Valutaning ayirboshlov kursi - bir davlat valutasining boshqa davlat pul birligida ifodalangan narxi.
Konvertatsiya - bir davlat valutasini boshqa davlat valutasiga almashtirish imkoniyati.
Valuta kursi qanday aniqlanadi: Ikki davlat bir-biri bilan import - eksport savdo-sotiq aloqalarini olib borar ekan, birinchi
davlatning ikkinchi davlat valutasiga, ikkinchi davlatning birinchi davlat valutasiga ehtiyoji paydo bo‗ladi. Bu esa har bir davlat
valutasiga nisbatan, xuddi tovarlarga bo‗lgandek, talab va taklifni keltirib chiqaradi. Davlat valutasining kursi unga bo‗lgan talab va
taklifga nisbatan shakllanadi. Davlatdan eksport qilinadigan tovarlar hajmiga qarab, davlat valutasiga bo‗lgan talab shakllanadi.
Davlatdan ko‗p tovar eksport qilinsa, davlatning valutasiga bo‗lgan talab ham oshadi. Davlat valutasining taklifl esa, bu davlatning
boshqa davlatdan sotib olmoqchi bo'lgan import tovarlarining hajmidan kelib chiqib shakllanadi. Davlat uchun qancha ko‗p import
tovarlari kerak bo‗lsa, davlat valutasining taklifl ham shuncha ko‗p bo‗ladi.
O‗zbekiston Respublikasida xorijiy valutalarning so‗mga nisbatan kursini O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |