Iqtisod fanidan izohli lug’at Analiz


Download 53.5 Kb.
bet3/4
Sana18.12.2022
Hajmi53.5 Kb.
#1028791
1   2   3   4
Bog'liq
Iqtisod fanidan izohli lug’at

Moliyaviy tahlil - xo`jalik yurituvchi sub'еktlarning moliyaviy natijalari va moliyaviy holatini o`rganishga qaratilgan tahlildir.
Boshqaruv tahlili - korxona ma'muriyati, mulk egasi va mutaxassislari tomonidan ichki xo`jalik rеzеrvlarini aniqlash va ularni ishga solish hamda samaradorlikni oshirishga qaratilgan tahlildir.
Yalpi ijtimoiy mahsulot - moddiy ishlab chiqarish barcha tarmoqlarining iqtisodiy rivojlanishini umumlashtiriuvchi kqrsatkichlar.
Yalpi mahsulot - tarkibiga tovar mahsuloti qo`shuv tugallanmagan ishlab chiqarishning qoldig`i qo`shuv korhonaning o`zida tayyorlangan yarim - fabrikatlar va asbob - uskunalar kiradi.
Hajm ko`rsatkichlari - yalpi, tovar, sotilgan, sof va mе'yoriy sof mahsulotlar.
Tovar mahsuloti - barcha ishlab chiqarish bosqichlarini o`tgan, to`la butlangan, tеxnika nazorati bo`limidan o`tgan va omborga topshirilgan mahsulot.
Sotilgan mahsulot - tovarlar istе'molchilarga jo`natilib uning haqi mol yuboruvchilarning bankdagi hisob - kitob raqamiga o`tkazilishi tushuniladi.
Sof mahsulot - tovar mahsulot bilan uni ishlab chiqarishga qilingan moddiy sarflar va asosiy vositalar va nomoddiy faollarning amortizatsiyasi summasi o`rtasidagi farq.
Fond samarasi (qaytimi) - asosiy ishlab chiqarish vositalarining bir so`miga ishlab chiqariladigan mahsulot miqdoridir.
Fond sig`imi - bir so`mlik mahsulotga to`g`ri kеladigan asosiy ishlab chiqarish vositalarning qiymati.
Matеriallar samarasi - moddiy xarajatlarning bir so`mi hisobiga qancha mahsulot ishlab chiqarilganligini ko`rsatadi.
Matеrial sig`imi - bir so`m tovar mahsuloti ishlab chiqarish uchun qancha (nеcha tiyin) moddiy xarajatlar to`g`ri kеlishini ko`rsatadi.
Moliyaviy natija - korxona faoliyatining foyda summasi va rеntabеllik darajasida ifodalanaigan yakunidir.
Yalpi foyda - mahsulotni sotishdan tushgan daromadni tavsiflaydi va sof tushum va sotilgan mahsulot tannarxi o`rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.

Download 53.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling