Iqtisodiy fanlardan esse yozish va esse uchun savollar tuzish
Ma’lumki, oliy o‘quv yurtini bitirgan mutaxassis berilgan
topshiriqni bajarganligi, qilingan ishlar va erishilgan natija, mavjud
kamchiliklar va ularni bartaraf qilish yo‘llari bo‘yicha yozma hisobot
bera olishi kerak. Shuningdek, xizmat xati, raport, hisobot, turli
muassasa, tashkilotlar o‘rtasida yozishmalar, firma, korxona va
boshqalar bilan shartnoma kabilarni yozishni bilishi kerak.
Talabalar bo‘lg‘usi mutaxassis sifatida o‘z fikrlarini bayon qilishni,
yozma ravishda ifodalashni ham o‘rganishlari kerak. Ayniqsa, iqtisodiy
sohada yozma hisobot, turli-tuman tashkilotlar, firma, korxonalar bilan
biznes bo‘yicha sheriklar o‘rtasida turli-tuman yozishmalar, xatlar,
bildirishnomalar, xizmat yuzasidan aloqalarga tegishli takliflar,
tavsiyalar va boshqa yozma hujjatlarni tayyorlashga, yozma ishlarni
bajarishga to‘g‘ri keladi. Buning uchun esa ularda ko‘nikma hosil qilish
kerak. Bu ko‘nikma talabalarning yozma ish yozishlari orqali hosil
qilinadi. Tez-tez yozma ish yozish ularning fikrlashini o‘zgartiradi,
ularni kurs ishi, yakuniy nazorat ishi, bitiruv malakaviy ishi, turli
yozishmalar, dissertatsiya yozishga tayyorlaydi. Yozma ish ijodiy
fikrlashga o‘rgatadi. Uning muallifi o‘zining qarashini, fikrini
asoslashga o‘rganadi.
Afsuski, ko‘pincha og‘zaki ravishda o‘z fikrini bemalol
o‘rtoqlashadigan kishilar yozma ravishda bayon qilishga kelganda juda
qiynalishadi. Ana shunday holni kamaytirishning muhim usuli bu
talabalarni
yozma ish
bajarishlaridir.
Hаr qаndаy ilmiy ishning nаtijаsi аlbаttа yozmа rаvishdа bаyon
qilinаdi. Bu ilmiy hisоbоt, rеfеrаt, mаqоlа, kitоb vа bоshqаlаr bo‘lishi
Xat, yozma nazorat ishlari, annotatsiya, konspekt, taqriz,
referat, maqola, kurs ishi, bitiruv malakaviy ishi, o‘quv loyiha
ishi va uning hisoboti, esse, ilmiy tadqiqot (dissertatsiya) va
boshqalar
Do'stlaringiz bilan baham: |