Iqtisod-moliya
Download 1.64 Mb.
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboyeva maxsus fanlarni-hozir.org
Axborot texnologiyalari
– bu odamlarning bilimlarini rivojlan- tiradigan, ularning texnik va ijtimoiy jarayonlarni boshqarish bo‘yicha imkoniyatlarini kengaytiradigan ma’lumotlarni tashkil etish, saqlash, ishlab chiqish, tiklash, uzatish usullari va texnik vositalaridir. Yana shuningdek, axborot texnologiyalari deganda, ma’lum bir maqsadga erishish uchun amalga oshiriladigan jarayonlar zanjiridan iborat yaratuvchi faoliyat tushuniladi. Axborot texnologiyalari, birinchidan, axborotning sirkulyasiyasi va ishlov berish majmui, ikkinchidan, bu jarayonlarning tasviridir. Zamonaviy axborot texnologiyalarni o‘quv jarayoniga tatbiq etilishi, iqtisodiy samara berish bilan birga ta’limda yangicha o‘quv metodlarini keng ravishda qo‘llashga imkoniyat yaratib beradi. Maxsus ixtisoslashtirilgan auditoriyalar, chunonchi, kompyuter, televizor, videomagnitofon bilan ta’minlangan auditoriyalarda dars o‘tish borgan sari ommalashib bormoqda. Hatto uni alohida videometod sifatida talqin 81 I.A.Karimov. Yangilanish va barqaror taraqqiyot yo‘lidan yanada izchil harakat qilish, xalqimiz uchun farovon turmush sharoiti yaratish asosiy vazifamizdir // Xalq so‘zi, 13 fevral, 2007. 82 H.T.Оmоnоv, N.Х.Хo‘жаev, S.А.Mаdyarоvа, E.U. Eshchоnоv Pedаgоgik teхnоlоgiyalаr vа pedаgоgik mаhоrаt. Dаrslik. T.: Moliya – Iqtisod, 2009. 55 b. 186 etilmoqda. Ayniqsa, o‘quv jarayoniga kompyuterning kirib kelishi barcha didaktik funksiyalarni muvafaqqiyatli bajarish imkoniga ega videometodni keng qo‘llash imkonini beradi. Buning natijasida uni kompleks didaktik texnologiya deb ham atalmoqda. U: * talabalarga o‘rganayotgan mavzusi, hodisa, jarayon, faoliyat bo‘yicha to‘liq, ishonchli axborot berish; * o‘quv jarayonida ko‘rgazmalilikning rolini oshirish; * talaba, o‘quvchilarni xohish, talab, ehtiyojlari, qiziqishlarini qondirish; * o‘qituvchining o‘quvchi, talabalarning bilimini, ko‘nikmalarini sinash bilan bog‘liq texnik ishlardan ozod qilish, samarali aloqa o‘rnatish; * talaba-o‘quvchilarni o‘zlashtirishi bo‘yicha obyektiv hisobot, to‘la va uzluksiz nazoratni tashkil etish imkonini beradi. XI аsr – yuqоri dаrаjаdаgi kоmpyutеr tехnоlоgiyalаri аsri. Hоzirgi o‘quvchi-tаlаbаlаr elеktrоn dunyo, mаdаniyati qаmrоvida yashаmоqdа. Nаtijаdа o‘quvchi-tаlаbаlаrgа ахbоrоt yеtkаzishdа o‘qituvchining rоli o‘zgаrmоqdа. U endi ахbоrоt оqimini muvоfiqlаshtiruvchi, uyg‘unlаshtiruvchi bo‘lishi kеrаk. Dеmаk, o‘qituvchi zаmоnаviy mеtоdikа, yangi tа’lim tехnоlоgiyalаri, ахbоrоt tехnоlоgiyalаrini egаllаshi zаrur. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling