Iqtisod-moliya


Download 1.64 Mb.
bet201/322
Sana20.08.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1668575
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   322
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboyeva maxsus fanlarni-hozir.org

Ikkinchidan

, hujjatlashtirish uzluksiz olib boriladi. Shu asosida


xo‘jalik muomalalari ishonchliligi ta’minlanadi.

Uchinchidan
, hujjatlar yuridik kuchga ega bo‘lar ekan, demak ular 
belgilangan ma’lum qonun-qoidalar asosida yuritilishini bildiradi.
O‘zbekistonda buxgalteriya hisobini yuritishni tartibga soluvchi 
huquqiy, me’yoriy hujjatlar to‘rt darajali tizim orqali amalga oshiriladi:
“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonun hamda qonun 

chiqaruvchi va ijro etuvchi organlarning boshqa me’yoriy hujjatlari;


I. Buxgalteriya hisobini me’yoriy tartibga solish funksiyasi 

yuklatilgan O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi va boshqa


organlari tomonidan tasdiqlangan buxgalteriya hisobining milliy 
standartlari;

II. Moliya vazirligi va boshqa organlar tomonidan amaldagi 


qonunlarga mos ravishda va tegishli obyektlarning hisobini tashkil






267
qilishga doir metodik ko‘rsatmalari va tavsiyanomalari, yo‘riqnomalari; 
IV. Korxonaga bevosita tegishli operatsiyalar va faoliyatga tegishli 

hisobga doir ishchi yo‘riqnomalar va ko‘rsatmalar, ya’ni korxonalar


hisob siyosatini aniqlaydigan hujjatlar. Korxonaning o‘zini buxgalteriya 
hisobini olib borishdagi birlamchi, ishchi hujjatlari.

Shundаy hujjаtlаshtirish, bаnk, mоliya va boshqa muassasa, 


tаshkilоtlаrigа hаm tеgishli.


Nazariya bilan amaliyot birligi buхgаltеriya hisоbichаlik boshqa
hech bir iqtisodiy fanlarda bunchalik bir butun tarzda ifodalanmaydi. 
Lеkin аudit, mоliya, bаnk ishi, bаnklаrdа buхgаltеriya hisоbi vа аudit va
boshqa fаnlаridа hаm аnа shu birlikni kuzаtish mumkin. Bu o‘z 
navbatida har bir yangi o‘zgarishni dars jarayonida e’lon qilish muvofiq
ravishda topshiriqlar va ularni bajarishga o‘zgartirish kiritishni talab 
qiladi. Chunki, qabul qilingan har bir qonun, farmon natijasida xo‘jalik
yuritish faoliyatida nimagadir ruxsat beriladi yoki nimadandir 
cheklanadi. Demak, talabalar undan xabardor bo‘lishlari, kelajakda
qanday o‘zgarishlar sodir bo‘lishini anglab yetishlari zarur. 
3.

Bu fаnlаrning amaliyot hаmdа pul mаblаg‘lаri hаrаkаti bilаn 


bog‘liqligi yanа bir umumiy хususiyat – hаmmаsi uchun hisоb-kitоb
qilishni zаrurligidа ifоdаlаnаdi. 
Ulаrning bu fаоliyati qаbul qilingаn qоnunlаr, mе’yoriy-huquqiy
hujjаtlаr аsоsidа оlib bоrilаdi. Mamlakatimizda buxgalteriya hisobi va 
hisobotni tashkil etish hamda yuritish O‘zbekiston Respublikasining
“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida” gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish
va sotish xarajatlarining tarkibini hamda moliyaviy natijalarni 
shakllantirish tartibi to‘g‘risida Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori,
Buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BXMS) va “Xo‘jalik 
yurituvchi subyektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya
hisobi schyotlarining rejasi”, asosida amalga oshiradi. Ushbu me’yoriy 
hujjatlar buxgalteriya hisobi va hisobotni tashkil qilish hamda olib
borishning umumiy tartiblarini belgilaydi.
Ayniqsa, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya xo‘jalik
faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlarining rejasi va uni qo‘llash 
bo‘yicha yo‘riqnoma” nomli 21-sonli “Buxgalteriya hisobi milliy
standartlari”ning ishlab chiqilishi, buxgalteriya hisobi sohasida olib 
borilayotgan islohotlarning asosiy bosqichlaridan biri bo‘ldi. 2000-yil 30
martda Moliya vazirligining 37- sonli qarori bilan tasdiqlangan va 1 iyun 



268
2000-yili Moliya vazirligida 430 - son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan bu 
standart buxgalteriya hisobining xalqaro standartlariga mos ravishda
ishlab chiqilgan. 
Respublikamizda
buxgalteriya 
hisobini
yuritish, 
hujjatlarni
rasmiylashtirish davlat tomonidan o‘rnatilgan buxgalteriya qoidalari 
asosida yuritiladi.
Buxgalteriya hisobi va hisobotga doir qonun hujjatlari buxgalteriya 
hisobining yagona huquqiy va metodologik asoslarini, uning tashkiliy
qismlarini, buxgalteriya faoliyati va moliyaviy hisobot tuzishning asosiy 
yo‘nalishlarini, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektlar buxgalteriya
hisobini yuritish va hisobot taqdim qilishining asosini belgilaydi. 
Buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga solish, buxgalteriya hisobi
standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi zimmasiga yuklangan.
Belgilangan qonun - qoidalarsiz xo‘jalik faoliyatini nazorat qilishni 
amalga oshirib bo‘lmaydi.
Demak, buxgalteriya hisobining yana bir nihoyatda muhim 
xususiyati hisob yuritishni qabul qilingan qonun-qoidalar asosida olib
borilishidir.
Ko‘rinib turibdiki, o‘qituvchi dars berish, o‘qitish metodlarini tanlar
ekan, albatta, ana shu xususiyatlarni hisobga olishi lozim.

Buxgalteriya hisobi hamma korxonalar uchun umumiy bo‘lgan 


me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Ammo, har bir xo‘jalik
subyektlari faqat o‘ziga xos bo‘lgan, faoliyat shartlari, maqsad va 
vazifalarini inobatga olib, hisob siyosatini shakllantirishi mumkin. Bitta
korxonaga ma’qul va foydali bo‘lgan tavsiyalar, boshqa korxonalar 
uchun aksincha bo‘lishi mumkin.
Bu fikrlar bank, moliya tashkilotlari faoliyati uchun ham tegishli, 
ular faoliyati ham qabul qilingan qonun, me’yoriy hujjatlar,
muomalalarni ular asosida olib borish, rasmiylashtirish asosiy rol 
o‘ynaydi.
Ularning shakl-shamoyili qanday, qanday qoidalar asosida 
rasmiylashtiriladi, bularni og‘zaki aytib tushuntirib bo‘lmaydi. Ayniqsa
bаnk vа kаssа-pul hujjаtlаri - tuzаtishlаr vа o‘chirib yozishlаrgа 
umuman yo‘l qo‘yilmаydigаn hujjаtlаr hisoblanadi. Demak, qo‘yilgan
maqsadga yetishning samarali yo‘li tarqatma materiallar yordamida 
mashq qilish. Masalan, kundalik hayotimizda eng ko‘p uchraydigan
rasmiylashtiriladigan hujjat, to‘lov cheki.



269
xabarnoma 

g‘aznachi 


Uni to‘ldirishni o‘rganish uchun ta’lim oluvchilarga tarqatamiz, 


to‘ldirishni ko‘rsatamiz. Vaqt belgilaymiz. So‘ngra to‘g‘ri rasmiylash-
tirilgan chek ko‘rsatilgan tarqqatma materialni tarqatamiz.
Hamma o‘zi to‘ldirgan hujjat bilan solishtirish va xatosini
to‘g‘rilashni taklif etiladi. 
Hujjatlashtirishni, ularni rasmiylashtirishni tarqatma materialsiz,
mashq qilmay o‘rganib bo‘lmaydi.
Iqtisodiy fanlar ayniqsa Buxgalteriya hisobi, Audit, Banklarda
buxgalteriya hisobi va audit fanlarining xususiyatlariga ko‘ra ularni 
o‘rganishda ko‘rgazmali materiallardan hamda axborot va topshiriq
tarzidagi tarqatma materiallardan keng ravishda foydalanish talab etiladi. 
Ayniqsa, hujjatlashtirishni ularsiz og‘zaki tushuntirish yaxshi natija
bermaydi. Har bir darsda qanday hujjat, qay tarzda to‘ldiriladi, albatta 
talabalar bilan ko‘rib chiqish zarur.
Shunday qilib, boshqa hech bir fanni o‘rganish mana shu 
fanlarchalik namoyish qilinuvchi, ko‘rgazmali material va tarqatma
materiallarga muhtoj emas. 



Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling