71
dasturlari bilan taqqoslash,
munozara qilish, tajriba almashish asosida,
rivojlanayotgan mamlakatlarga nisbatan ilg‘orlikni ta’minlashga
qaratilishi zarur.
Innоvаtsiоn o‘zgаrishlаrni hisоbgа оlish.
Ilgаri surilgаn yangi
g‘оyalаr, tizim yoki fаоliyat yo‘nаlishini o‘zgаtirishgа оlib kеlgаn
fаоliyat mа’lum kоnsеptuаl yondаshuv
аsоsidа аmаlgа оshirilib, uning
nаtijаsi muаyyan tizimning rivоjlаnishigа yoki uni tubdаn o‘zgаrtirishgа
хizmаt qilаdigаn yangiliklаr dаsturdа o‘z аksini tоpishi zаrur.
Dasturda fanning nomi.
Mohiyatidan kelib chiqqan holda hamda davlat ta’lim standartlariga,
mehnat bozori talabiga muvofiq ravishda fanni o‘qitishdan
asosiy
maqsad, shu fan o‘quvchi, talabalarda qanday bilim va ko‘nikma
shakllantirishi ko‘rsatiladi.
Dasturlar ikki: namunaviy va ishchi o‘quv dasturlariga ajratiladi.
Ishchi o‘quv dasturi namunaviy dastur asosida tuziladi. Ishchi o‘quv
dаsturidа har bir mavzu bo‘yicha fan uchun ajratilgan soatdan kelib
chiqqan holda, mavzuning mazmunini o‘zlashtirish
uchun uning
xususiyatlarini, mavzuni murakkabligi, o‘zlashtirish zarur bo‘lgan
masalalar, qo‘yilgan muammo va boshqalarni hisobga olib o‘quv
jarayonini tashkiliy shakllari bo‘yicha vaqt ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: