Iqtisod-moliya


Download 1.64 Mb.
bet20/322
Sana20.08.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1668575
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   322
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboyeva maxsus fanlarni-hozir.org

O‘quv 

jarayoni
– murakkab tizim bo‘lib, undagi holat, munosabatlar, 
aloqalarning rang-barangligi asosida shaxsning yangi bilim, ko‘nikma va
malakalarni egallashini amalga oshirish jarayonidir.


O‘quv jarayoninig bosh komponent (
unsur

)lari: 
o‘qitish 
mazmuni; o‘qitish metodlari; o‘qitish shakllari; o‘quvchi-talabalarning
o‘quv va ilmiy ishlari, o‘qituvchilarning o‘qitish, o‘rgatish faoliyatini 
o‘z ichiga oladi. Ularning hammasi bir-biri bilan bog‘liq, biri
ikkinchisini to‘ldiradi. 
O‘quv jarayoni o‘zaro bog‘langan, biri ikkinchisini taqozo etuvchi
ikki faoliyatni qamrab oladi va ta’lim unga tayanadi: 
1. O‘quv jarayonini boshqarish va tashkil etish bo‘yicha o‘qituvchi-
larning faoliyati; 
2. Talabalarning o‘quv va bilim olish faoliyati.
Ta’lim berish jarayonida o‘qitishning asosiy shakllari: auditoriya 
(sinf)da va auditoriya (sinf)dan tashqarida mashg‘ulot o‘tkazishga
bo‘linadi.
O‘quv хоnаlаridа (auditoriya, sinf) o‘qishga – ma’ruza, seminar
darslari, amaliy mashg‘ulotlar, laboratoriya ishlari, maslahat darsi, joriy, 
oraliq, yakuniy baholash, davlat attestatsiya komissiyasining yakuniy
baholashi kirsa, auditoriya (sinf)dan tashqari o‘qishga sayyor darslar
o‘quv

anjumanlari, ilmiy-amaliy konferensiyalar, davra suhbatlari, 


o‘quv ishlab chiqarish amaliyoti, kurs ishi, bitiruv malakaviy ishi,
auditoriya (sinf)dan tashqari bajariladigan mustaqil ishlar kiradi.
Sanab o‘tilgan o‘quv-tarbiya shakllarining hech biri universal emas.
Biri ikkinchisining o‘rnini bosa olmaydi. Shu bilan birga, ular bir biriga 
bog‘liq, biri ikkinchisini mantiqiy ketma-ketligini taqozo etadi.
Ta’lim-tarbiya berishning bir shakli albatta, ikkinchisiga ta’sir 
ko‘rsatadi. Masalan, ma’ruza o‘qish, unda muayyan metodni qo‘llash
seminar o‘tkazish saviyasiga katta ta’sir ko‘rsatadi va hokazo. 
Dars o‘tishning shakl va metodlari o‘rtasidagi nisbat o‘zgarib turadi.
Yuqori kurslarda seminar darslarining va mustaqil ishlarning roli ortadi. 
O‘quv mashg‘ulotlarining barcha turlari talabalarni bilishning eng
yuqori bosqichi baholash darajasigacha ko‘tarilishini ta’minlashdir. 
O‘quv jarayonini boshlang‘ich, umumo‘rta ta’lim bo‘g‘nida tashkil
etish shakli – bu dars bo‘lib, u – o‘qitishning 


sinf-dars
tizimi o‘zagi. 



29
“Dars – maktab ta’limining asosiy shakli. Dars muayyan miqdordagi 
doimiy o‘quvchilar tarkibi bilan qat’iy tartibda uyushtiriladigan va aniq
maqsadga yo‘naltirilgan didaktik tadbirdir.”
16
U darsga qo‘yilgan 

maqsadni amalga oshirish borasida avvaldan ko‘zlangan natijaga


erishishga qaratilgan faoliyat jarayonidir. Shuning uchun bu tushuncha-
dan biz umumiy tarzda nafaqat maktab, balki o‘rta maxsus va oliy
ta’limda ham foydalanamiz. 



Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling