, 

Niderlandiya, Luksemburg, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Daniya, Gretsiya, Ispaniya, Portugaliya, Avstriya, Shvetsiya, Finlandiya kabi 

qator Yevropa davlatlari a‘zo bo‗iib, ular o‗rtasidagi barcha savdo to‗siqlari olib taslilangan. Hatto, 2002-yil yanvaridan boshlab, bu 

davlatlarda umumiy pul birligi — yevro muomalaga kiritildi. Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi (ACEAN) ham 

iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bo‗lib, unga lndoneziya, Malayziya, Filippin, Singapur, Tailand va Bruney davlatlari kiradi. 

1994-yili AQSH, Kanada va Meksika o‗rtasida tashqi savdo bo‗yicha (NAFTA) bitim imzolangan bo‗lib, unga ko‗ra 15 yil davomida 

tashqi savdoga qo'yilgan barcha to‗siqlar olib tashlangan. Xuddi shunga o‗xshash bojxona ittifoqini Rossiya, Belorussiya, 

Qozog‗iston, Qirg‗iziston va Tojikiston davlatlari ham tuzib, uni amalga oshirish chora- tadbirlarini ko‗rishmoqda. 

 

 

Aktiv qatnashgan o‘quvchilarni rag‘batlantiraman. 

Uyga vazifa : O‘tilganma mavzuni o‘qib o‘rganib kelish 

 

O‘,I,B,D,O‘:                                      S.  Yakubov 

 


 

 

Iqtisod  9 - sinflar 




Download 437.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling