Iqtisod-moliya


Talabalar vaqtini taqsimlash va pоrtfоliоsini shakllantirish


Download 1.64 Mb.
bet228/322
Sana20.08.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1668575
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   322
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboyeva maxsus fanlarni-hozir.org

8.5. Talabalar vaqtini taqsimlash va pоrtfоliоsini shakllantirish 
Talabalarning mustaqil ishlarni bajarishi bo‘sh vaqtni rejalashtirish 

bilan bog‘liq. Bunda darsdan keyingi vaqtni qanday o‘tkazishni


rejalashtirish muhim rol o‘ynaydi. 
Prеzidеntimiz mаmlаkаtimizning qudrаtli, хаlqimizning kuchli
bo‘lishi

аhоlining intеllеktuаl jihаtdаn bаrkаmоl, yoshlаri bilimli, оr-


nоmusli, vаtаnpаrvаr bo‘lib yеtishishi, ulаrni vаqtini bеkоr o‘tkаzmаslik
turli zаrаrli tа’sirlаrgа tushib, hаr хil guruhlаrgа qo‘shilib qоlmаsligi 
uchun “… biz o‘z fаrzаndlаrimizning bo‘sh vаqtini mаzmunli tаshkil
etishimiz, ulаrni qo‘shimchа o‘qish, kаsb-hunаrgа o‘rgаtish, spоrt bilаn 
bаnd qilishgа аlоhidа vа dоimiy e’tibоr qаrаtishimiz dаrkоr”
118

- dеb
tа’kidlаydi. 


Aqliy mehnat qilib charchaganda kishining miyasi toliqadi. Bu
uning psixologiyasiga ta’sir ko‘rsatadi. Surunkali ruhan va aqlan 
charchash jismoniy charchashga qaraganda ko‘proq sog‘liqqa salbiy
ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun charchaganda dam olish kerak. Hamma 
uchun dam olish tartibi bir xil bo‘lmaydi. Bu o‘z-o‘zidan ma’lum. Har
bir talabaning o‘zi dam olish va ishlash tartibini belgilaydi. Lekin 
shunga qaramay har bir talaba yodida tutish kerak: auditoriyada dars
jadvali bo‘yicha 6 soat o‘qigach, ma’lum vaqt miya dam olishi kerak. 
Psixologiya bo‘yicha mutaxassis - olimlarning fikricha kamida 3 soat
boshqa yumushlar bilan shug‘ullanishi, dam olishi, ayniqsa ochiq 
havoda sayr qilishi tavsiya etiladi. Dars tayyorlaganda mustaqil ravishda
adabiyotlar bilan ishlaganda har bir yarim soatda 10-15 minut dam olishi 
maslahat beriladi. Eng yaxshi dam olish shakllari - bu harakatga
118

Каримов И.А. Хавфсизлик ва тинчлик учун курашмоқ керак. 10-том, Т.: Ўзбекистон, 2002. 98 б.






308
asoslangan sayr qilish, sport bilan shug‘ullanish, uy yumushlarini 
bajarishdir. Hatto radio eshitayogan chog‘da ham tik turib harakat qilish,
chuqur nafas olish, dam olish paytida o‘rganilayotgan predmet haqida 
o‘ylamaslik kerak.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling