Iqtisod-moliya
VIII BOB. MAXSUS FANLARNI O‘RGANISHDA MUSTAQIL
Download 1.64 Mb.
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboyeva maxsus fanlarni-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.1. O‘quv jarayonida talabalar mustaqil ishlashining tutgan o‘rni. Mustaqil ta’limga alohida diqqat qaratilishi
VIII BOB. MAXSUS FANLARNI O‘RGANISHDA MUSTAQIL
TA’LIMNI TASHKIL ETISH Hоzirgi kundа ахbоrоt оqimi nihоyatdа kаttа. O‘rgаnilаyotgаn mаvzugа tеgishli bаrchа ахbоrоtni bеlgilаngаn vаqtdа o‘quvchi, tаlаbаlаrgа yеtkаzib bo‘lmаydi; generatsiya tizimi va bilim berish murakkablashdi, taraqqiyot darajasi tezligi, bilimda eskirish tezligi yuqoriligi global miqyosda ta’lim tizimini tubdan o‘zgartirishga, ta’lim olishning uzluksizligini ta’minlash, mustaqil ishlashni muntazamligini asosiy vazifaga aylanishiga оlib kеldi. Аynаn mustаqil ishlаsh tа’limning uzluksizligini tа’minlаydi. Mazkur bob mustaqil ishlash, uni tashkil etish turlari va xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlanadi. 8.1. O‘quv jarayonida talabalar mustaqil ishlashining tutgan o‘rni. Mustaqil ta’limga alohida diqqat qaratilishi Ma’lumki, o‘qitishning asosiy shakllari – ma’ruza, seminar, amaliy mashg‘ulotlar, laboratoriya ishlari, maslahat darsi auditoriyada o‘tkaziladi. Ularni tashkil etish mavzular murakkabligi darajasiga, beriladigan axborot miqdoriga ko‘ra avvaldan rejalashtiriladi, o‘quv soatlari ajratiladi. Ishlab chiqarish amaliyoti auditoriyadan tashqarida o‘tkazilsada, unga ham avvaldan soatlar belgilanadi. Bilim olish, maxsus malakaga ega bo‘lish o‘quvchi-talabalar dunyoqarashini shakllantirishda auditoriyada o‘tiladigan darslardan tashqari ular tomonidan bajariladigan mustaqil ishlar ham katta rol o‘ynaydi . Tajriba ko‘rsatadiki, boshlagan ishini sabr-toqat bilan mustaqil ravishdа tinmay izlanish orqali oxiriga yetkazadiganlargina hayotda ko‘zlagan maqsadlariga erishadilar. O‘quvchi-talabalarda ana shu xislatni tarbiyalashda mustaqil ishlarni tashkil etish o‘ziga xos alohida o‘rin tutadi. Undan tashqari, hozirgi kunda axborot oqimi nihoyatda kattaligi, fan-texnika taraqqiyoti tufayli o‘qituvchi qanchalik mohir bo‘lmasin dars jarayonida fan bo‘yicha barcha bilim, axborotlarni talabalarga yetkaza olmaydi. Uni to‘ldirishning yagona yo‘li talabalarning o‘z ustilarida mustaqil ishlashlaridir. 289 Mustaqil ishlashning yana bir ijobiy tomoni u mustaqil fikrlashni ham rivojlantiradi. Mustаqil fikrlаsh - insоnning o‘z оldidа turgаn muаmmоlаrni mаqsаd vа vаzifаlаrini bеlgilаgаn hоldа o‘z bilimi vа hаyotiy tаjribаlаrigа tаyanib, turli yo‘l, usul, vоsitаlаr yordаmidа, o‘zining intеllеktuаl imkоniyatlаri dаrаjаsidа mustаqil rаvishdа hаl qilishdаn ibоrаt bo‘lgаn аqliy fаоliyatidir. Shuning uchun ham hozirgi kunda o‘quvchi, talabalarni mustaqil ishini tashkil etishga alohida diqqat qaratilmoqda. Talaba mustaqil ishlash ko‘nikmasini egallamasa, zamon talabi darajasidagi mutaxassis bo‘lib yetisha olmaydi, chunki talabaning o‘qish yillari davomida olgan bilimlarining ko‘p qismi u faoliyat boshlagunga qadar eskiradi, ko‘pgina bilimlar esa unutiladi. Taniqli olim G. Spenser ta’lim-tarbiya ishida o‘zini-o‘zi takomil- lashtirish jarayoniga katta o‘rin berilmog‘i lozimligini ta’kidlab, insoniyat faqat mustaqil o‘rganish tufayligina taraqqiy etganini ko‘rsatgan. 114 Аdаbiyotlаrdа ko‘rsаtilishichа o‘quvchi-tаlаbаlаr 40–60 % bilimgа mustаqil ishlаsh оrqаli egа bo‘lishаdi. Shuning uchun rivojlangan mamlakatlarda mustaqil ishlashga alohida ahamiyat beriladi. 115 Hozirgi kunda biz ularning tajribasidan keng foydalanishga diqqat qaratayapmiz. Ayniqsa, ta’lim tizimini takomillashtirish bo‘yicha qabul qilingan huquqiy va me’yoriy hujjatlarda, xususan Prezidentimiz-ning “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida qo‘yilgan maqsaddan kelib chiqib, har bir oliy ta’lim muassasasi jahonning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatish, o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik tехnоlоgiyalаr, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallarni keng joriy qilish, o‘quv- pedagogik faoliyatga, master-klasslar o‘tkazishga, malaka oshirish kurslariga хоrijiy hamkor ta’lim muassasalaridan yuqori malakali o‘qituvchilar va olimlarni jalb qilish, ularning bazasida tizimli asosda respublikamiz oliy ta’lim muassasalari magistrant, yosh o‘qituvchi va ilmiy xodimlarning stajirovka o‘tashlarini, professor-o‘qituvchilarni 114 G. Spenser. Основные идеи. Воспитание. http://rushist.com/index.php/philosophical-articles/2650-spenser- gerbert-osnovnye-idei 115 A Handbook for Teaching and Learning in Higher Education. Enhancing Academic Practice. Third edition. Edited by Heather Fry, Steve Ketteridge, Stephanie Marshall. First edition.This edition published 2009 by Routledge 270 Madison Ave, New York, NY 10016 Simultaneously published in the UK by Routledge 2 Park Square, Milton Park, Abingdon, Oxon OX14 4RN; Methods for teaching: promoting student learning in K–12 classrooms/David A.Jacobsen, Paul Eggen and Don Kauchak.––8th ed, 2009. 290 qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilishga diqqat qaratish vazifasi qo‘yilgan. Mustaqil ish faoliyatida bilimlarni egallash bilan birga, ko‘nikmalarni shakllantirish ham mustaqil amalga oshiriladi. Borgan sari ortib boradigan mustaqil tayyorlanish vaqtini samarali bo‘lishini ta’minlashda ikki narsaga e’tibor qaratish kerak: A) mustaqil ish - o‘qishning, aqliy mehnatning alohida turi. B) axborotning asosiy qismini talaba mustaqil ravishda oladi. Ayniqsa, internetning kirib kelishi bilan uning doirasi yanada kengaydi. Shu nuqtai nazardan qarasak, Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling