Iqtisod-moliya


Download 248.29 Kb.
bet38/43
Sana01.08.2023
Hajmi248.29 Kb.
#1664307
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
Bog'liq
Iqtisod-moliya-fayllar.org

Harakatli o‘yinlar. O‘zbek xalq milliy harakatli o‘yinlari haqida olim- lardan M.Murodov, T.S.Usmonxo‘jayev, F.Xo‘jayev va boshqalar fikr-mulo- hazalar bildirishgan. Mutaxassis-olimlar ularning e’tirof etishicha, harakatli o‘yinlar mavsum, mehnat, ijtimoiy-madaniy turmush, jangovarlik va boshqa sohalarga qaratilib, asosan insonning jismoniy rivojlanish hamda chiniqishini ta’minlaydi. T.S.Usmonxo‘jayev, F.X. Xo‘jayevlarning “Harakatli o‘yinlar”, “1001 o‘yin” (1991) va boshqa kitoblarida milliy harakatli o‘yinlar o‘z ifodasini top-ganligi muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda.

Xalq harakatli o‘yinlarining ijtimoiy-madaniy hamda tarbiyaviy aha- miyati va undagi o‘ziga xos pedagogik xususiyatlar haqida F.N.Nasriddinov, J.T.Toshpo‘latov, A.Q.Atoyev va boshqa juda ko‘p taniqli olimlar hamda yosh ijodkor mutaxassislar o‘z mulohazalarini izhor etishgan. Bunday mu- nosabatlar R.Abdumalikov, R.Q.Qudratov, K.D.Yarashevlarining “Ko‘pkari” ilmiy-ommabop risolasida (1997) atroflicha bayon etilganligi e’tiborga lo- yiqdir.

Umumta’lim maktablar, o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar, oliy o‘quv yurtlari va hatto bolalar bog‘chalarining “Jismoniy tarbiya” dasturlariga ba’zi bir milliy harakatli o‘yinlar kiritilgan. Bu o‘yinlar orqali bolalar, o‘quvchi-yoshlar va talabalarga milliy qadriyatlarimiz mazmuni, ma’naviy-ma’rifiy madaniyatimiz boyligi va eng muhimi, milliy g‘urur, iftixor his-tuyg‘ularini singdirib borishga imkoniyatlar yaratilmoqda. Shu asosda xalq milliy o‘yinlarining ijtimoiy-pedagogik xususiyatlari va mohiyatlari amalda o‘z ifodasini topmoqda. Ba’zi bir harakatli o‘yinlar haqida qisqacha ma’lumotlar berish zarur.

Oq suyak. O‘yinning mazmuni va bajarilish texnik-taktik jihatlari Amerika xalqining regbi o‘yiniga o‘xshab ketadi. Ya’ni o‘ynovchilar teng ikki jamoaga bo‘linib (sharoitlarga qarab har bir jamoada 5-7 yoki undan ham ko‘proq kishi) sardor (boshliq) saylaydi. Chek tashlash asosida o‘yinni boshlovchi jamoa aniqlanadi. Boshlovchilar raqiblarning ko‘zini bog‘lab (kechasi o‘ynalsa, ko‘zni yumib, teskari qarash) “Oq suyak”ni (biron qattiqroq buyum) maydonining istagan tomonga uloqtiradi. Keyin hakamning ruxsati bilan ko‘zlardagi ochiladi boylab yechiladi va “Oq suyak”ni topib, hakamga olib kelishga ruxsat beriladi. “Oq suyak”ni ikki jamoa ham izlashga tushadi. Topgan kishi abjirlik va hiylalar bilan uni olib qochadi. Agar u raqiblar qarshisida noiloj bo‘lib qolsa, suyakni sherigiga uzatadi. Shu tariqa suyak qo‘ldan-qo‘lga o‘tib, o‘yin shiddatli tortishuvlar, olib qochishlar, to‘sqinlik qilishlar va boshqa turli-tuman amallarni ishlatish bilan davom etadi. O‘yin-ikki uch marotaba takrorlanishi mumkin. Suyakni kim avval hakamga yetkazib bersa, o‘sha jamoa yutgan hisoblanadi. Yutqizgan jamoa o‘yin qoidasiga binoan raqiblarini opichib ko‘tarib, o‘yin maydonini bir marta aylanishi lozim.
O‘yinning ijtimoiy-tarbiyaviy xususiyatlarini e’tiborga olib, shartlar o‘zgarilishi va yangi qoidalar kiritilishi mumkin.

Bu o‘yin, asosan keng maydon, futbol maydoni va dalalarda o‘ynaladi. O‘yindagi xatti-harakatlar, asosan tez yugurish, burilib, qochish, raqiblar ustidan (yiqilsa) sakrab o‘tish, to‘p bo‘lib suyakni bosib yotganda undan chiqa olish (chidash) kabi jismoniy sifatlarni tarbiyalashda xizmat qiladi.




Download 248.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling