Iqtisod-moliya
Ishchi o ‘ quv dasturi
Download 1.64 Mb.
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboyeva maxsus fanlarni-hozir.org
Ishchi o
‘ quv dasturi da fan bo‘yicha rejalashtirilgan o‘quv soatlari asosida mavzularning soatlardagi taqsimoti (ushbu taqsimotni 10% gacha o‘zgartirish imkoniyati hisobiga olingan holda), mavjud o‘quv- uslubiy va
ta’minot, amaliy va
mashg‘ulotlarining soatlaridagi aniq ro‘yxati keltiriladi. Undа fаnni
qo‘llаnilаdigаn yangi pеdаgоgik tехnоlоgiyalаr vа ulаrning mаzmun-mоhiyati, fаndаn o‘tilаdigаn mаvzulаr vа ulаr bo‘yichа mаshg‘ulоt turlаrigа аjrаtilgаn sоаtlаr hаjmining tаqsimоti, o‘quv mаtеriаllаri mаzmuni: mа’ruzа mаshg‘ulоtlаri, аmаliy mаshg‘ulоtlаrni tаshkil etish bo‘yichа ko‘rsаtmаlаr, mustаqil tа’limni tаshkil etishning shаkli vа mаzmuni, kurs ishlаri bo‘yichа uslubiy ko‘rsаtmаlаr, rеyting tizimi bo‘yichа bаhоlаsh mеzоnlаri, dаsturning infоrmаtsiоn-kоmmunikаtsiоn vа uslubiy tа’minоti, tаvsiya etilаdigаn аdаbiyotlаr ro‘yхаti bеrilаdi. Ishchi o‘quv dasturida namunaviy dasturdan farqli ravishda fan bo‘yicha mavzular rejasi qismida mavzular nomi, ajratilgan jami soatlar, dars o‘tish, mashg‘ulot turlari: ma’ruza (nazariy), seminar (amaliy mashg‘ulot), mustaqil ishga ajratilgan soatlar jadval tarzida keltiriladi. 72 Ma’ruza mashg‘uloti hamda seminar mashg‘uloti mavzularida har bir mavzuda o‘rganilishi zarur bo‘lgan mavzuning o‘quv maqsadidan kelib chiqib, qisqacha mazmuni beriladi. Mavzuni o‘rganish va o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan adabiyotlar ro‘yxati raqamlarda ifodalanadi. Shu fanni o‘qitish bo‘yicha lozim bo‘lgan o‘quv vositalari, ko‘rgazmali namoyish materiallari, o‘quv filmlari va boshqa didaktik materiallar ro‘yxati keltiriladi. Dasturning “o‘zlashtirishni nazorat qilish” qismida, fanni o‘zlashtirish bo‘yicha baholash metodlari va shakllari ko‘rsatiladi. “Foydalanilgan adabiyotlar” qismida o‘quvchi-talabalar tomonidan fanni o‘rganish va o‘zlashtirish uchun lozim bo‘lgan adabiyotlar ro‘yxati beriladi. Ishchi o‘quv dasturiga muvofiq ravishda mashg‘ulot (seminar darslari) rejasi, mustaqil ishlar va o‘quv kompleksi tarkibiga kiruvchi boshqa ishlar ishlab chiqiladi. Fanning har bir mavzusi bo‘yicha qo‘yilgan maqsad, mavzuning xususiyatidan kelib chiqqan holda dars o‘tish metodini o‘qituvchining o‘zi tanlaydi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling