Iqtisod-moliya


Ta’lim sifatini nazorat qilish


Download 1.64 Mb.
bet278/322
Sana20.08.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1668575
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   322
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboyeva maxsus fanlarni-hozir.org

Ta’lim sifatini nazorat qilish
– o‘qitish mazmuni va natijalarining 
davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiqligini tekshirish.

Tafakkur
- inson aqliy faoliyatining oliy shakli, insonlarni o‘rab 
olgan dunyodagi o‘zaro bog‘langan narsa va hodisalarning bilish




369
jarayoni, muhim hayotiy jarayonlarni his qilish va muammolarni hal 
qilish, ma’lum bo‘lmagan voqea-hodisalarni qidirish, kelajakni ko‘ra
olish. Tafakkur tushuncha, hukm, xulosa shakllarida namoyon bo‘ladi. 


Tahliliy – ijodiy vazifalarni guruh bo‘lib yechish metodi –
iqtisodiy fikrlashni

muvofiq ravishda bildirilgan fikrlarning eng 


maqbulini tanlash va tavsiyalar ishlab chiqishni o‘rgatishga qaratilgan
metod.

Test 
– 1) standart shakldagi topshiriqlar bo‘lib, aqliy taraqqiyot, 
qobiliyat, bilim va malakani aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan sinovdir;
2) aniq sotsiologik tadqiqotlarda foydalanadigan tarqatma material, 
savolnoma; 3) shaxs ruhiyati va xulqining aniq miqdoriy va ma’lum sifat
baholarini oldindan berilgan ba’zi standart-test me’yorlari bilan qiyosiy 
o‘rganishga mo‘ljallangan psixologik tadqiqotlarning standartlashtiril-
gan metodi.


Test metodi
- ko‘zlangan maqsadga ko‘ra, savol qo‘yib, unga bir-
biriga yaqin bir necha, lekin to‘g‘risi bitta bo‘lgan javoblar
mujassamlangan topshiriq, mashqni bajarish orqali fanni, mavzuni 
o‘rganishga, o‘quvchi-talabalar bilimini sinashga qaratilgan metod.

Tushuncha
- atrof-muhitdagi hodisalar, predmetlarning muhim 
xususiyatlarini, ular orasidagi aloqa va munosabatlarni bilish.

Faoliyat
– 1) ongli maqsadga ko‘ra boshqariladigan kishining ichki 
(ruhiy), tashqi (jismoniy) faolligi; 2) atrof-muhitni kishilar tamonidan
maqsadga muvofiq qayta bunyod etish.


FSMU metodi - 
o‘quvchi-talabalarni mustaqil, erkin fikrlash va o‘z 
fikrini himoya qilishga, o‘quv jarayonida egallagan bilimlarini
baholashga, bahslashish madaniyatini va unga rioya qilishni 
o‘rgatadigan metod.
Shaxsiy fazilat
- shaxs tomonidan o‘zining axloqiy, ruhiy va 
ishchanlik qobiliyatining ijtimoiy ahamiyatini, jamiyatdagi o‘rnini
anglay olish xususiyati. 



Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling