Ashtarxoniylar davrida davlat muassasalari


Download 481.59 Kb.
bet1/2
Sana30.04.2023
Hajmi481.59 Kb.
#1403178
  1   2
Bog'liq
QUVVATALIYEV U. XIV-XV asrlar tarixshunosligi

O'rta Osiyoning XV-XVI asrlar tarixshunosligi

Tayyorladi : Quvvataliyev Ubaydullo

Reja

  • Akademik Bartold V .V tadqiqotlari
  • Shayboniylar davriga oid boshqa manbalar
  • Xulosa

Vasiliy Vladimirovich Bartold 1869-yil 3 (15) noyabrda Sankt-Peterburg shahrida ruslashgan nemis oilasida tavallud topgan. Otasi birja dalloli vazifasida faoliyat ko‘rsatgan. Yosh Bartolddagi bilimga chanqoqlikni otasi ko‘ra oldi va uni qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda Bartoldning o‘zi quyidagicha ta‘kidlagan edi: ―Otam keng bilimga ega bo‘lmasada ilm-fanning ahamiyatini yaxshi tushunar edi va tarixchilkka birmuncha iste‘dodim borligini bilib qoldi hamda mening intilishlarimni to‘la qo‘llab-quvvatladi‖1. V. V. Bartold 1887-yilda 8№ Sankt-Peterburg gimnaziyasini oltin medal bilan tamomladi. Biroz o‘ylab ko‘rgandan so‘ng Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarining tarixi o‘rganishga qaror qildi. 1887-
yilning kuzida Sankt-Peterburg universiteti sharq tillari fakultetining arab-forsturk-tatar tillari yo‘nalishiga o‘qishga topshirdi.
U talabalik yillarida arab, fors
hamda turkiy tillarni juda chuqur o‘rgandi va ishtiyoq bilan Yaqin va O‘rta Sharq
mamlakatlari tarixini o‘rgandi. Sharq va O‘rta Osiyo tarixi bo‘yicha Pofessor N. I.
Veselovskiy ( 1848-1918 ) dan saboq oldi. Sharq tarixi kafedrasida prof. N. I. Veselovskiy V. V. Bartoldga erkin ilmiy ijod qilish uchun sharoit yaratib berdi.
Uning haqiqiy ilmiy rahbari ko‘pqirrali mashhur olim Viktor Romanovich Rozen
( 1849-1908 ) edi. Universitetda V. V. Bartold turkshunos olimlar P. M. Melioranskiy ( 1868-1906 ) hamda akad. V. V. Radlovlar bilan yaqindan tanishdi.
V. V. Bartold universitetda o‘qib yurgan kezlaridayoq ilmiy-tadqiqot ishlarini boshlab yuborgan edi. 1889-yilda "O‘rta Osiyoda xristianlik dini" deb nomlangan
tadqiqoti uchun fakultetning kumush medali bilan taqdirlanadi. U 1891-yilda universitetnitamomlaydi va V. R. Rozen maslahati bilan 1891-1892 yillarda Ga‘rbiy Evropaning bir-qator davlatlariga ilmiy safarga chiqadi. Ushbu safari chog‘ida mashhur islomshunos olim Avgust Myuller ( 1848-1892 ) ma‘ruzalarini tinglaydi. Bundan tashqari Strasburg universitetida taniqli arabshunos Teodor Nyoldeke ( 1836-1930 ) ma‘ruzalarini tinglashga muvoffaq bo‘ladi.
Shayboniyxon va shayboniylar davri tarixi, adabiyotini, shu suloladan yetishib chiqqan sulton va xonlar faoliyatini o‘rganganlar. Mutaxasislar qayd qilishlaricha, Muhammad Shayboniy umrining ko‘p qismini ot ustida, quv-g‘inda, jangu jadallarda o‘tkazganiga qaramay, turli ilmu san’atlarni puxta egallagan. Bu haqda mashhur sharqshunos A. A. Semenov: «...olimlar Shayboniyxon faqat darbadarlikda kechgan hayotida qanday qilib bunday kamolotga erishdi ekan, deya hayratlanadilar»[1], – deb yozgan edi.
Shayboniy shaxsiyati va ijodiy merosiga Yevropa va Amerika olimlari ham qiziqqanlar. 1982 yilda amerikalik olim A. Bodrogligeti «Ural-Oltoyshunoslik xalqaro jurnali»da Shayboniyning «Bahr ul-hudo» qasidasini so‘z boshi, izoh va lug‘at bilan nashr ettirgan. Noshir asarni o‘rta asr Sharqida turkiy tilda yozilgan eng uzun qasida deb hisoblaydi va shoirning ba’zi mavzularda, ayniqsa, ilm haqidagi fikrlari tarqoq holda berilganligini nazarda tutib, qasidani ko‘chirgan kotib uning asl tuzilishini o‘zgartirgan bo‘lishi mumkin, deydi. Olim asarning umumiy uslubi Sa’diy uslubiga o‘xshab ketadi, xususan qasidaning Shayboniy nasihatlaridan iborat o‘rinlari «Guliston»ning bevosita ta’sirida yuzaga kelgan, degan fikrga keladi. Shuningdek, A.Bodrogligeti mazkur nashrga yozgan so‘z boshida Shayboniyning «Risolai maorif» asarini qayd etadi va bu asar ham «Devon», «Bahr ul-hudo» kabi shoirni yetuk bilimdon, taqvodor musulmon, raiyat va islom dini haqida g‘amxo‘rlik qiluvchi inson sifatida ko‘rsatadi, deydi.
Amerikalik taniqli turkiyshunos E. Olvort XIV asrdan boshlab hozirgi davr-ga qadar ijtimoiy-madaniy tarixni qamrab olgan «Zamonaviy o‘zbeklar» asarida Shayboniyxonni Turkiston tarixi va madaniyati rivojida katta mavqe tutgan hukmdor sifatida ta’riflaydi. Fransuz sharqshunosi R. Grosset Shayboniyxonga «kamoli e’tiborga loyiq fikr sohibi» deb baho beradi. Jadidchilik harakatining rahnamosi I. Gasprinskiy «Tarixi jadidi Turkiston» nomli maqolasida Shayboniyxonni «shijoatli shaxs» deb ta’riflaydi.
Shuningdek, major olimlaridan H. Vamberi, Ya. Ekmann, rus sharqshunoslaridan V. V. Bartold, A. A. Semenov, B. D. Grekov, A. Yu. Yakubovskiy va boshqalar Shayboniyxon va shayboniylar davri tarixi, adabiyotini, shu suloladan yetishib chiqqan sulton va xonlar faoliyatini o‘rganganlar. Mutaxasislar qayd qilishlaricha, Muhammad Shayboniy umrining ko‘p qismini ot ustida, quv-g‘inda, jangu jadallarda o‘tkazganiga qaramay, turli ilmu san’atlarni puxta egallagan. Bu haqda mashhur sharqshunos A. A. Semenov: «...olimlar Shayboniyxon faqat darbadarlikda kechgan hayotida qanday qilib bunday kamolotga erishdi ekan, deya hayratlanadilar»[1], – deb yozgan edi.
S.G.Agajanovning yana bir mashhur asari "XI-XII asrlarda Saljuqiylar va Turkmaniston" deb nomlanadi. Ushbu asarning ikkinchi bobi Saljuqiylar davlatining siyosiy tuzilishi deb nomlanib unda davlatining XI-XII asrlardagi siyosiy hayoti haqida batafsil ma‘lumotlar beriladi.
. Bu esa bizga XI-XII asrlardagi O‘rta Osiyodagi siyosiy hayotni yanada yaxshiroq o‘rganishimizda yordam beradi. Asarning mazkur bobida sulton hokimiyatidan tortib to vazirlar faoliyati, davlat
organlarining faoliyati, saljuqiylar boshqaruvida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan beshta devonlik, ma‘muriy boshqaruv, mahalliy boshqaruv, sud organlari haqida juda muhim ma‘lumotlar keltiriladi. Shuni ham alohida qayd etib o‘tish lozimki sovet davri tarixshunosligida S.G.Agajanovning tadqiqotlarigacha Sharqiy Saljuqiylar davlati tarixiga oid tadqiqotlar hali u darajada chuqur emas edi. Bundan
tashqari ko‘p xollarda sovet davri tarixshunosligida Saljuqiylar davlatining siyosiy tomonlari ko‘proq o‘rganilgan bo‘lib davlatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga unchalik darajada katta e‘tibor qaratilmas edi. S.G.Agajanov esa sovet davri tarixshunosligida birinchilardan bo‘lib ushbu muammolar ustida keng ko‘lamda tadqiqot ishlarini olib borgan tarixchi olimlardan hisoblanadi.
Shayboniyning ma’rifatparvarligi xususida so‘z borganda uning faoliyatini yaxshi o‘rgangan olim H. Vamberining ushbu fikrlari esga tushadi: «...bu urush odami maorif va madaniyat haqida o‘z davrining ruhidan to‘la xabardor va zamonasidagi tengdosh shoirlarning aksariyatidan ortiq darajada qalam sohibi bo‘lgan. Chunki uning she’rlari, dushmanlari fikrining teskarisi o‘laroq, buyuk bir iqtidor va go‘zal tabiatga molik ekanini, u ham turkiy, ham forsiy, ham arabiy tillardan asosli suratda voqif ekanini ko‘rsatmoqda... U maorif jihatidan oldingi Temur shahzodalarining aksaridan past emas edi»

Yurtimiz ilmiy-adabiy jamoatchiligi shoir «Devon»i haqida 1991 yilda xorijlik o‘zbek olimi Temur Xo‘ja o‘g‘lining «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasining «O‘zbeklar va dunyo» rukni ostida Muhammad Shayboniyxon tavalludining 540 yilligi munosabati bilan e’lon qilingan «Turk saroyidagi nodir asar» maqolasi orqali (“O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi, 1991 yil 20 dekabr) xabardor bo‘ldi. Maqolada professor Ahmad Zaki Validiy To‘g‘on Shayboniyning noyob «Devon»ini To‘pqopi saroyi kutubxonasidan topib, 1927 yilda ilm dunyosiga dastlab tuhfa etganligi eslatib o‘tiladi. 

  • Yurtimiz ilmiy-adabiy jamoatchiligi shoir «Devon»i haqida 1991 yilda xorijlik o‘zbek olimi Temur Xo‘ja o‘g‘lining «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasining «O‘zbeklar va dunyo» rukni ostida Muhammad Shayboniyxon tavalludining 540 yilligi munosabati bilan e’lon qilingan «Turk saroyidagi nodir asar» maqolasi orqali (“O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi, 1991 yil 20 dekabr) xabardor bo‘ldi. Maqolada professor Ahmad Zaki Validiy To‘g‘on Shayboniyning noyob «Devon»ini To‘pqopi saroyi kutubxonasidan topib, 1927 yilda ilm dunyosiga dastlab tuhfa etganligi eslatib o‘tiladi. 

 Temur Xo‘ja o‘g‘li Shayboniy «Devon»ining jahondagi yagona qo‘lyozmasi usmonli turk podshohlari saroyiga qanday kelib tushganligi ma’lum emasligini aytadi. Maqolada shoir ijodidan namunalar ham havola etilgan. Maqola muallifi, Sakkokiy, Gadoiy, Navoiylar an’anasini davom ettirgan Shayboniy she’rlaridagi diqqatni o‘ziga jalb qiladigan xususiyat shoirning Turkiston yurtiga bo‘lgan cheksiz muhabbatini har doim tilga olib turganidir, deb ta’kidlaydi.
Bularning barchasi Shayboniy faoliyati va asarlari har doim chet ellik tadqiqotchilar diqqat-e’tiborida bo‘lganligini va bu borada bir qancha jiddiy ishlar amalga oshirilganligini ko‘rsatadi. Eng muhimi, xorijdagi ilmiy-adabiy jamoatchilikning Shayboniy ijodiga munosabati, ta’kid va qaydlari bir-birini to‘ldiruvchi mushtarak nuqtalarga ega.

Download 481.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling