Iqtisod-moliya
V BOB. TABIATNING SOG‘LOMLASHTIRUVCHI KUCHLARI-SALOMATLIKNING MUHIM OMILI
Download 248.29 Kb.
|
Iqtisod-moliya-fayllar.org
V BOB. TABIATNING SOG‘LOMLASHTIRUVCHI KUCHLARI-SALOMATLIKNING MUHIM OMILIHavoning inson salomatligiga ta’siri Havo va uning atmosferadagi qatlamlari va bosim kuchlarining in- songa ta’sir etuvchi ijobiy va salbiy xususiyatlari ma’lum. Bu sohadagi fanlar, ilmiy–nazariy hamda amaliy tajribalarning na- tijalariga qaraganda havoning ta’sir kuchlari quyidagi holatlarda namo- yon bo‘ladi: Oddiy o‘tirish va turishda nafas olish unchalik sezilmaydi, ma’- lum harakatlar (tez va kuchli) natijasida esa nafas olish tezlashib, u tobora chuqurlashadi. Bunda havoning o‘pkaga yetib borishi, undagi eski havoni -(karbonat angidritni) siqib chiqarishi yuz beradi. Bu, o‘z navbatida tiriklikni (qon aylanishi, yurak urishi, asablarning normal ishlashi va h.k.) ta’minlaydi. Turli xil jismoniy mehnatlar va jismoniy mashqlarni bajarish natijasida kislorodga ehtiyoj kuchayadi. Bunda toza va normal (issiq va sovuq) havo zarur. Shunga qarab, mashqlarni bajarish va mehnat qilish lozim bo‘ladi. Turli xil sabablar bilan nafas olish qiyinlashishi va to‘xtalishi (bemorlar, ko‘p yugurish va asab taranglashishi) mumkin. Bunday holat- larda og‘izni majburan ochib, tishlar oralig‘iga latta yoki birorta buyum- ni (qoshiq v.b.) qo‘yib, tilni oldinga tortiladi va og‘izga puflanadi. Shu- ningdek, ko‘krak qafasini bir necha bor bosish o‘pka faoliyatini ishga soladi va bu usul ko‘pincha ijobiy natija beradi. Demak, havoning tirik- lik uchun zarurligi aynan shunday hollarda tez bilinadi. Odam tanasining jismoniy holati va rivojlanishiga qarab, tamoq yo‘llari (og‘iz, burun, qizilo‘ngach, o‘pka yo‘llari) issiq-sovuqqa mosla- shadi. Ayniqsa, yosh bolalar, keksalar va bemorlar sovuq havoda tez shamollashi, tamoq xastaligiga (angina) duchor bo‘lishi aniq. Shu sababdan uy va tashqaridagi havoning ma’lum harakatini bilish, ulardan maqsadli foydalanish lozim. Bunda yosh bolalarni ochiq havoda olib yurish, o‘ynatish, sayr qilish, sovuq suvlar, turli ichimliklarni iste’mol qilishga (ortiqcha sovuq bo‘lmasligi) odatlantirish hamda chiniqtirish lozim. Qishki va bahorgi sovuq havolarda mashq bajarish, turli harakatli o‘yinlarni takrorlash natijasida toza havodan nafas olib, salomatlikni yaxshi- lashga odatlanish lozim. Bunday jarayonlarga odatlanmaganlarning tomoq- lari tez shamollashi, gripp kabi kasalliklarga duchor bo‘lishi aniq. Download 248.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling