Iqtisod-moliya


Download 1.64 Mb.
bet220/322
Sana20.08.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1668575
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   322
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboyeva maxsus fanlarni-hozir.org

So‘z va ish 

birligi va 

uni nazorat 

qilish 


Mustaqil 


ishlash 

jarayonining 

muntazamligi 

Mustaqil ishni 

tashkil qilishda 

ish tartibini 

to‘g‘ri belgilash 

Mustaqil ishni tashkil 

etish jarayonida yosh 

va individual 

xususiyatlarni hisobga 

olish 

Mustaqil ishni tashkil qilish tamoyillari



294
pasayadi, odam charchaydi, keyingi kunlari charchog‘i yozilishi qiyin 
bo‘lgani sababli, avvalgiday ishlay olmaydi.
Shuning uchun mustaqil ishni rejalashtirganda auditoriyada 
o‘tkazgan vaqtini hisobga olishi kerak. Agar, auditoriyada dars soatlari 6
soat bo‘ladigan bo‘lsa, mustaqil ishlash 3 soat, auditoriyada dars undan 
kam bo‘lsa 3 soatdan ko‘proq, agarda ko‘p bo‘lsa kamroq tarzda
rejalashtirish kerak. 
Oliy o‘quv yurtlarida haftalik mustaqil ish bajarish vaqti 22-24 soat
atrofida bo‘ladi. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida 
o‘quvchilarning xaftalik mustaqil ishlarining umumiy hajmi 16
soatni tashkil etadi.
Albatta, bu vaqt ulаrni normal tarzda diqqat-e’tibor, g‘ayrat qilib
ishlashiga mo‘ljallagan holda belgilanadi. Lekin real hayotda bir talaba 
o‘zini zo‘rlab dars tayyorlasa, ikkinchisi qiziqib, predmetni o‘rganishga
ilhom bilan kirishib ketadi. Uchinchisi esa, umuman dars tayyorlagisi 
kelmaydi. Bunga qator obyektiv va subyektiv sabablarni keltirish
mumkin.

Mustaqil ishni tashkil qilishda ish tartibini belgilash katta


ahamiyatga ega. Mustaqil ishlarni bajarish uchun vaqtni semestr 
davomida kunlar bo‘yicha taqsimlash, uni ratsional tashkil qilishning
muhim tamoyili, qoidasi hisoblanadi. Goh umuman dars tayyorlamay, 
goh haddan tashqari shoshib, shiddat bilan, ayniqsa semestr yakuniga,
oraliq nazorat yakuniga yaqin qolganda, bajarmagan ishlarni tezda 
bajarishga harakat qilish ijobiy natija berishi qiyin. Bu talabaning
mehnati samaradorligini, qilgan ishidan qoniqish hissini pasaytiradi. 
Odatda talabaning kun tartibini dars jadvali belgilaydi. Lekin ko‘p narsa
talabaning o‘ziga ham bog‘liq. Masalan doklad, referat, nazorat ishi, 
seminar darsiga tayyorlanishga har haftada ma’lum vaqt ajratilib,
muntazam ravishda olib borilmasa, kutilgan natija bermaydi. 
Referat yoki doklad yozish kerak bo‘lsa, uni orqaga surmay tezda
kirishish kerak. Bunda o‘qituvchi talabaga, ayniqsa, birinchi kurs 
talabalariga referat nima, doklad nima, uni qanday yozish, qanday tarzda
adabiyot tanlash kerakligini tushuntirishi zarur.
Talabalarga iqtisodiy fanlardan dastur va seminar darslari rejasida
ko‘rsatilgan adabiyotlarni taklif qilish mumkin. Bundan tashqari, hozirgi 
paytda chop qilinayotgan kitoblarning ko‘pchiligida foydalanilgan
adabiyotlar ro‘yxati mavjud. Ana shu ro‘yxatdan foydalanib, zarur 
adabiyotlarni kutubxonada, o‘quv zalida bo‘lsa, olib o‘qish mumkin.




295
Undan tashqari respublikamizda chop etilayotgan “Bozor, pul, kredit”, 
“Jamiyat va boshqaruv”, “Moliya”, “Iqtisodiyot va moliya”, “Soliq
to‘lovchining jurnali”, “Zamonaviy ta’lim”, TDIUning “Iqtisodiyot va 
innovatsion texnologiyalar” ilmiy electron jurnali, Toshkent moliya
institutining “Xalqaro moliya va hisob” ilmiy electron jurnali kabi qator 
jurnal, hamda “Mulkdor”, “Bank axborotnomasi”, “Hamkor” va boshqa
gazetalarni ko‘rsatish mumkin. 
Bunda, yangi yoki oldindan ma’lum bo‘lsa-da, ungacha boshqacha
nuqtai nazardan qaralgan g‘oya, fikrlarni tadqiq qilish, ya’ni axborotlar 
to‘plash, ular ustida ishlash, o‘z fikrini bildirishga undaydigan
topshiriqlar, vazifalar beriladi. 
Mustaqil ishlarning ajralmas qismi bu mustaqil tahsildir. O‘quvchi,
talabalarning mustaqil tahsili ularni o‘z bilimlarini kengaytirish, 
chuqurlashtirish, mavjud malaka va ko‘nikmalarni takomillashtirish
hamda ularning yangilarini o‘zlashtirishga bo‘lgan intilishidir. 
Mustaqil tahsilning asosiy maqsadi talabalarni shaxsiy va kasbiy
sifatlarini shakllantirishda o‘z ustida ishlash ustunligidir. Mustaqil 
tahsilning asosiy metodi adabiyotlar ustida individual ishlashdir. Bu
metod axborotlar oqimida eng zarur axborotni topish, unga baho berish, 
ushbu axborotdan o‘zining kasbiy faoliyatida foydalanish malakasini
shakllantiradi.
Mustaqil ishlar tarkibida talabalardan alohida diqqat-e’tibor bilan
ishlashni talab qiladigan mustaqil ish o‘rganilayotgan fandan kurs ishi 
hamda kasb-hunar kollejlarida diplom ishi, bakalavriat yo‘nalishida
bitiruv malakaviy ishi yozish ham bor.
Mustaqil bajariladigan ishlardan biri iqtisodiy masalalarga
bag‘ishlangan ilmiy adabiyotlarni yoki o‘quv adabiyotlarini konspekt 
qilishdir.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling