Iqtisod-moliya
Ma’ruzaga qo‘yiladigan asosiy talablar
Download 1.64 Mb.
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboyeva maxsus fanlarni-hozir.org
5.2. Ma’ruzaga qo‘yiladigan asosiy talablar
Iqtisodiy fanlarni o‘rganishda talabalarning ijodiy fikrlarini rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatishi, ularni jamiyat rivojlanishi iqtisodiy qonun, tendensiyalarini chuqur tushunishi, nazariy masalalar bilan amaliyotni bog‘lash mahoratini hosil qilishlari uchun ma’ruza quyidagi asosiy talablarga javob berishi kerak. Bаrchа ma’ruzalarga, jumladan iqtisodiy fanlardan o‘qilаdigаn ma’ruzalarga qo‘yiladigan asosiy talablarni ikki guruh ga ajratish mumkin: A) Ma’ruza tayyorlash shakli, mazmuniga, boshqacha aytganda ma’ruza matniga qo‘yiladigan talablar; B) Ma’ruza o‘qishga, uni bаyon qilishgа qo‘yiladigan talablar. 96 Ma’ruza matni har bir fanning ishchi o‘quv dasturi asosida, mavzuga ajratilgan vaqtdan kelib chiqib, tayyorlanadi. Buning uchun mavjud adabiyotlar o‘rganiladi, turli manbalardan axborotlar yig‘iladi. Ma’lum bir yo‘nalishga, iqtisodiyotni asosiy qonunlari, tendensiyalari, tamoyillari, ijtimoiy, iqtisodiy taraqqiyotning muammolarini tahlil qilishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Shuningdek, yosh avlodning dunyoqarashini shakllantirish, hayot kechirish tarzini tanlashning tarbiyaviy ahamiyatini oshirishi lozim. Ilmiyligi jihatdan nazariya asoslarini amaliyot bilan, masalaning qo‘yilishini ilmiylik bilan hamda iqtisodiyotning yangi dolzarb masalalariga ijodiy yondashish bilan, nazariy dalillarning mantiqiylik bilan uzviy birligi ta’minlanishi kerak. Birinchi guruh, ma’ruza
qo‘yiladigan
Bayon qilinishi ko‘zda tutilgan masalalar mantiqiy izchillikda yoritilishi hamda ular qisqacha xulosalar bilan yakunlanishi kerak. Ma’ruza matni kirish, asosiy va yakuniy qism, ya’ni xulosa qismlaridan iborat bo‘ladi. Ma’ruzaning mazmuni ochib beriladigan asosiy qismida quyidagi jihatlarga e’tibor berilishi lozim: a) ma’ruzaning g‘oyaviy nazariy jihatlari: 96
Tojiboeva D., Yoldoshev A. Maxsus fanlarni oqbtish metodikasi. Darslik. T.: Aloqachi, 2009. B. 104-114 207 * ma’ruzada O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qabul qilingan qonunlar, normativ hujjatlar hamda atoqli davlat arboblari asarlaridan sitatalar keltirilishi; * mavzuning asosiy tushunchalarini o‘quv dasturiga mos ravishda ochib berilishi; * ma’ruza matnining ilmiyligi; O‘zbekiston Respublikasining
amaldagi qonunlari mavzularda aks ettirilganligi; * ma’ruza matnida muammoli vaziyatlarni yuzaga keltiruvchi
masalalarning berilishi; * ma’ruza matnlarida milliy mustaqillik, Milliy g‘urur, Vatanga
* o‘rganilayotgan mavzuning tegishli fandagi hozirgi o‘rni belgilanishi va boshqalar. b) ma’ruzaning metodik jihatlari: - ma’ruzaning mantiqiydigi va isbot talab qilmasligi; - materialni savodli va mazmundor tarzda berilishi; - o‘quvchi-talabalarni idrok qilishlarini faollashtirish usullari; - tarbiyaviy yo‘nalishga ega ekanligi. Mavzuni o‘rganishning maqsadidan kelib chiqib, zarur savollar qo‘yiladi, mavzuni yoritish metodi tanlanadi. Ma’ruzada mavzuning asosiy savollari ketma-ketlik asosida yoritiladi. Albatta, ma’ruzaning metodik jihatdan yoritilishi, bayon etilishi qo‘yilgan maqsad, o‘rganilayotgan fanning, mavzuning o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq. Ma’ruza faqatgina iqtisodiy rivojlanishning asosiy qonuniyatlarini ochib berish bilan cheklanishi kerak emas, fanning so‘nggi yutuqlaridan foydalangan holda ilmning amaliyotda qanday ahamiyatga ega ekanligini, hayotda real
ko‘rsatishi kerak. Ma’ruza qanday fandan o‘qilishidan qat’iy nazar, ilmiy xarakterga ega bo‘lishi, turli nazariy yo‘nalishlar, ilmiy maktablarning asosiy g‘oyalarini talabalar ongiga yetkazishi va olgan bilimini ishonchga aylantirishi kerak. Har qanday ma’ruzaning eng zarur sharti auditoriya bilan muloqotga kirishishdir. Ma’ruza o‘qish, eng avvalo, unga tayyorlanishdan boshlanadi. Bu tаyyorgаrlik tаshkiliy, nаzаriy, mеtоdik tаyyorgаrlikdаn ibоrаt. Mа’ruzаgа tаyyorgаrlik birinchi navbatda tаshkiliy tаyyorgаrlikdаn |
ma'muriyatiga murojaat qiling