211
kerak. Chunki ular u yoki bu hodisani
mohiyatini ochib bera olmaydi,
aksincha, talabalarni chalg‘itishi mumkin.
• ma’ruzaga tayyorgarlik ko‘rganda yangiligi nuqtai nazaridan eng
so‘nggi raqamlarni keltirish kerak;
•
tanlangan dalillar ishonchli, sinalgan bo‘lishi, hech kimda
ikkilanish uyg‘otmasligi;
• har qanday ma’ruzada faktlarga
nazariy qoidalar mohiyatini
ochishga xizmat qiladigan darajada o‘rin berilishiga e’tibor qilish kerak.
Agar nazariya bilan faktlar o‘rtasida optimal nisbat buzilsa,
talaba
faktlarni chalkashtira boshlaydi. Vaholanki, ma’ruzada
asosiy maqsad
nazariy konsepsiyalarni talabalar ongiga yetkazishdir.
• ma’ruzada negativ faktlarni ham to‘g‘ri sharhlash,
ularni qanday
oqibatga olib kelishi, bartaraf qilish yo‘llari haqida to‘xtash kerak.
Ma’ruzachining vazifasi negativ faktlarni e’lon qilish emas, balki ularni
tahlil qilish, xulosa chiqarishga o‘rgatishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: